Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Shikastlanishi respublikaning ekologiyasi va iqtisodiyoti uchun ogʻir oqibatlarga sabab boʻluvchi strategik ahamiyatga ega boʻlgan alohida muhim xalq xoʻjaligi obyektlarining barqaror va xavfsiz faoliyat koʻrsatishlarini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi xalq xoʻjaligi kompleksining alohida muhim obyektlarini qoʻriqlash qanday tashkil etilganligini nazorat qiluvchi doimiy ishlaydigan Respublika idoralararo komissiya tuzilsin.
Respublika idoralararo komissiyaning xulosalari va tavsiyalari tasarruflarida alohida muhim obyektlari boʻlgan vazirliklar va idoralarning bajarishlari uchun majburiy deb hisoblansin.
2. Alohida muhim obyektlarni qoʻriqlash qanday tashkil etilganligini nazorat qiluvchi Respublika idoralararo komissiyaning tarkibi ilovaga
* muvofiq tasdiqlansin.
3. Respublika idoralararo komissiyaga:
korxonalar va tarmoqlar rahbarlarining, shuningdek, yuqorida koʻrsatilgan obyektlarning xavfsiz faoliyat koʻrsatishlarini qoʻriqlovchi xizmatlarning javobgarliklarini oshirish yuzasidan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;
alohida muhim obyektlarni qoʻriqlash qanday tashkil etilganligini maxsus jadval boʻyicha tekshirish va oʻz yigʻilishlarida tegishli vazirliklar hamda idoralar rahbarlarining ushbu masalalar boʻyicha axborotlarini eshitish;
Hukumat qarori qabul qilinishini talab qiluvchi masalalar boʻyicha komissiya oldiga qoʻyilgan vazifalarning mohiyatiga koʻra zarur takliflar kiritish vazifalari topshirilsin.