Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-fevraldagi OʻRQ-1038-son “Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi
Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2022-yil 22-noyabrdagi 63-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3406, 2022-yil 27-dekabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2022-y., 10/22/3406/1130-son) bilan tasdiqlangan Ichki audit tadbirlarini oʻtkazish qoʻllanmasining
70-bandidagi “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorat inspeksiyasini” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorat inspeksiyasini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.