1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.02.00 Jinoyat va jinoiy javobgarlik]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Axborot va axborotlashtirish. Elektron tijorat (hujjat aylanishi);
2.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jinoiy qonunchilik]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyatini yanada kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida
2025-yil 5-mart kuni oʻtkazilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy kengashning kengaytirilgan yigʻilishida belgilangan vazifalarni samarali ijro etish hamda axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan jinoyatlar (keyingi oʻrinlarda — kiberjinoyatlar)ga qarshi kurashish faoliyatini yanada kuchaytirish maqsadida qaror qilaman:
I. Ustuvor vazifalar
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.03.00 Axborot xavfsizligi (shuningdek, 12.08.00.00 ga qarang);
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.06.00 Jinoyatlarning alohida turlari uchun javobgarlik / 16.11.06.03 Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar]
1. Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasida kiberjinoyatlarga qarshi kurashish yoʻnalishida yagona ishlash amaliyotini yoʻlga qoʻyish, bu borada barcha masʼul davlat organlari va muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda manzilli hamkorligini tashkil etish boʻyicha vakolatli organ etib belgilansin.
2. Masʼul davlat organlari, tashkilotlar, banklar, toʻlov tizimi operatorlari va toʻlov tashkilotlarining har biriga kiberjinoyatlarning oldini olish hamda aholining kibermadaniyatini yuksaltirishga qaratilgan barcha zarur choralarni koʻrish boʻyicha qatʼiy javobgarlik yuklatilsin.
3. Banklar, toʻlov tizimi operatorlari va toʻlov tashkilotlari uchun oʻz kundalik faoliyatini tashkil etishda mijozlarining manfaati va moliyaviy xavfsizligini taʼminlash ustuvor vazifa sifatida belgilansin.
II. Normativ-huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi;
3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
4.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.06.00 Jinoyatlarning alohida turlari uchun javobgarlik / 16.11.06.03 Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar]
4. Ichki ishlar vazirligi (Tashpulatov) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2025-yil yakuniga qadar bugungi kundagi amaliyot, zamon talablari hamda ilgʻor xorijiy tajribalarni kompleks oʻrgangan holda sohaning ustuvor yoʻnalishlari va ishlash mexanizmlari, shuningdek, kiberjinoyatlarning oldini olish va fosh etishda davlat organlari, banklar, toʻlov tizimi operatorlari va toʻlov tashkilotlarining aniq masʼuliyatini belgilaydigan “Axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etilayotgan jinoyatlarga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.01.00 Markaziy bank, uning tarkibiy boʻlinmalari va muassasalari;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.03.00 Davlat xavfsizlik xizmati organlari;
3.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.01.00 Umumiy qoidalar]
5. Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura va Markaziy bankning quyidagi takliflari maʼqullansin:
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.03.00 Maʼmuriy jazolar;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.02.00 Jinoyat va jinoiy javobgarlik;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.06.00 Jinoyatlarning alohida turlari uchun javobgarlik / 16.11.06.03 Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar]
(a) kiberjinoyatni sodir etishda oʻz nomidagi bank kartasidan, bank hisobraqamidan, SIM kartasidan hamda elektron hamyonidan (elektron akkauntlar) foydalanishga yoʻl qoʻygan shaxslar (drop) uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarliklar belgilash;
(b) axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik talablariga rioya etmaganlik uchun javobgarlikni belgilovchi amaldagi normalarni oqibat mavjud boʻlmasada, javobgarlik yuzaga kelishi nuqtai nazaridan takomillashtirish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.06 Plastik kartochkalar boʻyicha va elektron toʻlov tizimlari orqali hisob-kitob;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.12.00.00 Zarar yetkazilganligi oqibatidagi majburiyatlar / 03.12.01.00 Umumiy qoidalar]
(v) banklar, toʻlov tizimi operatorlari hamda toʻlov tashkilotlari, shuningdek, boshqa tashkilotlarning axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik talablariga rioya etmaganligi natijasida sodir etilgan kiberjinoyat oqibatida kelib chiqqan moddiy zararni ular hisobidan undirish tartibini joriy etish;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining XX1-bobi.
