Oʻzbekiston Respublikasi soliq qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq
kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi OʻRQ-1003-son “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga raqamli dalillar bilan ishlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi
Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2019-yil 27-noyabrdagi 2019-58-son qarori (roʻyxat raqami 3207, 2019-yil 30-dekabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2019-y., 10/20/3207/0001-son) bilan tasdiqlangan Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq toʻlovchilar faoliyatida amalga oshiriladigan soliq nazorati tadbirini videotasvirga olish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
oltinchi xatboshidagi “fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarini” degan soʻzlar “nazorat-kassa texnikasini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
toʻrtinchi xatboshidagi “nazorat kassa mashinasi (virtual kassa)” degan soʻzlar “nazorat-kassa texnikasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3.
11-banddan “ashyoviy” degan soʻz chiqarib tashlansin.