1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.01.00 Umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Umumiy masalalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Xotin-qizlarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish va ularning loyihalarini moliyalashtirishni kengaytirish maqsadida qaror qilaman:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.01.00 Umumiy masalalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]
1. Xotin-qizlarning loyihalarini qoʻllab-quvvatlash uchun quyidagilar hisobidan 2025-yilda qoʻshimcha 200 million AQSH dollari yoʻnaltirilsin, bunda:
(a) Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi ikki hafta muddatda yetti yil muddatga yillik Markaziy bankning asosiy stavkasida jami 100 million AQSH dollari ekvivalentida, shundan AT “Xalq banki”ga 35 million AQSH dollari, “Biznesni rivojlantirish banki” ATBga 35 million AQSH dollari va “Mikrokreditbank” ATBga 30 million AQSH dollari miqdorida kredit resurslari ajratsin;
(b) tijorat banklari “Mahalla loyihasi” dasturi doirasida loyihalarni moliyalashtirish uchun tashqi moliya bozorlaridan 100 million AQSH dollari jalb qilsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]
2. Belgilansinki, xotin-qizlarning loyihalarini moliyalashtirishga:
(a) “Biznesni rivojlantirish banki” ATBga ajratilgan mablagʻlar hisobidan “HAMROH” tadbirkor ayollarni qoʻllab-quvvatlash dasturi doirasida belgilangan tartib va mexanizmlar asosida;
(b) AT “Xalq banki” va “Mikrokreditbank” ATBga ajratilgan mablagʻlar hisobidan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida belgilangan tartib va mexanizmlar asosida kreditlar ajratiladi.
3. Qaror ijrosini har oyda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 7-mart,
PQ-96-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.03.2025-y., 07/25/96/0225-son; 29.09.2025-y., 06/25/176/0878-son)