Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Respublikada xalqaro biznes va turizm infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Toshkent shahar hokimligining “DEU” korporatsiyasi (Janubiy Koreya) ishtirokida Toshkent shahrida Biznes-markaz qurish va undan foydalanish boʻyicha yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati shaklidagi qoʻshma korxona tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
4. Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bir oy muddatda loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishini belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazsinlar.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi Biznes-markaz qurish va undan foydalanish loyihasini Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi qurilish maydonida bojxona boʻlimi tashkil etilishini taʼminlasin.
8. Qoʻshma korxona Biznes-markaz majmui qurilishi davrida soliqlar, bojxona poshlinalari va yigʻimlar toʻlashdan ozod qilinsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi Toshkent shahar hokimligi Investitsiyalar bosh boshqarmasining buyurtmanomasiga koʻra Biznes-markaz qurilishiga jalb qilinadigan “DEU” korporatsiyasi xodimlarining ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan ruxsatnomalar oʻz vaqtida berilishini taʼminlasin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi Toshkent shahar hokimligi Investitsiyalar bosh boshqarmasining buyurtmanomasiga koʻra qoʻshma korxona va jalb qilinadigan xorijiy sheriklar xizmatchilari va mutaxassislariga koʻp martalik vizalar berilishini taʼminlasinlar.
11. Qoʻshma korxona masalalari yuzasidan ishga keluvchi xorijiy mutaxassislarga vizalarni rasmiylashtirish, respublika hududida yashash va transportning barcha turlarida yurish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan tariflar boʻyicha haq toʻlash huquqi berilsin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.