Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Moddiy-texnika resurslari narxlarining oshganligini hisobga olib va dehqon bozorlarini yanada rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining “Patta toʻlovlari miqdorlarini belgilash haqida” 1993-yil 23-martdagi 152-son
qarori quyidagi mazmundagi band bilan toʻldirilsin:
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlap va Toshkent shahar hokimliklariga, mahalliy shart-sharoitlarni hisobga olib, bozorlarda, yarmarkalarda va savdo uchun maxsus belgilangan joylarda patta toʻlovlari miqdorlarini qayta koʻrib chiqish huquqi berilsin”.