toggle_night_mode
Hujjat 08.05.2025 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining
qarori
Aholi punktlarida yovvoyi hayvonlarni saqlash qoidalariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 6-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2373-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-noyabrdagi 736-son “Yovvoyi hayvonlarni saqlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi va Ichki ishlar vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligining 2012-yil 18-maydagi 5, 18-son qarori (roʻyxat raqami 2373, 2012-yil 21-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 25-son, 282-modda) bilan tasdiqlangan Aholi punktlarida yovvoyi hayvonlarni saqlash qoidalariga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va Fanlar akademiyasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A. ABDUXAKIMOV
Toshkent sh.,
2025-yil 10-aprel,
2373-son
Ichki ishlar vaziri A. TASHPULATOV
Toshkent sh.,
2025-yil 8-aprel,
21-son
Kelishildi:
Sogʻliqni saqlash vaziri A. XUDAYAROV
2025-yil 28-mart
Qishloq xoʻjaligi vaziri I. ABDURAXMONOV
2025-yil 20-mart
Fanlar akademiyasi prezidenti Sh. AYUPOV
2025-yil 18-mart
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining 2025-yil 10-apreldagi 2373-son, Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 8-apreldagi 21-son qaroriga
ILOVA
Aholi punktlarida yovvoyi hayvonlarni saqlash qoidalariga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
1. Quyidagi mazmundagi 11-band bilan toʻldirilsin:
“11 . Mazkur qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-noyabrdagi 736-son qarori bilan tasdiqlangan Jismoniy shaxslar tomonidan yarim erkin sharoitlarda, sunʼiy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlar roʻyxatiga kiritilgan hayvonlarni (yirtqich, zaharli va inson sogʻligi va hayoti uchun xavfli hayvonlar) saqlashga nisbatan tadbiq etilmaydi.”.
2. 5-bandning birinchi xatboshisidagi “zooparklardan” degan soʻz “hayvonot bogʻlaridan, pitomniklardan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Yovvoyi hayvonlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib- taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomning 18-ilovasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tomonidan beriladigan guvohnomalar asosida pitomnikda saqlanishi mumkin.”.
4. 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Yovvoyi hayvonlar hisobi har yili 1-yanvar hamda 1-iyul holatiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining hududiy boʻlinmasi tomonidan yuritiladi va bu toʻgʻrisida dalolatnomalar rasmiylashtiriladi. Bunda dalolatnoma uch nusxada tuzilib, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining hududiy boʻlinmasi va pitomnik egasi tomonidan imzolanadi. Dalolatnomaning bir nusxasi hududiy boʻlinmada qoldirilib, ikkinchi va uchinchi nusxalari pitomnik egasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligiga taqdim etiladi.”.
5. 11-banddagi “sharoitlar,” degan soʻz “minimal talablar,” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining hududiy boʻlinmasi vakillari ishtirokisiz pitomniklarda saqlanayotgan Oʻzbekiston faunasiga mansub yovvoyi hayvonlarni, shuningdek, kasal va jismoniy nuqsonga ega hayvonlarni oʻzboshimchalik bilan tabiatga chiqarib yuborish;”;
oltinchi xatboshidagi “undash.” degan soʻz “undash;” degan soʻz bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston faunasiga begona (invaziv) boʻlgan yovvoyi hayvonlar turlarini tabiatga qoʻyib yuborish;
bir-biriga xavf soladigan hayvonlar turlarini bitta yoki yaqin joyga joylashtirish;
yovvoyi hayvonlarni jamoat joylarida olib yurish va ularni sayr qildirish, shuningdek, maxsus qafassiz boshqa joylarga tashish.”.
“v” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“v) yovvoyi hayvonlarni oʻzining turi bilan urchitish;”;
“g” kichik banddagi “boshqarish.” degan soʻz “boshqarish;” degan soʻz bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi “d” va “e” kichik bandlar bilan toʻldirilsin:
“d) Oʻzbekiston faunasiga begona (invaziv) boʻlmagan turlarni Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining hududiy boʻlinmasi vakillari ishtirokida tabiatga qoʻyib yuborish;
e) yovvoyi hayvonlarni belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish”.
8. Ilova mazkur qoʻshimcha va oʻzgartirishlarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Aholi punktlarida yovvoyi hayvonlarni saqlash qoidalariga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlarga
ILOVA
“Aholi punktlarida yovvoyi hayvonlarni saqlash qoidalariga
ILOVA
Yovvoyi hayvonlarni yarim erkin sharoitlarda, sunʼiy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlash boʻyicha minimal talablar