(g) jinoyat qonunchiligi bilan axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar hamda pul mablagʻlari va boshqa mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyat uchun belgilangan jazo choralarini kuchaytirish;
(d) jinoyat sodir etishda axborot texnologiyalaridan foydalanishni javobgarlikni hamda jazoni ogʻirlashtiruvchi holat sifatida belgilash;
(e) huquqni muhofaza qiluvchi organlarning bank siriga oid soʻrov va qarorlari ijrosini taʼminlashning aniq muddatlarini belgilashni hamda ularni bajarish mexanizm va talablarini yengillashtirishni nazarda tutuvchi tartibni joriy etish.
6. Ichki ishlar vazirligi (Tashpulatov), Davlat xavfsizlik xizmati (Kurbanov), Bosh prokuratura (Yoʻldoshev) va Markaziy bank (Ishmetov) ikki oy muddatda mazkur qaror bilan maʼqullangan takliflarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqsin hamda belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
III. Kiberjinoyatlarning oldini olish mexanizmlari
7. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.09.00 Ommaviy axborot vositalaridagi axborot (shuningdek, 13.03.19.00.ga qarang);
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.03.00 Axborot xavfsizligi (shuningdek, 12.08.00.00 ga qarang)]
(a) banklar va toʻlov tashkilotlarining oʻz axborot xavfsizligi siyosatiga va kiberxavfsizlik talablariga rioya etish borasidagi masʼuliyatini kuchaytirish maqsadida Ichki ishlar vazirligi tomonidan har oy yakuni boʻyicha tizimida eng koʻp kiberjinoyatlar (zaifliklar va kamchiliklar natijasida yuzaga kelgan) qayd etilgan banklar va toʻlov tashkilotlari roʻyxatini ommaga eʼlon qilish amaliyoti joriy qilinadi;
(b) Markaziy bank tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning tranzaksiyalarini monitoring qilish orqali aholi pul mablagʻlarini jalb qilishga qaratilgan firibgarlik sxemalari (“moliyaviy piramida”) alomatlari yoki shubhalar mavjud boʻlgan holatlarni aniqlash hamda ular haqida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga tezkor xabar berish tizimi yoʻlga qoʻyiladi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.09.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha davlat siyosati / 02.08.09.01 Huquqiy targʻibot;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.03.00 Axborot xavfsizligi (shuningdek, 12.08.00.00 ga qarang)]
(v) Vazirlar Mahkamasi tomonidan har yili aholining kibermadaniyatini yuksaltirishga va kibergigiyenasini shakllantirishga qaratilgan kompleks targʻibot-tashviqot dasturi tasdiqlanadi hamda ijrosi qatʼiy nazoratga olinadi.
8. Kiberjinoyatlarning oldini olish yoʻnalishidagi targʻibot-tashviqot tadbirlarida quyidagilarga alohida eʼtibor qaratilsin:
(a) respublika miqyosida har yilning noyabr oyini “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” deb eʼlon qilish;
(b) kiberjinoyatlarning yangi shakllari va ularni sodir etish usullarini inobatga olish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.08.00 Bepul foydalanish;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.03.00 Internet global tarmoq;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.06.00.00 Reklama (shuningdek, 09.09.00.00.ga qarang)]
(v) kiberjinoyatlarning shakllari va ularni sodir etish usullari toʻgʻrisida ogohlantirish uchun internet va ijtimoiy tarmoqlardagi maqsadli (target) reklama xizmatidan bepul tarzda foydalanish.
