Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-son
Farmonining ijrosini taʼminlash, yongin xavfsizligi sohasida innovatsion yongin oʻchirish vositalarini joriy etish hamda transport vositalaridan foydalanish boʻyicha aholiga qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining
ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga bino va inshootlar hamda transport vositalarining yongʻin xavfsizligini taʼminlashda yongin oʻchirish vositalarining turlarini kengaytirish, shuningdek, transport vositalaridan foydalanish talablarini takomillashtirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri B.B. Kudratxodjayev hamda ichki ishlar vaziri A.A. Tashpulatov zimmasiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-oktabrdagi 649-son qarori bilan tasdiqlangan Yongin xavfsizligi qoidalariga 6-ilova 1-jadvalining
matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
2. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 172-son qarori bilan tasdiqlangan Yoʻl harakati qoidalarining
6-bandida:
quyidagi mazmundagi yetmish yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“oʻt oʻchirgich — oʻt oʻchirish vositasini chiqarish hisobiga yongin manbasini oʻchirish uchun moʻljallangan, qoʻlda yongin oʻchogʻiga yetkaziladigan va ishga tushiriladigan, olib yuriladigan yoki koʻchma harakatlanuvchi qurilma, shu jumladan, oʻt oʻchirish aerozoli generatori”;
3. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 536-son qarori bilan tasdiqlangan Yongʻin xavfsizligini taʼminlash va yongʻin oʻchirish vositalariga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi texnik reglament 4-bandining
qirq toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“oʻt oʻchirgich — oʻt oʻchirish vositasini chiqarish hisobiga yongʻin manbasini oʻchirish uchun moʻljallangan, qoʻlda yongʻin oʻchogʻiga yetkaziladigan va ishga tushiriladigan, olib yuriladigan yoki koʻchma harakatlanuvchi qurilma, shu jumladan, oʻt oʻchirish aerozoli generatori”.
4. Vazirlar Mahkamasining “Foydalanishda boʻlgan moped va skuterlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida” 2024-yil 8-iyuldagi 393-son
qarorida:
b) ilovaning
4-bandidagi “28-fevralga” soʻzlari “30-sentabrga” soʻzlari bilan almashtirilsin.