Sutemizuvchilar uchun volyerlar:

Hayvon turlari

Guruhdagi soni

Ochiq volyer

Ichki volyer

Har bir qoʻshimcha hayvon uchun

Tavsiya etilgan maydon va balandlik

Maydon (m2)

Hajm (m3)

Maydon (m2)

Hajm (m3)

Ochiq volyer (m2)

Ichki volyer (m2)

Qoʻlqanotlilar:

Kalong

1

2,5

7,5

2,5

7,5

1

1

balandligi 3 m

Koʻrshapalak

1

0,5

1,5

0,5

1,5

0,2

0,2

balandligi 3 m

Primatlar:

Igrunkilar, tamarin, lori, mayda lemur va boshq.

1

3

10

3

10

1,5

1,5

balandligi 2 m

Oʻrta lemur, kaputsin

1

10

30

2

6

2

2

balandligi 3 m

Yirik lemur, langur, sifak, mangobey

1

10

40

6

30

4

4

balandligi 4-5 m

Kemiruvchilar:

Olmaxon, letyagi

1

2

5

2

5

2

2

Yirik olmaxonlar, daraxt jayrasi

1

6

15

6

15

3

3

Jayralar

1

10

-

10

30

3

3

Kapibarlar

1

20

-

4

12

10

2

Patagon marasi

1

10

-

10

30

4

-

Sugʻurlar

1

10

20

-

-

10

-

Yenotsimonlar:

Yenotlar, qizil panda (Gimolay yenoti)

1

10

4

8

2

1

Nosuxa

1

10

25

8

20

2

3

Susarlar:

Mayda susarlar (latcha, oq latcha)

1

2,5

8

-

-

-

-

Sassiqkoʻzan, norka

1

4

8

-

-

-

-

Boʻrsiq

1

30

-

16

-

4

4

Skuns

1

4

-

6

-

2

2

Qunduz

1

25

-

-

-

-

-

120 m2

Mangustsimonlar:

Mangustlar, surikat

1

4

-

4

12

2

1

Viverrasimonlar:

volyerning uzunligi hayvon uzunligidan 10 barobar ortiq boʻlishi kerak

Sivet, fossa, binturong

1

25

60

10

12

5

5

balandligi 2,5-3 m dan kam boʻlmagan

Juft tuyoqlilar:

Yovvoyi choʻchqa

1

150

-

25

-

20

-

Pekar

1

20

-

10

-

5

Mitti begemot

1

50

-

25

100

-

-

Lama

1

75

har bir hayvon uchun/8

7,5

30

Tuya

1

100

-

-

-

50

-

Kichik bugʻular (dik- dik va boshq.)

1

25

-

10

-

20

-

Mayda bugʻular (pudu, muntjak)

1

25

-

10

-

15

-

Gazel, saygʻoq, jayron

1

125

-

25

7,5

50

-

Togʻ qoʻyi, yolli qoʻy

1

100

-

-

-

40

-

Yirik antilopalar

1

250

-

60

180

80

-

Qushlar uchun volyerlar:

Qush turlari

Guruhdagi soni

Ochiq volyer

Ichki volyer

Har bir qoʻshimcha hayvon uchun

Tavsiya etilgan maydon va balandlik

Maydon (m2)

Hajm (m3)

Maydon (m2)

Hajm (m3)

Ochiq volyer (m2)

Ichki volyer (m)

Tuyaqushsimonlar:

Tuyaqush, nandu, emu

1

100

30

90

50

15

Pingvinsimonlar:

Yirik pingvinlar

1

12

12

60

6

6

balandligi 5 m

Mayda pingvinlar

1

6

5

27

3

2,5

balandligi 3 m

Kurakoyoqlilar (birqozonlar, yoki meshkopchilar):

Saqoqushlar

1

40

120

30

12

20

15

Qoravoylar

1

25

75

20

60

12,5

10

Laylaksimonlar:

Yirik laylaklar (marabu, oq, qora laylaklar va boshq.)

