Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 10-noyabrdagi PF-2107-son “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi toʻgʻrisida”
Farmoniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2024-yil 26-dekabrdagi 210-sonli va 2024-yil 24-dekabrdagi 20-son qarori (roʻyxat raqami 3603, 2025-yil 27-yanvar) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2025-y., 10/25/3603/0082-son) bilan tasdiqlangan Pullik tibbiy xizmat koʻrsatadigan davolash-profilaktika muassasalarini moliyalash tartibi
8-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Tibbiy xizmatga toʻlov qiymatini belgilashda, rentabellik koʻrsatiladigan tibbiy xizmat tannarxining 20 foizidan ortiq boʻlishi mumkin emas.”.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.