Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-son “Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklari faoliyatida zamonaviy tashkiliy tizimni joriy qilish va moliyaviy qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining 2013-yil 30-oktabrdagi 21-son qarori (roʻyxat raqami 2521, 2013-yil 7-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 45-son, 596-modda) bilan tasdiqlangan Tuproq bonitirovkasi ishlarini oʻtkazish va hujjatlarini tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston fermerlari kengashi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
7-banddagi “tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining” degan soʻzlar “tuman (shahar) fermerlar kengashining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2.
10-banddagi “tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi” degan soʻzlar “tuman (shahar) fermerlar kengashi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3.
25-banddagi “tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining” degan soʻzlar “tuman (shahar) fermerlar kengashining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.