1

50

150

30

90

25

15

Yirik qarqaralar (kulrang, katta, oq va boshq.)

1

30

90

25

75

15

12,5

Oʻrta qarqaralar (koʻlbuqa, haqqush, volchok va boshqa.), ibislar va kolpitsalar

1

20

60

15

35

10

7,5

Flamingo

1

40

120

30

90

20

15

Turnasimonlar:

Kulrang, yapon, oq turna

1

40

120

30

90

20

15

Goʻzal turna

1

35

105

25

75

17,5

12,5

Toʻtiqushsimonlar:

Ara, kakadu

1

5

15

4

12

2,5

2

Mayda chumchuqsimon

0,3

0,9

0,15

0,45

0,15

0,75

qushlar, mayda toʻtiqushlar va boshq.

Boshqalar:

Nosorog qushlar

1

4

12

3

9

2

1,5

Yirik baliqchilar

1

25

75

20

60

12,5

10

Mayda baliqchilar

1

10

30

5

15

5

2,5

Jannat qushlari

1

5

15

4

12

2,5

2

Sutemizuvchilar uchun suv havzalari:

Turlar

Guruhdagi soni

Maydon (m2)

Chuqurligi (m)

Hajm (m3)

Har bir qoʻshimcha hayvon uchun (m2)

Susar

1

0,5

0,2

0,2

-

Nutriya

1

1

0,5

1

0,5

Kapibara

1

2

0,5

3

1

Qunduz

1

10

0,8

10

-

Mitti begemot

1

10

0,8

20

-

Qushlar uchun suv havzalari:

Turlar

Guruhdagi soni

Maydon (m2)

Chuqurligi (m)

Hajm (m3)

Har bir qoʻshimcha hayvon uchun (m2)

Saqoqush

1

7,5

0,75

5,5

5

Qoravoy

1

1,7

1,25

2

1

Flamingo

1

1

0,3

0,3

0,5

Yirik pingvinlar

1

5

2

10

5

Kichik pingvinlar

1

1,7

2

3,5

2

Sudralibyuruvchilar uchun volyerlar:

Turlar

Guruhdagi soni

Quruqlik maydoni (m2)

Suv maydoni (m2)

Hajm (m3)

Balandligi (m)

Har bir qoʻshimcha hayvon uchun (m)

Quruqlik maydoni (m2)

Suv maydoni (m2)

Quruqlikda yashovchi toshbaqalar (15 — 25 sm) (Oʻrta Osiyo choʻl toshbaqasi, Oʻrta yer dengizi toshbaqasi va boshq.)

1

0,5

0,5

Xameleonlar

1

0,6

-

-

1

0,15

-

Iguana, suv agamasi, parus agamasi va boshq.

1

1

1

0,5

Oʻrta echkemarlar, teyid, xelodermatid va boshqa yirik kaltakesaklar (oʻlchami 1-1,2 m)

1

1,5

0,5

1

Oʻrta kaltakesaklar (soqolli agama, koʻktil ssinki va boshq.)

1

0,5

0,3

0,15

Mayda kaltakesaklar (eublefar, agama, kolot, ssink, gekkon, anolis va boshq.)

