Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari va mashina-traktor parklarini davlat tomonidan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2003—2005-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda “Oʻzagromashservis” uyushmasining respublika taʼminot korxonalari:
qishloq xoʻjaligi mashinalari shinalarini import qilishda bojxona toʻlovlaridan (bojxonada rasmiylashtirish yigʻimlaridan tashqari);
import qilinayotgan shinalarni qishloq xoʻjaligi korxonalari va mashina-traktor parklariga sotishda qoʻshilgan qiymat soligʻi hisoblashdan va uni toʻlashdan ozod qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Moliya vazirligi va Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib kelinadigan isteʼmol tovarlari roʻyxatiga tegishli oʻzgartirishlar kiritsinlar, roʻyxatdan qishloq xoʻjaligida va oʻrmon xoʻjaligida foydalaniladigan transport vositalari uchun shinalarni chiqarib tashlashni nazarda tutsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.S.Yusupov zimmasiga yuklansin.