9. Markaziy bank (Ishmetov) 2025-yil 1-sentabrga qadar quyidagi kechiktirib boʻlmaydigan choralarni amalga oshirsin:
(a) banklar, toʻlov tizimi operatorlari, toʻlov tashkilotlari hamda kredit byurolarining tranzaksiyalari va boshqa zaruriy maʼlumotlarini Markaziy bankning yagona platformasiga integratsiya qilish;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.18.00 Bank tomonidan tartibga solish va nazorat]
(b) Markaziy bankda markazlashgan antifrod tizimini hamda banklar, toʻlov tizimi operatorlari va toʻlov tashkilotlarining antifrod tizimlarini (session, tranzaksion va telekommunikatsiya) joriy etishni yakuniga yetkazish;
(v) platforma va maxsus himoya tizimlari boʻyicha texnik topshiriq loyihalarini “Kiberxavfsizlik markazi” DUK, Ichki ishlar vazirligi va Elektron texnologiyalarni rivojlantirish markazi bilan kelishilgan holda ishlab chiqish.
10. Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov) manfaatdor idoralar va muassasalar bilan birgalikda 2025-yil yakuniga qadar soxta qoʻngʻiroqlarni cheklash tizimini toʻliq joriy qilish boʻyicha chora-tadbirlarni yakunlasin.
11. Markaziy bank (Ishmetov) 2025-yil yakuniga qadar:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.02.00 Bank hisobvaraqlarini ochish va yuritish tartibi]
(a) voyaga yetmaganlar banklarda hisobraqamlari va bank kartalarini ochishi boʻyicha tegishli talablarni ishlab chiqib, amaliyotda joriy etsin;
(b) banklar ota-onalarni ularning voyaga yetmagan farzandlari bilan bogʻliq shubhali (frod) operatsiyalar haqida xabardor qilish amaliyotini yoʻlga qoʻysin;
(v) kiberjinoyatlarni sodir etish uchun fuqarolar oʻzlarining bank hisobraqami, bank kartalari hamda elektron hamyonlari boʻyicha maʼlumotlarni taqdim etgan shaxslar (drop) reyestrini yuritishni taʼminlasin;
(g) banklar va toʻlov tashkilotlari tomonidan oʻzining mobil ilovalariga antivirus himoya tizimlarini oʻrnatish hamda foydalanuvchi qurilmasida zararli dasturlar belgilari mavjudligi aniqlanganda ularni ogohlantirish amaliyotini joriy etish choralarini koʻrsin.
IV. Kiberjinoyatlarni fosh etish mexanizmlari
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.08.00 Valyuta va valyuta boyliklarini olib kirish va olib chiqish]
12. Ichki ishlar vazirligi (Tashpulatov), Markaziy bank (Ishmetov) bir oy muddatda kiberjinoyatlarni barvaqt toʻxtatish va tezkorlik bilan fosh etish, shuningdek, pul mablagʻlarining respublika hududidan chiqib ketishini oldini olish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi tezkor harakatlanish tizimini yaratish yuzasidan qoʻshma choralarni koʻrsin:
(a) ichki ishlar organlari masʼul boʻlinmalari soʻroviga asosan shubhali pul oʻtkazma amaliyotlariga aloqador bank kartalarini tezkorlik bilan bloklash;
(b) shubhali pul oʻtkazma amaliyotlariga aloqador bank kartalari haqidagi maʼlumotlarni zudlik bilan ichki ishlar organlari masʼul boʻlinmalariga taqdim etib borish.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.06.00 Jinoyatlarning alohida turlari uchun javobgarlik / 16.11.06.03 Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.09.00 Ishni sudga qadar yuritish]
13. Tergovga qadar tekshiruv va dastlabki tergov davomida sodir etilgan kiberjinoyatlar yuzasidan kiberxavfsizlik talablariga rioya qilinganligi boʻyicha xulosani “Kiberxavfsizlik markazi” DUK tomonidan berish tartibi joriy etilsin.
