Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasining Xiva, Buxoro, Shahrisabz, Samarqand va boshqa shaharlarida joylashgan madaniy va tarixiy merosni saqlashga 141,0 mln Yaponiya yeni miqdoridagi asbob-uskunalarni yetkazib berish uchun Yaponiya Hukumatining begʻaraz yordamidan samarali foydalanishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari H.S. Karomatov Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Almashuv notalarini imzolashga vakil qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligiga begʻaraz yordamni olish uchun zarur tadbirlarni Yaponiya tomoni bilan kelishilgan muddatlarda rasmiylashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga koʻrsatib oʻtilgan begʻaraz yordamga hisob-kitob xizmati koʻrsatish yuklansin.
3. Begʻaraz yordam doirasida Oʻzbekiston Respublikasiga kelayotgan asbob-uskunalar bojxona toʻlovlaridan ozod qilinsin, bojxona rasmiylashtiruvi uchun undiriladigan yigʻimlar bundan mustasno.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi belgilangan tartibda Madaniyat ishlari vazirligining talabnomalari boʻyicha loyihani amalga oshirish uchun jalb etilayotgan xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik vizalar konsullik yigʻimlari undirilmasdan berilishini taʼminlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Madaniyat ishlari vazirligining talabnomalariga koʻra loyihani amalga oshirishda qatnashayotgan xorijiy mutaxassislarning viza muddatlarini uzaytirish, ularni turar joylarida vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish va roʻyxatdan oʻtkazish muddati uzaytirilishi davlat boji undirmasdan amalga oshirilishini taʼminlasin.
6. Vakolatli bank Madaniyat ishlari vazirligining buyurtmanomalariga koʻra begʻaraz yordamga hisob-kitob xizmati koʻrsatganlik uchun Yaponiya tomonining vositachilik haqini toʻlashga soʻmlardagi mablagʻlar konvertatsiya qilinishini taʼminlasin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari H.S Karomatov zimmasiga yuklansin.