Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-martdagi 171-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 31-yanvardagi 54-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3134, 2019-yil 31-yanvar) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.02.2019-y., 10/19/3134/2554-son) bilan tasdiqlangan Mediatorlarni tayyorlash
dasturiga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Mediatorlarni tayyorlash dasturi boʻyicha maxsus oʻquv kurslari professional mediatorlarning oʻzaro birlashuviga asoslangan Mediatsiya markazi, professional mediatorlar, hakamlik sudlari va xalqaro arbitrajlarning oʻzaro birlashuviga asoslangan Nizolarni muqobil usulda hal etish markazi (bundan buyon matnda Markazlar deb yuritiladi), shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti (bundan buyon matnda Institut deb yuritiladi) tomonidan tashkil etiladi.”.
2.
2-banddagi “72 soatdan koʻp boʻlmagan” degan soʻzlar “davomiyligi 36 soatdan 72 soatgacha boʻlgan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3.
3-banddagi “Markazlarga” degan soʻz “Markazlarga va Institutga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
oltinchi xatboshidagi “Markazlar” degan soʻz “Markazlar va Institutning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshidagi “Markazlarning” degan soʻz “Markazlar va Institutning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 15-bandning
birinchi xatboshisidagi “Markazlarda” degan soʻz “Markazlar va Institutda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.