Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-son “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 28-avgustdagi 264-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2919, 2017-yil 28-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 35-son, 933-modda) bilan tasdiqlangan Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlarini martaba darajalari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazish tartib toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalaridan ishga oʻtgan yoki adliya organlari xodimlari uchun belgilangan tartibda berilgan martaba darajalariga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining boshqaruv xodimlariga;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining yuridik xizmatlari xodimlariga;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyati rahbari va uning oʻrinbosarlari, Bosh vazir kotibiyatining tarkibiy boʻlinmalari hamda Bosh vazir oʻrinbosarlari kotibiyatlarining boshqaruv xodimlariga;
Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalaridan ishga oʻtgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakili devonining boshqaruv xodimlariga tatbiq etilmaydi.”.
2.
6 va
7-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Martaba darajalariga tavsiya etilgan yuridik xizmat xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish ishlari tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining Yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha bosh maslahatchilari tomonidan tashkil etiladi.
7. Martaba darajalariga tavsiya etish haqidagi hujjatlar tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining Yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha bosh maslahatchilari tomonidan koʻrib chiqiladi hamda tegishli takliflar bilan attestatsiya oʻtkazish masalasini koʻrib chiqish uchun attestatsiya komissiyasiga taqdim etiladi.”.