1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.09.00 Alohida toifadagi fuqarolarni (ayollar, bolalar va boshqalar) huquqiy holatini oʻziga xos xususiyatlari]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Umumiy masalalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
[Koʻchirma]
2025-yil 7-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, iqtisodiy faolligini oshirish va ijtimoiy himoyasini kuchaytirish boʻyicha belgilangan asosiy vazifalarni amalga oshirish maqsadida qaror qilaman:
I. Maqsadlar
1. 2025-yilda xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlashning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari etib quyidagilar belgilansin:
(a) 2 million nafar xotin-qizlarning bandligini taʼminlash;
(b) 250 ming nafar xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish;
(v) 250 ming nafar xotin-qizlarni oliy taʼlim bilan qamrab olish;
(g) 50 ming nafar ehtiyojmand xotin-qizlarni sanatoriylarda sogʻlomlashtirish hamda ularda tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirish boʻyicha motivatsion seminarlar tashkil etish.
II. Ayollar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash / 03.10.02.04 Kafillik;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
4.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash]
2. Belgilansinki, “HAMROH” tadbirkor ayollarni qoʻllab-quvvatlash dasturi doirasida 2025-yil 1-maydan boshlab:
(a) xotin-qizlarga “yashil loyihalar” va IT sohasidagi loyihalarni amalga oshirishiga, shuningdek, kamida 5 nafar xotin-qizning tadbirkorligini yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashgan 1 ming nafar “ustoz” tadbirkorlarga 50 million soʻmgacha grant ajratish yoʻlga qoʻyiladi. Bunda grant mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-noyabrdagi PQ-385-son qarorining 8-bandida nazarda tutilgan mablagʻlar hisobidan ajratiladi;
(b) ijobiy kredit tarixiga ega boʻlgan xotin-qizlarga 100 mln soʻmgacha garovsiz kredit ajratiladi;
(v) ayol tadbirkorlar tomonidan kredit hisobidan sotib olinayotgan asbob-uskunalar yetkazib berilgunga qadar “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan kafillik taqdim etilishi yoʻlga qoʻyiladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.01.00 Axborotlashtirish;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
3. AT “Xalq banki” Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda “Loyihalar fabrikasi” platformasi negizida quyidagi imkoniyatlarga ega “Tadbirkor ayollar” platformasini 2025-yil 1-iyulga qadar ishga tushirsin:
(a) ayol tadbirkorlarga xomashyo sotib olishga koʻmaklashish;
(b) oʻzaro kooperatsiyani kengaytirish va mahsulotlarni sotish uchun bozor topish;
(v) zarur mutaxassislarni izlash va ishga qabul qilish;
(g) loyihalar doirasida yuzaga kelayotgan muammolarini aniqlash va ularga yechim topish.
4. AT “Xalq banki” uch oy muddatda “Tadbirkor ayollar” platformasi orqali tijorat banklari, Soliq qoʻmitasi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Milliy statistika qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan oʻzaro axborot almashinuvini yoʻlga qoʻysin.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.02 Elektron tijorat;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
5. Savdo-sanoat palatasi 2025-yil 1-maydan boshlab quyidagilarni nazarda tutuvchi “Hamkor tadbirkor” dasturini yoʻlga qoʻysin:
(a) oʻz biznesini tashkil etmoqchi boʻlgan xotin-qizlarda tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirish;
(b) kooperatsiya asosida xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashish;
(v) mahalliy va xalqaro elektron platformalarda xotin-qizlarga oʻz mahsulotlarini joylashtirish va sotishga koʻmaklashish.
6. Markaziy bank tijorat banklari bilan birgalikda 2025-yil 1-avgustga qadar Ayollar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash yoʻnalishida moliyaviy xizmatlar koʻrsatish strategiyasini tasdiqlasin. Bunda quyidagilar nazarda tutilsin:
(a) tijorat banklarida xotin-qizlar uchun yangicha yondashuvlar asosida zamonaviy moliyaviy xizmatlarni yoʻlga qoʻyish;
(b) homiladorlik va tugʻish taʼtilini olgan ayollar uchun bank kreditlari boʻyicha toʻlovlar muddatini 10 oygacha uzaytirish.
