1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.01.00 Markaziy bank, uning tarkibiy boʻlinmalari va muassasalari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.01.00 Umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Qarzdorlik hisobiga banklar balansiga olingan mol-mulklar realizatsiyasini jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Muddati oʻtgan qarzdorlikni undirish mexanizmlarini takomillashtirish va bank balansidagi harakatsiz mol-mulklarni sotish imkoniyatlarini oshirish orqali banklarni moliyaviy sogʻlomlashtirish hamda qaytgan moliyaviy resurs hisobidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini moliyalashtirishni kengaytirish maqsadida qaror qilaman:
I. Maqsadlar
1. Ushbu qarorni qabul qilishdan koʻzlangan asosiy maqsad etib banklar balansidagi harakatsiz mol-mulklar ulushini kamaytirish, jumladan, 2025-2026-yillarda kamida 4 trillion soʻmlik ushbu turdagi mol-mulklarni sotish belgilansin.
II. Qarzdorlik hisobiga bank balansiga olingan mol-mulklarni sotishni jadallashtirish
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.21.00 Bank faoliyatining boshqa masalalari]
2. 2025-yil 1-maydan boshlab ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan banklarga (keyingi oʻrinlarda — davlat ishtirokidagi banklar) va ular huzuridagi investitsiya kompaniyalariga auksionda sotilmasdan qarzdorliklarni soʻndirish evaziga bank balansiga olingan mol-mulklarni bozor qiymatida toʻgʻridan-toʻgʻri sotishga, shu jumladan, kredit, boʻlib-boʻlib toʻlash, lizing shartnomalari yoki qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa bitimlar orqali sotishga ruxsat etilsin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 1-qismining 2-kichik boʻlimi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 44-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kreditorlarning huquqiy himoyasini kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2018-yil 23-noyabrdagi PQ-4026-son qarorining 2-bandi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.21.00 Bank faoliyatining boshqa masalalari]
3. Tijorat banklariga qarzdorliklarni soʻndirish evaziga bank balansiga qabul qilingan bino-inshootlar, texnologik uskunalar va boshqa mol-mulklar negizida tijorat banklari huzuridagi investitsiya kompaniyalari orqali toʻxtab qolgan ishlab chiqarish (xizmat koʻrsatish) faoliyatini tiklab, ularni tayyor biznes sifatida salohiyatli investorlarga sotish huquqi berilsin.
III. Qarzdorliklarni soʻndirish jarayonini tezlashtirish
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.01.00 Markaziy bank, uning tarkibiy boʻlinmalari va muassasalari;
2.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.02.00 Oʻzbekiston Respublikasining Oliy sudi. Vakolati. Tarkibi]
4. Markaziy bank va Oliy sudning 2025-yil 1-sentabrdan daʼvo arizasi boʻyicha ishni soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqish uchun daʼvoning maksimal bahosini yuridik shaxslarga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravarigacha, yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan yuz baravarigacha, jismoniy shaxslarga nisbatan ellik baravarigacha oshirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.01.00 Markaziy bank, uning tarkibiy boʻlinmalari va muassasalari]
5. Bosh prokuratura Markaziy bank va Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda majburiy ijro jarayonida auksionda sotilmagan mol-mulklarni undiruvchiga berishning quyidagi tartibini nazarda tutuvchi qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritsin:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.01.00 Umumiy qoidalar]
(a) mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi idoralar tomonidan mol-mulklarga nisbatan qoʻyilgan barcha taqiqlarni davlat ijrochisining qarori asosida yechish;
(b) davlat ijrochisining qarori unda koʻrsatilgan shaxsga mol-mulkka boʻlgan huquqni roʻyxatdan oʻtkazish (hisobga qoʻyish) uchun asos boʻlib hisoblanishi;
(v) mol-mulk boʻyicha mavjud majburiyatlar uning sobiq egasi — qarzdor zimmasida qolishi, mazkur majburiyatlarni bajarishni undiruvchi ixtiyoriy ravishda oʻz zimmasiga olgan holatlar bundan mustasno.
6. Oliy sud, Markaziy bank va Majburiy ijro byurosi uch oy muddatda tegishliligi boʻyicha Oliy sud, Majburiy ijro byurosi, banklar va boshqa moliya tashkilotlari oʻrtasida suddagi ishlar va ijro hujjatlari boʻyicha oʻrnatilgan tartibda axborot almashinuvini yoʻlga qoʻysin.
