Oʻzbekiston Respublikasi raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining
Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi yuzasidan tahlil (oʻrganish, koʻrik) oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-sentabrdagi 562-son “Qonunchilik hujjatlarida korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish hamda normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2011-yil 10-fevraldagi 1-son qarori (roʻyxat raqami 2196, 2011-yil 18-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 7-8-son, 73-modda) bilan tasdiqlangan Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi yuzasidan tahlil (oʻrganish, koʻrik) oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi yuzasidan tahlil (oʻrganish, koʻrik) oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1.
5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Isteʼmolchilarning huquqlarining kamsitilishi boʻyicha ariza va shikoyatlarni oʻrganish mobaynida, xoʻjalik yurituvchi subyektlarda tekshirishlar oʻtkazish zarur boʻlgan hollarda (moliyaviy-xoʻjalik faoliyatiga aralashmagan holda), tekshirish oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil xabardor etiladi.”.
ikkinchi xatboshidagi “Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika kengashi yoki uning hududiy komissiyasidan ruxsat olish” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilni xabardor etish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “vositalarida” degan soʻz “vositalari, veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlar va mobil messenjerlarda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.