1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tugatish. Sanatsiya va bankrotlik]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITISH, SHUNINGDEK BAʼZILARINI OʻZ KUCHINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASH TOʻGʻRISIDA
Yangi tahrirdagi “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ustav fondlarida davlat mulki ulushi boʻlgan bankrot korxonalarni tugatish boʻyicha tugatish komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 1999-yil 31-dekabrdagi 548-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 12-son, 71-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2004-yil 19-yanvar,
31-son
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-yanvardagi 31-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Korxonalarning bankrotligi toʻgʻrisidagi qonunchilikni amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar haqida” 1999-yil 26-iyuldagi 362-son qarorida “(Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 7-son, 42-modda):
a) 3-bandning ikkinchi xatboshidagi “mulkida davlat mulki boʻlgan” soʻzlari “ustav fondida davlat ulushi boʻlgan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 4-bandning ikkinchi xatboshidagi “bankrot korxonalarni tugatish jarayonining borishi ustidan kundalik nazorat oʻrnatsin, tugatish komissiyasi va ishonchli vakillar qoniqarsiz ishlagan taqdirda ularning shaxsiy tarkibini almashtirish toʻgʻrisida oʻz vaqtida taqdimnomalar kiritsin” soʻzlari “ustav fondida davlat ulushi boʻlgan bankrot korxonalarni tugatish jarayonining borishi ustidan kundalik nazorat oʻrnatsin, tugatuvchi boshqaruvchi qoniqarsiz ishlagan taqdirda uni vazifalarni bajarishdan ozod etish toʻgʻrisidagi ariza bilan xoʻjalik sudiga murojaat etsin”;
v) 5-bandning uchinchi xatboshida “tugatish komissiyalari va ishonchli vakillar tarkibini shakllantirish va tasdiqlashda” soʻzlari tugatuvchi boshqaruvchilarni tayinlashda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 6-banddagi “mulkida davlat mulki boʻlgan” soʻzlari “ustav fondida davlat ulushi boʻlgan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshida “ustav jamgʻarmalarida davlat mulki ulushi boʻlgan” soʻzlari “ustav fondida davlat ulushi boʻlgan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshida “tugatish yoki sanatsiyalash jarayonida” soʻzlari “bankrotlik yoki suddan oldin sanatsiya oʻtkazish tartib-qoidalarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“toʻlovga qodir boʻlmagan, zarar koʻrib ishlayotgan va iqtisodiy nochor korxonalarni aniqlash maqsadida ustav fondida davlat ulushi boʻlgan korxonalarning moliyaviy holati monitoringini yuritish”;
toʻrtinchi xatboshida “toʻlovga qodir boʻlmagan va zarar koʻrib ishlayotgan korxonalar” soʻzlari “toʻlovga qodir boʻlmagan, zarar koʻrib ishlayotgan va iqtisodiy nochor korxonalar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshida “bankrotlik belgilariga ega boʻlgan korxonalarni suddan oldin sanatsiyalash yoki bankrot deb eʼtirof etilgan korxonalarni tugatish” soʻzlari “suddan oldin sanatsiyadan oʻtkazish yoki bankrotlik belgilariga ega boʻlgan korxonalarni tugatish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“kreditorlarning bankrot korxonaga nisbatan daʼvolari qondirilishiga koʻmaklashish, bankrotlik hamda suddan oldin sanatsiyadan oʻtkazish tartib-qoidalarini amalga oshirishda aksiyadorlar (paychilar)ning mulkiy huquqlari va manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash”;
oʻn birinchi xatboshida “bankrotlik xavfini bartaraf etishga” soʻzlari “bankrotlikning oldini olishga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Komissiyaga qishloq xoʻjaligi korxonalari bankrotligining oldini olish chora-tadbirlarini koʻrish yuzasidan takliflar kiritish;
ustav fondida davlat ulushi boʻlgan zarar koʻrib ishlayotgan, past rentabelli va iqtisodiy nochor korxonalarni tarkibiy qayta oʻzgartirish va moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar rejalari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etish;
sud boshqaruvchilari oʻqitilishini va attestatsiyadan oʻtkazilishini hamda sud boshqaruvchilarining yagona reyestri yuritilishini tashkil etish;
ustav fondida davlat ulushi boʻlgan korxonalarni suddan oldin sanatsiyadan oʻtkazish, sud sanatsiyasini va tashqi boshqaruv rejalarini kelishish”;
oʻn beshinchi xatboshida “ustav jamgʻarmalarida davlat mulki ulushi boʻlgan” soʻzlari “ustav fondida davlat ulushi boʻlgan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻn yettinchi xatboshida “tashqi boshqaruvchi, ishonchli vakil” soʻzlari “sud boshqaruvchisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
yigirmanchi xatboshida “ustav jamgʻarmasida davlat ulushi boʻlgan” soʻzlari “ustav fondida davlat ulushi boʻlgan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“toʻlovga qodir boʻlmagan, zarar koʻrib ishlayotgan va iqtisodiy nochor qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari) va jamoa xoʻjaliklarini fermer xoʻjaliklariga aylantirish toʻgʻrisidagi takliflarni ishlab chiqishda qatnashadi;
Komissiyaga ijtimoiy infratuzilma obyektlarini belgilangan tartibda mahalliy boshqaruv organlari balansiga berish va umumiy foydalaniladigan ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlarini ularning funksional vazifasiga koʻra tegishli xoʻjalik birlashmalari korxonalari balansiga berish toʻgʻrisidagi takliflarni kiritadi;
