Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 31-yanvardagi 55-son “Bojxona yigʻimlari stavkalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 25-fevraldagi 01-02/8-10-son qarori (roʻyxat raqami 3290, 2021-yil 25-mart) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2021-y., 10/21/3290/0236-son) bilan tasdiqlangan Tovarlar va transport vositalarini belgilangan joylardan tashqarida va (yoki) bojxona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazganlik uchun bojxona yigʻimlarini undirish
tartibida:
“yuk operatsiyasi — bojxona nazorati ostida turgan tovarlarni va (yoki) transport vositalarini tashish, yuklash, tushirish, qayta yuklash, ularning buzilgan oʻrovlarini toʻgʻrilash, ularni oʻrash, qayta oʻrash va tashish uchun qabul qilish;”;
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.