1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.06.00.00 Davlat xizmati (shuningdek, 05.10.05.00ga qarang);
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.01.00.00 Umumiy qoidalar;
3.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.01.00 Umumiy qoidalar. Mehnat qonunchilik hujjatlarining amal qilish doirasi;
4.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.01.00 Umumiy qoidalar;
5.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.01.00 Umumiy qoidalar. Davlat boji toʻlovchilar va undiriladigan obyektlar;
6.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.03.00 Davlat boji boʻyicha imtiyozlar;
7.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.01.00 Umumiy qoidalar;
8.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.01.00 Umumiy qoidalar;
9.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
3.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat xizmati. Arxiv ishi;
4.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi;
5.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Umumiy masalalar;
6.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar);
7.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Maʼmuriy javobgarlik;
8.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jinoyat-protsessual qonunchilik]
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTIShLAR VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilsin:
(I boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-138-sonli Qonuni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jinoyat-protsessual qonunchilik]
II. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 24-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar):
1) 38-moddasining 8-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“davlat bojxona xizmati organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi boʻlinmalari tegishincha bojxona va soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikka doir ishlar boʻyicha”;
2) 339-moddasining ikkinchi qismidagi “davlat soliq xizmati” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi boʻlinmalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Maʼmuriy javobgarlik]
III. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda):
1) 27-moddasining birinchi qismi “soliq organlari” degan soʻzlardan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi boʻlinmalari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
2) quyidagi mazmundagi 175-4-modda bilan toʻldirilsin:
“175-4-modda. Ish haqini taqiqlangan shakllarda toʻlash
Ish haqini taqiqlangan shakllarda (alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlari, shuningdek roʻyxati qonun hujjatlarida belgilab qoʻyiladigan boshqa tovarlar tarzida) toʻlash
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
3) 257-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat sanitariya nazorati organlari nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va jarima solish tariqasida maʼmuriy jazo chorasi qoʻllashga quyidagilar haqlidirlar:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi va uning oʻrinbosarlari;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat sanitariya vrachlari hamda ularning oʻrinbosarlari, tumanlarga boʻlingan shaharlarning bosh davlat sanitariya vrachlari va suv transportidagi havzalar bosh davlat sanitariya vrachlari;
tumanlarning, tumanlarga boʻlinmagan shaharlarning bosh davlat sanitariya vrachlari hamda suv transportidagi portlar va suv yoʻllari uchastkalari bosh davlat sanitariya vrachlari”;
“264-modda. Davlat soliq organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi boʻlinmalari
Davlat soliq organlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi boʻlinmalariga ushbu Kodeks 164-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 168-moddasida, 171-moddasining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 172, 174-moddalarida, 175-moddasining birinchi, ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 1754-moddasida, 176-moddasining birinchi qismida, 1762, 1791-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.
Davlat soliq organlarining boshliqlari, ularning oʻrinbosarlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi, uning oʻrinbosari, Departament hududiy boshqarmalarining boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari, tuman va shahar boʻlimlarining boshliqlari tegishincha ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan organlar nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va maʼmuriy jazo choralarini qoʻllashga haqlidirlar”.
(IV boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 28-oktabrdagi OʻRQ-798-sonli Qonuniga asosan 2023-yil 30-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2022-y., 03/22/798/0972-son)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.01.00.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Umumiy masalalar]
V. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrdagi hamda 1996-yil 29-avgustdagi Qonunlari bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova; № 11-12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda) 1015-moddasining uchinchi qismidagi “qonunda” degan soʻz “qonun hujjatlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(VI boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-138-sonli Qonuni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.06.00.00 Davlat xizmati (shuningdek, 05.10.05.00ga qarang)]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat xizmati. Arxiv ishi]
VII. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 232-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda):
1) 3-moddasining ikkinchi qismidagi “soliq sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish maxsus boʻlinmasi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
“Davlat soliq xizmati organlarining ushbu modda birinchi qismining 1-7-bandlarida nazarda tutilgan huquqlari davlat soliq xizmati organlarining barcha mansabdor shaxslariga, 8-13-bandlarida nazarda tutilgan huquqlar esa, davlat soliq xizmati organlarining faqat boshliqlariga va ularning oʻrinbosarlariga beriladi”.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 30-avgust,
271-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 182-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52-son, 533-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2022-y., 03/22/798/0972-son)