Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2022-yil 6-iyundagi 170-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3372, 2022-yil 28-iyun) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.06.2022-y., 10/22/3372/0575-son) bilan tasdiqlangan Maydoni 2000 kvadrat metrgacha boʻlgan boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini hokim yordamchilarining onlayn-buyurtmanomasiga asosan toʻgʻridan-toʻgʻri elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomda:
toʻrtinchi va
sakkizinchi xatboshilardagi “davlat korxonalarining” va “davlat korxonalari” degan soʻzlar tegishli ravishda “davlat muassasalarining” va “davlat muassasalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “oliy taʼlim muassasalari” degan soʻzlar “oliy taʼlim tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 8-bandning
ikkinchi xatboshisidagi “davlat korxonasiga” degan soʻzlar “davlat muassasasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Soliq qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.