IV. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
8. Markaziy bank manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Markaziy bank raisi T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 15-aprel,
PQ-142-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-apreldagi PQ-142-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi “Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4231-son qarorida:
“Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasidagi chora-tadbirlar ijrosini tashkil etish va muvofiqlashtirish boʻyicha respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Respublika komissiyasi) 1-ilovaga muvofiq”;
(b) quyidagi mazmundagi 62-band bilan toʻldirilsin:
“62. Respublika komissiyasiga oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kredit ajratishning miqdorlari va shartlariga oʻzgartirish kiritish vakolati berilsin”;
(v) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasidagi chora-tadbirlar ijrosini tashkil etish va muvofiqlashtirish boʻyicha respublika komissiyasi TARKIBI
J.A. Qoʻchqorov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri, Respublika komissiyasi raisi
T.A. Ishmetov
—
Markaziy bank raisi
B.E. Zaxidov
—
kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri
I.I. Norqulov
—
iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari
A.A. Kamalov
—
Markaziy bank raisi oʻrinbosari
Lavozimi boʻyicha
—
loyihalarni moliyalashtirishda ishtirok etuvchi tijorat banklari rahbarlari
Izoh: Respublika komissiyasi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-martdagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida amalga oshiriladigan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5041-son qarorining 3-bandida:
“Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Temir daftar”ga kiritilgan fuqarolarga ajratilgan kreditlarning maqsadli ishlatilishini monitoring qilish masʼuliyati tijorat banklari bilan birga mos ravishda Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining tuman (shahar) boʻlimlari, tuman (shahar) yoshlar ishlari boʻlimlari, shuningdek, mahalla fuqarolar yigʻini raislari zimmasiga yuklatiladi”.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi “Elektron onlayn-auksionni oʻtkazish tartibini soddalashtirish, uning shaffofligini oshirish hamda ishtirokchilar huquqlarining ishonchli himoyasini kafolatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5197-son qarori 3-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar, shuningdek, ustav fondining 50 foizi va undan ortigʻi 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega yuridik shaxsga tegishli boʻlgan yuridik shaxslarning (keyingi oʻrinlarda — davlat ishtirokidagi korxonalar) ulushlari, koʻchmas mulklari, avtomototransport vositalari hamda boshqa asosiy vositalarini realizatsiya qilish, bundan auksionda sotilmasdan qarzdorliklarni soʻndirish evaziga bank balansiga olingan mol-mulklarni bozor qiymatida toʻgʻridan-toʻgʻri sotish, shu jumladan, kredit, boʻlib-boʻlib toʻlash, lizing shartnomalari yoki qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa bitimlar orqali realizatsiya qilish mustasno”.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-55-son qarorida:
(a) 1-bandning “v” kichik bandi “qarz oluvchiga beradigan tavsiyasi asosida” soʻzlaridan keyin “shuningdek, mahsulot yetkazib berilganligi (xizmat koʻrsatilganligi) mahalla bankiri tomonidan tasdiqlangandan soʻng” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga kredit ajratilishi ularni ushbu daftarlardan chiqarish uchun asos hisoblanmaydi va fuqarolar mazkur daftarlardan amaldagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq chiqariladi”;
(g) 11-bandning ikkinchi xatboshisidagi “hamda sektor rahbarlari” soʻzlari chiqarib tashlansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-sentabrdagi “Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-306-son qarorining 10-bandidagi “Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada” soʻzlari “17,5 foiz stavkada” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-apreldagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini moliyalashtirishni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-149-son qarorining 2-bandida:
“aholi tomorqasida biznesni yoʻlga qoʻyish uchun oʻzlarining ichki imkoniyatlaridan foydalangan holda tadbirkorlik qilishni istagan Kambagʻal oilalar reyestri va Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan oilalarga issiqxona qurish, chorva mollari boqish, parrandachilik, quyonchilik, tomorqaga mavsumiy ekinlar ekish uchun kreditlar naqd pulda berilishi mumkin”;
7. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona elektron platformasi orqali kreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 373-son qarorida:
4-banddagi “sektor rahbarlari bilan birgalikda” soʻzlari chiqarib tashlansin;
ilovaning 47-bandi oltinchi xatboshisidagi “sektor rahbarlari va” soʻzlari chiqarib tashlansin.
8. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-son qarori bilan tasdiqlangan “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 28-bandi quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Undiruv garovga qoʻyilgan mol-mulkka suddan tashqari tartibda qaratilganda mazkur mol-mulkni sotish boʻyicha auksion qadami ushbu Nizomning 55-bandida nazarda tutilgan tartibda belgilanadi”.
Izoh: ushbu ilovaning 3-bandi 2025-yil 1-maydan boshlab kuchga kiradi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2025-y., 07/25/142/0350-son)