Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Keyingi paytlarda oziq-ovqat etil spirtini Oʻzbekiston Respublikasi boj hududi orqali gʻayriqonuniy ravishda olib oʻtish hollari, shuningdek uni bojxonada rasmiylashtirmasdan olib kelishga urinishlar tez-tez uchramoqda.
Alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarishga davlat monopoliyasini, ichki bozorni himoya qilishni taʼminlash va Oʻzbekiston Respublikasi boj hududiga oziq-ovqat etil spirtini olib kelishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I.H. Joʻrabekov “Oʻzdavstandart” markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda alkogolli mahsulotlar sifatiga va ularni ishlab chiqarish sanitariya-gigiyena sharoitlariga talablar kuchaytirilishini taʼminlasin.
Spirt, aroq va boshqa alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish huquqiga ega boʻlgan yuridik shaxslar roʻyxati qayta koʻrib chiqilsin, bunda belgilangan meʼyorlarni buzuvchi mahsulot ishlab chiqaruvchilarni litsenziyalardan mahrum qilish nazarda tutilsin.
Alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish huquqini beruvchi litsenziyalar berishda ishlab chiqarish sharoitlarining talablarga muvofiqligi puxta tahlil etilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda spirtni gʻayriqonuniy ravishda olib kelishning oldini olish yuzasidan taʼsirchan choralarni koʻrsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.