1

0,2

0,2

0,10

Pitonlar (toʻrli piton, Qora yoʻlbars piton, yorqin rangli yoʻlbars piton, va boshqa zaharli boʻgʻma turlaridan tashqari)

2

umumiy uzunligidan 2/3 x 1/2

umumiy uzunligidan 1/2, maks. 2,2 m

yer yuzasidan

1/7

Chipor ilon va boshqa yirik boʻlmagan, zaharsiz ilonlar

2

umumiy uzunligidan

2/3 x 1/2

umumiy uzunligidan

1/4 x 1/4

suv havzasining maydoni umumiy uzunligidan

0,1

umumiy uzunligidan 1/2

yer yuzasidan

1/7

Baliqlarni saqlash:

Turlar

Baliq oʻlchovi (sm)

Guruhdagi soni

Bir juft uchun hajm (l)

Chuchuk suv mayda baliqlari (guppi, danio, barbus va boshq.)

6 gacha

5-10

5 — 7

Chuchuk suv oʻrta baliqlari (mechenosets, mollineziya, mayda laqqa baliq va boshq.)

7-12

5-10

30

Chuchuk suv yirik baliqlari (gurami, oltin baliq va boshq.)

15-20

2

40-45

Yirik oʻlchamdagi baliqlar (diskus, sixlid, aravan, botsii)

20 va undan koʻp

2

150 l va undan koʻp

Arapayma

300 gacha

1

3000 — 5000

Umurtqasizlarni saqlash:

Turlar

Guruhdagi soni

Uzunligi (sm)

Eni (sm)

Balandligi (sm)

Kivsyaki

2

80

40

40

Zaharli boʻlmagan mayda oʻrgimchaklar

1

15

15

15

Zaharli boʻlmagan katta va oʻrta oʻrgimchaklar, qushxoʻr oʻrgimchaklar

1

30

30

30

Qoʻngʻiz, suvarak

10 va undan koʻp

40

30

20

Ari, asalari (asal beruvchilar bundan mustasno)

do 500

50

50

30

Chumolilar fermasi (zaharli boʻlmagan yirik chumolilar)

do 500

25

20

6

Chumolilar fermasi (zaharli boʻlmagan mayda chumolilar)

do 1000

16

15

6

Zaharli boʻlmagan ona chumoli (probirka)

do 30

15

1,6

1,6

Boshqa hashoratlar

10 — 20

40

30

20

Yirik hashoratlar

10 — 100

100

60

60

Izoh. Yovvoyi hayvonlarni saqlashda quyidagi talablarga rioya qilish talab etiladi:
yovvoyi hayvonlar saqlanadigan joylar ularning hayotiy faoliyatini taʼminlaydigan qurilmalar (uyalar, boshpanalar) bilan jihozlanishi va barcha jihozlar, shu jumladan elektr jihozlari hayvonlarga shikast yetkazmasdan oʻrnatilishi;
yovvoyi hayvonlarni saqlash joylari yomgʻir, qor, shamol yoki quyosh nurlari tushishidan boshpana bilan taʼminlangan boʻlishi;
yovvoyi hayvonlar saqlanadigan joylarning harorat rejimi, ventilyatsiyasi va yoritilishi hayvonlarning turiga muvofiq taʼminlanishi;
qafaslar, volyerlar, terrariumlar tabiiy atrof muhit vositalari (toshlar, shohlar, daraxt toʻsinlari va hokazo) bilan jihozlanishi;
qafas, volyer osti betonlangan yoki metallanmagan boʻlmasligi;
hayot tarzi suv bilan bogʻliq hayvonlar (suvda suzuvchi qushlar va hokazo) uchun suv havzalari moʻljallangan boʻlishi;
qafaslar, volyerlar, terrariumlar tabiiy atrof muhit vositalari (toshlar, shoxlar, daraxt toʻsinlari va hokazo) bilan jihozlanishi.
Maydon va hajm oʻlchovlari volyerning eng kichik ruxsat etilgan oʻlchamlarini belgilaydi. Agar volyerda yuqoridagi jadvallarda koʻrsatilganidan kamroq hayvon saqlansa ham, uning oʻlchamlari koʻrsatilgan miqdordan kichik boʻlmasligi shart.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2025-y., 10/25/2373-2/0428-son)