1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.83.00 (Кучини йукотган) Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishini koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.01.00 Umumiy masalalar;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Jismoniy tarbiya va sport;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining
buyrugʻi
“Gimnastika boʻyicha respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari bolalar-oʻsmirlar sport maktabiga oʻquvchi-sportchilarni konkurs asosida tanlab olish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 6-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3137-4]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-son “Yoshlar siyosati va sport sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining 2019-yil 7-yanvardagi 2-mh-son “Gimnastika boʻyicha respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari bolalar-oʻsmirlar sport maktabiga oʻquvchi-sportchilarni konkurs asosida tanlab olish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3137, 2019-yil 18-fevral) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2019-y., 10/19/3137/2632-son) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. IKRAMOV
Toshkent sh.,
2025-yil 31-yanvar,
1-mh-son
Kelishildi:
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri X. UMAROVA
2025-yil 28-yanvar
Sogʻliqni saqlash vaziri A. XUDAYAROV
2025-yil 23-yanvar
Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining 2025-yil 31-yanvardagi 1-mh-son buyrugʻiga ILOVA
“Gimnastika boʻyicha respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari bolalar-oʻsmirlar sport maktabiga oʻquvchi-sportchilarni konkurs asosida tanlab olish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Buyruqning nomi va 1-bandidagi “Gimnastika boʻyicha respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari bolalar-oʻsmirlar sport maktabiga” degan soʻzlar “Gimnastika boʻyicha ixtisoslashtirilgan respublika bolalar-oʻsmirlar olimpiya zaxirasi sport maktabiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
1) nomidagi “Gimnastika boʻyicha respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari bolalar-oʻsmirlar sport maktabiga” degan soʻzlar “Gimnastika boʻyicha ixtisoslashtirilgan respublika bolalar-oʻsmirlar olimpiya zaxirasi sport maktabiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) muqaddimadagi “Gimnastika boʻyicha respublika ixtisoslashtirilgan Olimpiya zaxiralari bolalar-oʻsmirlar sport maktabiga” degan soʻzlar “Gimnastika boʻyicha ixtisoslashtirilgan respublika bolalar-oʻsmirlar olimpiya zaxirasi sport maktabiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 27-avgustdagi PQ-1608-son “Gimnastika boʻyicha bolalar-oʻsmirlar ixtisoslashtirilgan respublika olimpiya zaxirasi sport maktabini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan gimnastika maktabiga 7 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan taʼlim oluvchi oʻquvchi-sportchilarning umumiy kontingenti 132 nafarni tashkil etgan holda, oʻqish muddati 11 yil boʻlib, har yili 12 nafar iqtidorli oʻquvchi-sportchilar qabul qilinadi.”;
4) 1-ilova mazkur oʻzgartirishlarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin;
5) 2 — 10-ilovalarning ilova belgisidagi “Gimnastika boʻyicha respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari bolalar-oʻsmirlar sport maktabiga” degan soʻzlar “Gimnastika boʻyicha ixtisoslashtirilgan respublika bolalar-oʻsmirlar olimpiya zaxirasi sport maktabiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“Gimnastika boʻyicha ixtisoslashtirilgan respublika bolalar-oʻsmirlar olimpiya zaxirasi sport maktabiga oʻquvchi-sportchilarni konkurs asosida tanlab olish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlarga ILOVA
“Gimnastika boʻyicha ixtisoslashtirilgan respublika bolalar-oʻsmirlar olimpiya zaxirasi sport maktabiga oʻquvchi-sportchilarni konkurs asosida tanlab olish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Gimnastika boʻyicha ixtisoslashtirilgan respublika bolalar-oʻsmirlar olimpiya zaxirasi sport maktabi direktoriga
_______________________________da_
(yashash manzili)
yashovchi fuqaro ________________dan
(F.I.O.)
ARIZA
Mening farzandim ________________________________________________________________ga
(F.I.O.)
Gimnastika boʻyicha ixtisoslashtirilgan respublika bolalar-oʻsmirlar olimpiya zaxirasi sport maktabiga oʻquvchi-sportchilarni tanlab olish va qabul qilish tanlovida ishtirok etishga ruxsat berishingizni soʻrayman.
__________________________
_______
_______________
(F.I.O.)
(imzo)
(sana)
”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 10/25/3137-4/0112-son)