1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.05.00 Kompaniyalar, konsernlar, uyushmalar va boshqalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.02.00 Aloqa sohasini boshqarish. Aloqa sohasidagi faoliyatlarni litsenziyalash]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari;
2.Iqtisodiyot / Aloqa]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
“O‘ZBEKTELEKOM” AKSIYADORLIK KOMPANIYASINING MA’LUMOTLAR UZATISH XIZMATLARINI RIVOJLANTIRISH VA UNI XUSUSIYLASHTIRISHGA TAYYORLASH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
[Ko‘chirma]
“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining ma’lumotlar uzatish xizmatlari ko‘rsatish borasidagi imkoniyatlarini yanada rivojlantirish hamda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, ijtimoiy soha obyektlari va yirik korporativ mijozlarning O‘zbekiston Respublikasi hududida zamonaviy axborot texnologiyalariga bo‘lgan talab-ehtiyojlarini qondirish, aksiyadorlik kompaniyasini xususiylashtirish jarayoniga xorijiy ishtirokchilarni keng jalb etish uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi hamda “O‘zbektelekom” AK aksiyadorlarining “UzRAK” ma’lumotlarini uzatish davlat tarmog‘i korxonasini “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasiga qo‘shish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.01.00 Umumiy qoidalar;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.02.00 Aloqa sohasini boshqarish. Aloqa sohasidagi faoliyatlarni litsenziyalash]
2. Quyidagilar:
2005-yilning 1-sentabrigacha “UzRAK” korxonasi “O‘zbektelekom” AKning “UzNet” filiali bilan qo‘shilib ketishi hisobiga aksiyadorlik kompaniyasining filiali etib qayta tashkil etilishi;
“O‘zbektelekom” aksionerlik kompaniyasi “UzRAK” korxonasining shartnomalari va majburiyatlari, shu jumladan Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Ma’lumotlar uzatish milliy tarmog‘ini zamonaviylashtirish va rivojlantirish loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2001-yil 5-dekabrdagi 466-sonli qarori bilan belgilangan miqdor va muddatlarda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan kafolatlangan kreditlarni qaytarish majburiyatlari bo‘yicha huquqiy voris ekanligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi bir oy muddatda belgilangan tartibda “UzRAK” korxonasi mulkini “O‘zbektelekom” AK ustav jamg‘armasiga topshirishni rasmiylashtirsin.
5. Davlat boshqaruvi organlari, davlat tashkilotlari, korxonalari va muassasalari o‘z korporativ axborot-telekommunikatsiya tarmoqlarini faqat O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlari va operatorlari ma’lumotlarini uzatish negizida tashkil qilsinlar.
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 4-avgustdagi “O‘zbekiston-Amerika ma’lumotlar uzatish tarmog‘i qo‘shma korxonasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 369-sonli qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartishlar va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
7. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 8-avgust,
PQ-149-son
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 32-33-son, 244-modda)