OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOLIQ QOʻMITASINING
Donni saqlash, quritish, tozalash, tashish va qayta ishlash jarayonidagi kamayish va yoʻqotishlarni qoplash uchun moliyaviy zaxirani shakllantirish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-son “Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi davlat boshqaruvi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2007-yil 25-apreldagi 41, 2006-45-son qarori (roʻyxat raqami 1683, 2007-yil 26-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 22-son, 230-modda) bilan tasdiqlangan Donni saqlash, quritish, tozalash, tashish va qayta ishlash jarayonida kamayish va yoʻqotishlarni qoplash uchun moliyaviy zaxirani shakllantirish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Donni saqlash, quritish, tozalash, tashish va qayta ishlash jarayonidagi kamayish va yoʻqotishlarni qoplash uchun moliyaviy zaxirani shakllantirish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1.
10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari bilan hisob-kitob qilish maqsadida donning sifat koʻrsatkichlari bazis tayyorlov konditsiyalari normalari tegishli milliy standartlar bilan belgilanadi.”.
a) 1-bandning
birinchi xatboshisidagi “Davlat standartlari” degan soʻzlar “Milliy standartlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“4. Olingan qoʻshimcha mahsulotlar va chiqitlarda foydali donning tarkibi:asosiy don, don aralashmasi va ishlov berilayotgan ekinga belgilangan milliy standart boʻyicha ifloslangan aralashmaga kiruvchi, ushbu ekinlarga belgilangan milliy standartlar boʻyicha esa asosiy donga yoki don aralashmasiga kiruvchi madaniy oʻsimliklar donlari (ifloslik aralashmasi qismidan ajratib olinadigan) hisoblab chiqiladi”.