Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Konrad Adenauer nomidagi jamgʻarmaning Toshkent shahridagi vakolatxonasi ishlashi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti negizida ishlayotgan gʻarb mutaxassislari va missiyalari, xalqaro moliya va jamoat tashkilotlarining texnikaviy yordamidan oqilona foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bir oy muddatda akademik H.Abdullayev koʻchasi, 47-uydagi binolar va inshootlar majmuini yon-atrofidagi joylar bilan birgalikda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti balansiga oʻtkazsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Oʻ.Sultonov zimmasiga yuklansin.