Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-iyundagi 320-son “Oʻquvchilarni akademik litseylarga qabul qilish, ularning oʻqishini koʻchirish,qayta tiklash va oʻqishdan chetlatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2022-yil 27-yanvardagi 1 va 01/QQ-son “Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyga oʻqishga qabul qilish uchun test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 3346, 2022-yil 27-yanvar) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2022-y., 10/22/3346/0076-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.