Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik
kodeksi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-oktabrdagi 577-son “Qurilish sohasiga oid talablarni soddalashtirish hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. SHNQ 2.03.14-22 “Kompozit polimer armaturali beton konstruksiyalar” shaharsozlik normalari va qoidalari
ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vazirining 2018-yil 28-sentabrdagi 204-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan SHNQ 2.03.14-18 “Kompozit polimer armaturali beton konstruksiyalar” shaharsozlik normalari va qoidalari
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vazirining 2019-yil 4-apreldagi 174-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan SHNQ 2.03.14-18 “Kompozit polimer armaturali beton konstruksiyalar” shaharsozlik normalari va qoidalariga kiritilgan 1-son oʻzgartirishlar.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi hamda “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi bilan kelishilgan.
4. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.