Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining
1. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligining 2008-yil 19-maydagi 10-8/1493 va 04-01-son “Oʻzbekiston Respublikasida davriy bosma nashrlarni tarqatish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
qaroriga (roʻyxat raqami 1826, 2008-yil 18-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 24-25-son, 240-modda)
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari toʻgʻrisida”gi, “Noshirlik faoliyati toʻgʻrisida”gi, Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 13-sentabrdagi 418-son “Vaqtli matbuotni tarqatish korxonalarini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi hamda 2004-yil 24-noyabrdagi 555-son “Ommaviy kommunikatsiyalar sohasida boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi qaror qiladi:”.
“Mazkur Qoidalar davriy bosma nashrlarni tarqatish qoidalarini belgilaydi.”.