Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining
Oliy taʼlim muassasasi professor-oʻqituvchilar tarkibining oʻquv yuklamasi hamda oʻquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va “ustoz-shogird” ishlarini belgilash qoidalarining 7-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-noyabrdagi 758-son “Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini amalga oshirishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2018-yil 10-sentabrdagi 20-2018-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3076, 2018-yil 8-oktabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2018-y., 10/18/3076/2007-son) bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasasi professor-oʻqituvchilar tarkibining oʻquv yuklamasi hamda oʻquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va “ustoz-shogird” ishlarini belgilash qoidalarining
7-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-son qarori bilan tasdiqlangan Ijodiy taʼtillar berish tartibi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-noyabrdagi 758-son qarori bilan tasdiqlangan Ijodiy taʼtillar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.