Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Endokrinologiya hamda bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi sohasidagi ilm-fanni rivojlantirish chora-tadbirlari belgilangani munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining “Davlat ilmiy tashkilotlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan bazaviy moliyalashtirishga oʻtkazish toʻgʻrisida” 2021-yil 26-maydagi 326-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Endokrinologiya xizmatini takomillashtirish va koʻlamini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 26-yanvardagi PQ-102-son
qaroriga muvofiq Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bazasida endokrin kasalliklar epidemiologiyasi, tireoidologiya va yod tanqisligi, reproduktiv endokrinologiya, neyroendokrinologiya kabi muhim yoʻnalishlar boʻyicha uygʻunlashgan ilmiy laboratoriyalarni tashkil etish belgilangani;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Onkologik, gematologik va immunologik kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy yordam koʻrsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 21-maydagi PQ-183-son
qarorida onkologik, gematologik va immunologik kasalliklarning oldini olish, ularni diagnostika qilish va davolashning ustuvor yoʻnalishlarida ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish nazarda tutilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki, Yo.X. Turakulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining hamda Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shugʻullanadigan tuzilmalarini Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan saqlash xarajatlari 2025-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Sogʻliqni saqlash vazirligiga ajratilgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi, 2026-yildan boshlab esa Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat ilmiy tashkilotlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan bazaviy moliyalashtirishga oʻtkazish toʻgʻrisida” 2021-yil 26-maydagi 326-son
qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.A. Xudayarov zimmasiga yuklansin.
1.
1-ilovaning “I. Sogʻliqni saqlash vazirligi” boʻlimi quyidagi mazmundagi 24-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
a) “I. Sogʻliqni saqlash vazirligi boʻyicha” boʻlimida:
14-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
quyidagi mazmundagi 213-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“Jami” pozitsiyasining “Shtat birligi soni” ustunidagi “277” raqami “298” raqami bilan almashtirilsin;
b) “Jami tashkilotlar boʻyicha” pozitsiyasining “Shtat birligi soni” ustunidagi “340” raqami “361” raqami bilan almashtirilsin.