14. Belgilansinki:
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.06.00 Jinoyatlarning alohida turlari uchun javobgarlik / 16.11.06.03 Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar;
3.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.01.00 Umumiy qoidalar;
4.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.03.00 Prokuror nazorati]
(a) Bosh prokuraturaning ichki ishlar organlarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi tuzilmasida 6 ta shtat birligidan iborat kiberjinoyatlarga qarshi kurashishda qonuniylikni taʼminlash boʻlimi tashkil etiladi hamda hududiy prokuraturalar va Transport prokuraturasining ichki ishlar organlarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boʻlimlarida uning guruhlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish maqsadida 44 ta shtat birligi ajratiladi;
(b) mazkur tuzilmalar ichki ishlar organlarining kiberjinoyatlarni tergov qilish va fosh etish faoliyati jarayonida qonunchilik ijrosi ustidan prokurorlik nazoratini amalga oshiradi;
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.06.00 Prokuratura huzuridagi organlar va tashkilotlar]
(v) tashkil etilayotgan tuzilmalar Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar faoliyatiga jalb etilgan shtat birliklari hisobidan shakllantiriladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
15. Bosh prokuratura (Samadov) mazkur qarorga muvofiq prokuratura tuzilmasida kiberjinoyatlarga qarshi kurashishda qonuniylikni taʼminlash yoʻnalishida tashkil etilayotgan tuzilmalar xodimlarini 2025-yil 1-iyulga qadar Huquqni muhofaza qilish akademiyasida maxsus qayta tayyorlash kurslarida oʻqitish choralarini koʻrsin.
16. Ichki ishlar vazirligi (Tashpulatov):
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.03.00 Axborot xavfsizligi (shuningdek, 12.08.00.00 ga qarang);
4.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.06.00 Jinoyatlarning alohida turlari uchun javobgarlik / 16.11.06.03 Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar]
(a) 2025-yil 1-sentabrga qadar Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura va Markaziy bank oʻrtasida kiberjinoyatlarga qarshi kurashishda tezkorlik bilan maʼlumotlar uzatish va kelib tushayotgan murojaatlar boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan choralarni koʻrish maqsadida elektron maʼlumotlar almashinuv platformasini ishga tushirsin;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.31.00 Xizmat safari]
(b) Tashqi ishlar vazirligi (Saidov) bilan birgalikda kiberxavfsizlik boʻlinmalari xodimlarining ilgʻor xorijiy tajribalarni oʻrganishi hamda malakasini oshirish maqsadida ularning chet el davlatlariga xizmat safarlarini amalga oshirish choralarini koʻrsin.
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.02.00 Shartnomalarni tuzish va ularning kuchga kirishi;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.08.00.00 Xalqaro tashkilotlar va ittifoqlar / 19.08.09.00 Evropa ittifoqi]
17. Tashqi ishlar vazirligi (Saidov) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda idoralararo ishchi guruh tuzgan holda uch oy muddatda Yevropa Ittifoqining “Kompyuter jinoyatlari toʻgʻrisida”gi Budapesht konvensiyasiga muayyan shartlar asosida qoʻshilish masalasini har tomonlama oʻrganib chiqishni taʼminlasin va bu borada asoslantirilgan takliflarni belgilangan tartibda kiritsin.
V. Kiberjinoyatlarga qarshi kurashishda ilmiy yondashuvlar
18. Huquqni muhofaza qilish akademiyasi Raqamli kriminalistika ilmiy-tadqiqot instituti tuzilmasida Kiberjinoyatlarga qarshi kurashishga va raqamli tergovga koʻmaklashish markazi tashkil etilsin va quyidagilar uning faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
(a) kiberjinoyatlar sodir etilishiga sabab va shart-sharoitlarni aniqlash maqsadida tergovga qadar tekshiruv hujjatlarini, maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni hamda jinoyat ishlarini ilmiy yondashuvlar asosida oʻrganish orqali asoslantirilgan tavsiyalar ishlab chiqish va huquqni qoʻllash amaliyotiga tatbiq etish;
(b) kiberjinoyatlarni fosh etish va ularni tergov qilish amaliyotidagi mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish boʻyicha ilmiy asoslantirilgan takliflarni ishlab chiqish;
(v) kiberjinoyatlar yoʻnalishida tergov faoliyati samaradorligini oshirish hamda taʼlim jarayonini takomillashtirishni ilmiy va uslubiy jihatdan taʼminlash.
VI. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
19. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib ichki ishlar vaziri A.A. Tashpulatov va Markaziy bank raisi T.A. Ishmetov belgilansin.
20. Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N.Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi D.B. Kadirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 30-aprel,
PQ-153-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2025-y., 07/25/153/0411-son)