Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining “Yoʻl harakati toʻgʻrisida”gi
Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlariga
ilovaga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining 2013-yil 23-dekabrdagi 20-son “Avtomobilda tashuvchining yoʻl harakati xavfsizligi xizmati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
buyrugʻida (roʻyxat raqami 2545, 2013-yil 26-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 52-son, 710-modda):
a)
muqaddimadagi “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida” degan soʻzlar “Yoʻl harakati toʻgʻrisida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
muqaddimadan “Oʻzbekiston Respublikasining “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
“yoʻl-transport hodisasi — transport vositasining yoʻlda harakatlanish jarayonida va uning ishtirokida sodir boʻlgan, fuqarolar vafot etgan yoki ularning sogʻligʻiga zarar yetkazilgan, transport vositalari, inshootlar, yuklar shikastlangan yoxud boshqa moddiy zarar yetkazilgan hodisa;”.
2. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining 2014-yil 22-apreldagi 22-son “Avtomobilda tashuvchi tomonidan haydovchilarga yoʻl harakati xavfsizligi masalalari boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
buyrugʻida (roʻyxat raqami 2582, 2014-yil 13-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 20-son, 234-modda):
a)
muqaddimadagi “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida” degan soʻzlar “Yoʻl harakati toʻgʻrisida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
muqaddimadan “Oʻzbekiston Respublikasining “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
“yoʻl-transport hodisasi — transport vositasining yoʻlda harakatlanish jarayonida va uning ishtirokida sodir boʻlgan, fuqarolar vafot etgan yoki ularning sogʻligʻiga zarar yetkazilgan, transport vositalari, inshootlar, yuklar shikastlangan yoxud boshqa moddiy zarar yetkazilgan hodisa.”.
3. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining 2017-yil 12-iyuldagi 61-son “Avtomobil transportida yoʻlovchilar va yuklar tashuvchi avtotransport vositalarida litsenziya kartochkalari mavjud boʻlishini, Oʻzbekiston Respublikasi hududida xalqaro avtomobillarda tashuvlarni amalga oshirish shartlariga rioya etilishini, haydovchilarning mehnat va dam olish rejimiga rioya etilishini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
buyrugʻida (roʻyxat raqami 2906, 2017-yil 28-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 30-son, 759-modda):
a)
muqaddimadagi “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida” degan soʻzlar “Yoʻl harakati toʻgʻrisida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) Nizom
muqaddimasidan “Oʻzbekiston Respublikasining “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-apreldagi 238-son “Aholiga transport xizmati koʻrsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yoʻlovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.