1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.04 (Кучини йукотган) Davlat oliy taʼlim muassasalari / 13.01.61.00 (Кучини йукотган) Taʼlim muassasalari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga koʻmaklashish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Yoshlarning bandligini taʼminlash, oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining mehnat bozoriga integratsiyasini kuchaytirish, xususiy sektor va tijorat banklari ishtirokida kadrlar tayyorlash jarayonini takomillashtirish maqsadida:
1. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi va “Oʻzmilliybank” AJning oliy taʼlim tashkilotlarining bitiruvchilarining ishga joylashtirishiga koʻmaklashishga qaratilgan quyidagilarni nazarda tutuvchi “Kelajakka qadam” dasturini (keyingi oʻrinlarda — Dastur) amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin:
a) oʻz biznes gʻoyalarini amalga oshirish istagi boʻlgan oliy taʼlim tashkilotlarining bitiruvchi bosqich talabalari uchun “Oʻzmilliybank” AJ tomonidan biznes gʻoyani tayyor loyihagacha olib borish jarayonida toʻliq hamrohlik qilish, shu jumladan qulay shartlarda moliyalashtirish;
b) oliy taʼlim tashkilotlarining bitiruvchi va quyi bosqich talabalari oʻrtasida sohalar boʻyicha ochiq tanlovlar oʻtkazish va gʻoliblarni ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish. Bunda:
salohiyatli ish beruvchi tashkilotlar, shu jumladan yirik korxonalarning oliy maʼlumotli mutaxassislarga ehtiyojini aniqlash va mutaxassislarga qoʻyiladigan talablarni shakllantirish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi;
tanlov gʻoliblarini salohiyatli ish beruvchi tashkilotlar buyurtmasiga koʻra individual kasbiy taʼlim dasturlari asosida kasbga dastlabki tayyorlash tadbirlari moliyalashtiriladi;
individual kasbiy taʼlim dasturlarida ishlab chiqarish obyektlarida amaliyot oʻtash va chet eldagi oliy taʼlim tashkilotlarida qisqa muddatli oʻquv kurslarida qatnashish imkoniyati yaratiladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari;
3.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.01.00 Umumiy masalalar]
2. Belgilansinki:
Dastur “Oʻzmilliybank” AJ tomonidan hududlarda, shu jumladan autsorsing asosida tashkil etiladigan “Kelajakka qadam” markazlari (keyingi oʻrinlarda — Markazlar) orqali amalga oshiriladi;
barcha oliy taʼlim tashkilotlari Dastur ishtirokchilari hisoblanadi va talabalarni ishga joylashga koʻmaklashish boʻyicha Markazlar bilan hamkorlik kelishuvlarini tuzadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.01.00 Umumiy masalalar;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.14.00 Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi. Kafolat jamgʻarmasi. Taraqqiyot jamgʻarmasi]
3. Dasturni amalga oshirish maqsadida “Oʻzmilliybank” AJga Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan:
80 million AQSH dollari ekvivalenti miqdorida 10 yilga, shu jumladan 3 yillik imtiyozli davri bilan Markaziy bankning asosiy stavkasiga teng foizda;
20 million AQSH dollari ekvivalenti miqdorida talabalarni kasbga tayyorlash va ularning kasbiy amaliyot oʻtash xarajatlarini moliyalashtirish uchun begʻaraz asosda mablagʻ ajratilsin.
4. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi “Oʻzmilliybank” AJ bilan birgalikda:
bir oy muddatda Dasturni amalga oshirish boʻyicha uslubiy qoʻllanmalar va Markazlar faoliyatini tashkil etish tartibini tasdiqlasin;
mazkur qarorning mazmun-mohiyatini barcha oliy taʼlim tashkilotlariga yetkazish, ish beruvchilar va talabalar orasida keng yoritish choralarini koʻrsin.