toggle_night_mode
Hujjat 08.04.2025 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Yoqilgʻi-energetika resurslari isteʼmolchilarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida 2024-2025-yillarda yoqilgʻi-energetika resurslari narxlarining bosqichma-bosqich oʻzgarish grafigiga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
[Koʻchirma]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning topshiriqlariga muvofiq aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlarini yoqilgʻi-energetika resurslari bilan ishonchli taʼminlash, shuningdek, aholi va tadbirkorlik subyektlarini kuz-qish mavsumidan keyin qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi 204-son qarori bilan tasdiqlangan 2024-2025-yillarda yoqilgʻi-energetika resurslari narxlarining bosqichma-bosqich oʻzgarish grafigiga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2026-yil 1-yanvardan boshlab Energetika vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi takliflariga asosan elektr energiyasi va tabiiy gaz narxlari har yili 1-maydan bir marotaba yillik inflyatsiya darajasidan kelib chiqqan holda 10 foizdan yuqori boʻlmagan miqdorda indeksatsiya qilib boriladi.
3. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda energetika vaziri J.T. Mirzamahmudov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 31-mart,
194-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 31-martdagi 194-son qaroriga
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi 204-son qarori bilan tasdiqlangan 2024-2025-yillarda yoqilgʻi-energetika resurslari narxlarining bosqichma-bosqich oʻzgarish grafigiga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. “2025-yil 1-apreldan” ustunidagi “apreldan” soʻzi “maydan” soʻzi bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. 1.2.1. va 1.2.2. — pozitsiyalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

1.2.1.

Ovqat tayyorlash uchun markazlashgan holda elektr plitalar bilan jihozlangan koʻp kvartirali uy-joylar va yotoqxonalarda yashaydigan maishiy isteʼmolchilar uchun bir oydagi isteʼmoldan kelib chiqib:

kVt soat

oyiga 200 kVt soatgacha;

225

225

300

oyiga 201 kVt soatdan 500 kVt soatgacha;

450

450

400

oyiga 501 kVt soatdan 1 000 kVt soatgacha;

450

450

500

oyiga 1 001 kVt soatdan 5 000 kVt soatgacha;

675

675

750

oyiga 5 001 kVt soatdan 10 000 kVt soatgacha;

787,5

787,5

875

oyiga 10 001 kVt soat va undan yuqori.

900

900

1 000

1.2.2.

Qolgan maishiy isteʼmolchilar uchun bir oydagi isteʼmoldan kelib chiqib:

oyiga 200 kVt soatgacha;

450

450

600

oyiga 201 kVt soatdan 500 kVt soatgacha;

900

900

800

oyiga 501 kVt soatdan 1 000 kVt soatgacha;

900

900

1 000

oyiga 1 001 kVt soatdan 5 000 kVt soatgacha;

1 350

1 350

1 500

oyiga 5 001 kVt soatdan 10 000 kVt soatgacha;

1 575

1 575

1 750

oyiga 10 001 kVt soat va undan yuqori.

1 800

1 800

2 000

.

Keyingi tahrirga qarang.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2025-y., 09/25/194/0298-son; 15.05.2026-y., 09/26/243/0486-son)