Komissiyaga tarkibiy qayta oʻzgartiriladigan iqtisodiy nochor, zarar koʻrib ishlayotgan va past rentabelli korxonalarning, shuningdek ularga nisbatan bankrotlik tartib-qoidasi qoʻllanilgan korxonalarning qurilishi tugallanmagan obyektlari va asosiy fondlarini konservatsiya qilish toʻgʻrisida takliflar kiritadi”;
“ustav fondida davlat ulushi va (yoki) pul majburiyatlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi oldida qarzi boʻlgan, shuningdek oʻz faoliyatini amalda toʻxtatgan qarzdor korxona rahbari bedarak boʻlgan va uning turar joyini aniqlash imkoniyati boʻlmagan hollarda korxonalar bankrotligi toʻgʻrisida ish qoʻzgʻash haqidagi ariza bilan xoʻjalik sudiga murojaat qilish”;
quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlangan suddan oldin sanatsiyadan oʻtkazishning borishi, shuningdek ustav fondida davlat ulushi boʻlgan korxonalarning bankrotligi tartib-qoidalarining borishi ustidan nazorat qilish;
qonun hujjatlariga muvofiq sud boshqaruvchilarining faoliyatini nazorat qilish, sud boshqaruvchisi faoliyatida qonun hujjatlari muntazam ravishda yoki bir marta qoʻpol ravishda buzilishi aniqlangan taqdirda uni vazifalarini bajarishdan ozod etish toʻgʻrisida xoʻjalik sudiga ariza bilan murojaat qilish”;
“3. Davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlangan holda qarzdorni sanatsiyadan oʻtkazish oʻn ikki oydan yigirma toʻrt oygacha boʻlgan muddatga joriy etiladi”;
7-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“shahar asosi boʻlgan korxonalar va ularga tenglashtirilgan korxonalar;
Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi tomonidan tarkibiy qayta oʻzgartirish va moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar rejalari maʼqullangan korxonalar”;
“suddan oldin sanatsiyadan oʻtkazish muddatida majburiy toʻlovlarni toʻlash va kreditlarni qaytarish muddatini kechiktirish va (yoki) boʻlib-boʻlib toʻlash, hisoblangan penya va jarimalarni hisobdan chiqarish”;
ikkinchi xatboshida “mablagʻlarni” soʻzidan keyin “Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasining qarori asosida” soʻzlari qoʻshilsin;
“Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha Hukumat komissiyasi qaroriga binoan sudgacha boʻlgan sanatsiyalash muddatida majburiy toʻlovlarni toʻlash, ilgari ajratilgan davlat kreditlarini qaytarishni kechiktirish va (yoki) boʻlib-boʻlib toʻlash, shuningdek hisoblangan penya va jarimalarni hisobdan chiqarish shaklida davlat mablagʻlarini jalb etish”;
quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlangan holda sanatsiyalash oʻtkazilishida qarzdorga xizmat koʻrsatuvchi bankda ilgari amal qilgan hisob raqamlari toʻxtatilgan holda sanatsiyalash boʻyicha soʻmda va (yoki) valyutada hisob raqami ochiladi.
Sanatsiyalash hisob raqamining ish tartibi Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi tomonidan belgilanadi”;
12-bandda “Mulkida davlat mulki boʻlgan” soʻzlari “Ustav fondida davlat ulushi boʻlgan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“rejasi” soʻzi “biznes-rejasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“zarurat boʻlganda korxonalarga nisbatan sudgacha sanatsiyalash muddatida majburiy toʻlovlarni toʻlash, ilgari berilgan davlat kreditlarini qaytarishni kechiktirish va (yoki) boʻlib-boʻlib toʻlash, shuningdek hisoblangan penya va jarimalarni hisobdan chiqarish shaklida davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash qoʻllanilishi, korxonani sanatsiyalash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan Komissiya majlisi protokoli va Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasining xulosasi Komissiya kotibiyati tomonidan qaror qabul qilish uchun Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha Hukumat komissiyasiga yuboriladi”;
“ustav fondida davlat ulushi boʻlgan hamda xoʻjalik sudi tomonidan bankrot deb eʼtirof etilgan korxonalar bankrotligining zarur tartib-qoidalarini amalga oshirish”;
yettinchi xatboshida “ishonchli shaxslar” soʻzlari “tugatuvchi boshqaruvchilar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshida “mulkida davlat ulushi boʻlgan” soʻzlari “ustav fondida davlat ulushi boʻlgan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2. Vazirlar Mahkamasining “Investitsiya va Xususiylashtirish investitsiya fondlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 25-sentabrdagi 410-son qaroriga 3-ilovaning 43-bandida “XIF bankrot boʻlgan yoki tugatilgan taqdirda uning aktivlarini tugatish tugatish komissiyasi tomonidan ochiq kim oshdi savdosi shaklida oʻtkaziladi” soʻzlari “XIF bankrot boʻlgan taqdirda boshqaruvchi tugatuvchi, XIF ixtiyoriy ravishda tugatilgan taqdirda esa — tugatish komissiyasi ochiq kim oshdi savdosi shaklida uning aktivlarini sotadi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Amalga oshirilayotgan iqtisodiy nochor korxonalarni tarkibiy oʻzgartirish va moliyaviy sogʻlomlashtirish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 18-apreldagi 188-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 4-son, 31-modda) 1-ilovada:
29-bandda va 33-bandning ikkinchi xatboshida “ishonchli shaxs” soʻzlari “tugatuvchi boshqaruvchi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
31-bandda “ishonchli shaxsning” soʻzlari “tugatuvchi boshqaruvchining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
32-bandda “ishonchli shaxs” soʻzlari “tugatuvchi boshqaruvchi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 3-son, 32-modda; 7-son, 82-modda; 2005-y., 30-31-son, 235-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)