1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.02.00 Davlat boji miqdorlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.04.00 Chet el valyutasidagi hisob-kitoblar va toʻlovlar]
[TSZ:
1.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
XORIJIY VALYUTADAGI DAVLAT BOJLARI, YIGʻIMLAR HAMDA SOLIQ BOʻLMAGAN BOShQA TOʻLOVLAR STAVKALARI TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni)” qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorijiy valyutada soliq boʻlmagan davlat toʻlovlarini olish va taqsimlash tartibi toʻgʻrisida” 1993-yil 31-iyuldagi Farmoniga muvofiq, hamda xorijiy valyutada davlat bojlari, yigʻimlar va soliq boʻlmagan boshqa toʻlovlarni undirishni tartibga solish va valyuta tushumlaridan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar tasdiqlansin:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.04.00 Davlat bojini toʻlash tartibi]
xorijiy valyutada davlat bojlari, yigʻimlar va soliq boʻlmagan boshqa toʻlovlarni undirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga* muvofiq;
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.07.00 Konsullik vazifalari (pasport-viza ishlari, konsullik legalizatsiyasi) va yigʻimlar]
Oʻzbekiston Respublikasi konsullik yigʻimlari tariflari 3-ilovaga* muvofiq
boj stavkalari, yigʻimlar va soliq boʻlmagan boshqa toʻlovlar tariflari miqdorlari 1993-yil 1-sentabrdan boshlab amalga kiritiladi;
boj stavkalari, yigʻimlar va soliq boʻlmagan boshqa toʻlovlar tariflari, shuningdek, amaldagilariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish Moliya vazirligining manfaatdor vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan birgalikdagi takliflari boʻyicha Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi;
vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, banklar va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan undiriladigan xorijiy valyutadagi bojlar, yigʻimlar va soliq, boʻlmagan boshqa toʻlovlardan tushumlar xorijiy valyutada olinadigan tushumga solinadigan soliq bazasiga kiritilmaydi.
3. Bojlar, yigʻimlar hamda soliq boʻlmagan boshqa toʻlovlarni undiruvchi vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va xoʻjalik boshqaruvi organlari Markaziy bankka, Moliya vazirligiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga hisobot oyidan keyingi har oyning 5 kunida valyuta tushumi hamda ularning tegishli qismi Respublika valyuta fondiga oʻtkazilganligi toʻgʻrisida hisobotlar taqdim etsinlar.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-apreldagi 205-son qarori tahririda — OʻR HQT, 1999-y., 4-son, 23-modda)
4. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, banklar hamda xoʻjalik boshqaruvi organlari bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan meʼyoriy aktlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarining ayrim bandlari 4-ilovaga* muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.