Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-martdagi 170-son “Tovar xom ashyo birjalari faoliyatiga ilgʻor axborot texnologiyalarini keng joriy etish va elektron tijorat faoliyatini izchil rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasining 2009-yil 15-sentabrdagi 91, 82, 13-son “Birja kotirovkalari (kimoshdi savdolari) oʻrtacha narxlarini belgilash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 2017, 2009-yil, 14-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 42-son, 454-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.