Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 14-noyabrdagi PF-184-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi
qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomning
15-bandiga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
uchinchi xatboshidagi “organlar bilan kelishgan holda” soʻzlari “organni “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida roʻyxatga olish orqali xabardor qilgan holda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori A.R. Jumanazarov zimmasiga yuklansin.