OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGINING
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligining 2010-yil 28-oktabrdagi 01-02/12-8, 20-son qarori (roʻyxat raqami 2156, 2010-yil 19-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 47-son, 439-modda) bilan tasdiqlangan Bojxona chegarasidan olib oʻtilayotgan avtotransport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
26,
54 va
571-bandlar “erkin muomalaga chiqarish” degan soʻzlardan keyin “(import)” degan soʻz bilan toʻldirilsin.
“52. Tovar sifatida olib kirilgan avtotransport vositasi “erkin muomalaga chiqarish (import)” yoki “vaqtincha olib kirish” bojxona rejimiga rasmiylashtirilgandan soʻng, TIF bojxona posti tomonidan ushbu Nizomning 5-ilovasiga muvofiq Davlat bojxona xizmatining hududiy organi tomonidan DYHXXning hududiy organlariga elektron tarzda taqdim qilinadigan maʼlumotlar (keyingi oʻrinlarda elektron maʼlumotlar deb yuritiladi) Bojxona qoʻmitasining elektron bazasi orqali shakllantiriladi va DYHXXga real vaqt rejimida yuboriladi”.
3.
57-band “Erkin muomalaga chiqarish” degan soʻzlardan keyin “(import)” degan soʻz bilan toʻldirilsin.