7. Savdo-sanoat palatasining 1-ilovaga muvofiq tarkibda quyidagi vazifalarni amalga oshiruvchi yetakchi ishbilarmon ayollardan iborat Tadbirkor ayollar kengashini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin:
(a) muntazam ravishda hududlarga chiqib, tadbirkor xotin-qizlarning muammolarini oʻrganish va ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
(b) tadbirkor ayollarning ilgʻor tajribalarini boshqa hududlarda ommalashtirishga koʻmaklashish;
(v) avval tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirgan xotin-qizlar bilan manzilli ishlab, ularning muammolarini hal qilish va biznes gʻoyalarini amalga oshirishga koʻmaklashish;
(g) tizimli muammolarni hal qilish yuzasidan Hukumat va Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga takliflar kiritib borish.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
8. Xotin-qizlarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish va ayollar tadbirkorligini rivojlantirishning quyidagilarni nazarda tutuvchi yaxlit tizimi joriy etilsin:
(a) “Biznesga ilk qadam” yoʻnalishida — Savdo-sanoat palatasi (N. Shotursunova) tomonidan biznes koʻnikmasiga ega boʻlmagan tashabbuskor xotin-qizlarni aniqlash va ularni tadbirkorlik asoslariga oʻqitish;
(b) “Biznesni yoʻlga qoʻyish” yoʻnalishida — AT “Xalq banki” (G. Rashidova) va boshqa tijorat banklari tomonidan oʻzini oʻzi band qilgan xotin-qizlarga kichik tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishga koʻmaklashish;
(v) “Biznesni kengaytirish” yoʻnalishida — “Hamroh” xotin-qizlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash kompaniyasi” masʼuliyati cheklangan jamiyati (D. Nurmatova) tomonidan biznes-rejalar ishlab chiqish, moliyalashtirish va bozor topish koʻnikmalariga oʻrgatish orqali kichik korxonalar faoliyatini kengaytirish;
(g) “Biznesni yuksaltirish” yoʻnalishida — Savdo-sanoat palatasi (D. Vahobov) tomonidan “Chempion tadbirkorlar” dasturi doirasida 50 nafar eng faol ayol tadbirkorlar bilan manzilli ishlab, ularning yillik aylanmasini kamida 100 milliard soʻmgacha olib chiqishga koʻmaklashish.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar]
9. Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov ikki hafta muddatda hududlar va tijorat banklari kesimida 2025-yilda xotin-qizlarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish va ayollar tadbirkorligini rivojlantirish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlarni tasdiqlasin.
III. Xotin-qizlarni ijtimoiy va iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash
10. Xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha respublika komissiyasi (Q. Rafikov, Z. Maxkamova) har yili “Ayollar daftari”ga kiritilgan va ehtiyojmand xotin-qizlarning 50 ming nafarini Toshkent viloyatidagi dam olish maskanlariga yuborib, ularga psixologik yordam koʻrsatish va tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirish boʻyicha motivatsion seminarlar tashkil etsin.
Vazirlar Mahkamasi homiylik mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan ushbu tadbirlarni moliyalashtirish choralarini koʻrib borsin.
11. Ijtimoiy himoya milliy agentligi (M. Olloyorov) Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda aholining uy-joyga ehtiyoji boʻlgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qismini uy-joy bilan taʼminlash boʻyicha qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
12. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligida raqamlashtirish, kasbiy taʼlim sohasida zamonaviy yondashuvlarni joriy qilish hamda innovatsion loyihalarni qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻyicha vazir maslahatchisi lavozimi joriy etilsin.
13. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bir oy muddatda vazirlik faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya yechimlarini joriy qilish, aholini, shu jumladan, ayollarni zamonaviy kasblarga oʻqitish hamda yuqori daromadli mehnatga jalb qilishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
IV. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
14. 2025-yilda xotin-qizlarning bandligini taʼminlash va tadbirkorlikka jalb qilishning maqsadli koʻrsatkichlari 2 va 3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.02.00 Ishga joylash va aholi bandligi sohasidagi boshqaruv]
15. Mazkur qarorning maqsadlariga erishish doirasida quyidagilar masʼul etib belgilansin:
(a) Markaziy bank (T. Ishmetov) va tijorat banklari 1 million 300 ming nafar xotin-qizlar bandligini taʼminlash va tadbirkorlikka jalb etishga;
(b) Xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha respublika komissiyasi (Q. Rafikov) 636 ming nafar “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni daromadli mehnat bilan taʼminlashga;
(v) Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi (Z. Maxkamova) xotin-qizlar tadbirkorlik markazlarida 100 ming nafar xotin-qizlarni oʻqitish, ish bilan taʼminlash va ularga tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun koʻmaklashishga;
(g) Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Zaxidov), Savdo-sanoat palatasi (D. Vahobov) 250 ming nafar xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitishga.
16. Mazkur qaror doirasida xotin-qizlarning bandligini taʼminlash va tadbirkorlikka jalb qilish boʻyicha ishlarning natijadorligi ustidan nazorat Bosh prokuror oʻrinbosari D.S. Kasimovga yuklansin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
17. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 4-ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* 4-ilova berilmaydi.
18. Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
19. Qaror ijrosini har oyda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 14-mart,
PQ-103-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-martdagi PQ-103-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Tadbirkor ayollar kengashining
TARKIBI
1.
Davletova Nozimaxon Eldarovna
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Tashqi aloqalar departamenti Tashqi siyosat va tashqi iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishni axborot-tahliliy taʼminlash boshqarmasi boshligʻi, Kengash raisi
2.
Shotursunova Nodira Nosirovna
—
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi oʻrinbosari, Kengash raisi oʻrinbosari
* “Mikrokreditbank” ATB parrandachilik (160 ming nafar), “Turonbank” ATB limonchilik (150 ming nafar), AT “Aloqabank” asalarichilik (17,5 ming nafar) yoʻnalishlarida jami 327,5 ming nafar ayollarni daromadli mehnat bilan band qiladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2025-y., 07/25/103/0244-son; 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son)