1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.05.00 Shaharsozlik normativlari. Shaharsozlik hujjatlari. Ekspertiza]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Arxitektura va qurilish]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XOʻJALIGI VAZIRINING
BUYRUGʻI
SHNQ 2.08.05-23 “Tibbiyot tashkilotlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 20-noyabrda hisobga olindi, hisob raqami 315]
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-oktabrdagi 577-son “Qurilish sohasiga oid talablarni soddalashtirish hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. SHNQ 2.08.05-23 “Tibbiyot tashkilotlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ayrim shaharsozlik normalari va qoidalari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Energetika vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi bilan kelishilgan.
4. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir v.b. Sh. XIDOYATOV
Toshkent sh.,
2024-yil 22-oktabr,
01/2-79-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2024-yil 22-oktabrdagi 01/2-79-son buyrugʻiga 1-ILOVA
SHNQ 2.08.05-23 “Tibbiyot tashkilotlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari
Ushbu shaharsozlik normalari va qoidalari (bundan buyon matnda SHNQ deb yuritiladi) yangi quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlari obyektlarini (bundan buyon matnda tibbiyot tashkilotlari deb yuritiladi) loyihalashga oid talablarni belgilaydi.
Mazkur SHNQ bemorlarga tibbiy yordam koʻrsatadigan yigʻma, mobil va inventar obyektlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
1-bob. Shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga havolalar
1. Mazkur SHNQda quyidagi shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga havolalar keltirilgan:
SHNQ 2.01.01-22 “Loyihalash uchun iqlimiy va fizikaviy-geologik maʼlumotlar”;
SHNQ 2.01.02-04 “Bino va inshootlarning yongʻin xavfsizligi”;
QMQ 2.01.03-19 “Seysmik hududlarda qurilish”;
QMQ 2.01.04-18 “Qurilish issiqlik texnikasi”;
QMQ 2.01.05-19 “Tabiiy va sunʼiy yoritish”;
QMQ 2.01.08-19 “Shovqindan himoya”;
SHNQ 2.03.10-19 “Tom va tom qoplamalar”;
SHNQ 2.03.13-24 “Pollar”;
QMQ 2.01.18-18 “Binolar va inshootlarni isitish, shamollatish va konditsiyalashtirish uchun energiya sarfi meʼyorlari”;
QMQ 2.04.05-97 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash”;
SHNQ 2.04.16-23 “Quyosh suv isitish tizimi qurilmalari”;
QMQ 2.04.17-19 “Turar joy va jamoat binolarining elektr jihozlari”;
SHNQ 2.04.20-22 “Turar joy obyektlari va jamoat binolarining muhandislik uskunalari uchun kommunikatsiya va dispetcherlash tizimlari. Loyihalash talablari”;
SHNQ 2.07.01-23 “Aholi punktlarining hududlarini rivojlantirish va qurishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish”;
SHNQ 2.08.01-24 “Turar joy obyektlarini loyihalash”;
SanQvaN 0020-22 “Davolash-profilaktika muassasalarini loyihalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari”;
SanQvaN 0247-08 “Simob, uning birikmalari va simob toʻldirilgan priborlar bilan ishlash uchun moʻljallangan ishlab chiqarish va laboratoriya binolarini loyihalashtirish, jihozlash, ekspluatatsiya qilish va saqlash toʻgʻrisida sanitar qoidalar”;
SanQvaN 0194-06 “Rentgen xonalari, apparatlarini oʻrnatish va ishga tushirish hamda rentgen tadqiqotlarini olib borishga oid gigiyenik talablar”.
2. Mazkur SHNQda quyidagi atamalar va ularning taʼriflari qoʻllanilgan:
tibbiyot tashkilotlari — bemorga tibbiy yordam (uni qabul qilish, unga tibbiy maslahatlar berish va uni tibbiy koʻrikdan (antropometriya, vizual, obyektiv va subyektiv koʻriklar) oʻtkazish, profilaktik koʻriklar va skrining tekshiruvlari, tashxis qoʻyish uchun zarur boʻlgan tekshiruvlar va boshqalar) va birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini koʻrsatuvchi davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlari;
kompyuter tomografiyasi — rentgen nurlari yordamida bemor tanasining batafsil ichki tasvirlarini olish uchun ishlatiladigan tibbiy tasvirlash usuli;
gibrid operatsiya xonasi — davolash va diagnostika funksiyalarini birlashtiruvchi hamda bir yoki bir nechta vizualizatsiyalash tizimlari (YAMRT, KT, angiograf) nazorati ostida jarrohlik operatsiyalarini bajarishni taʼminlaydigan, texnologik xususiyatlar va jihozlarga ega xonalar majmuasi;
palata — bemorlarni davolash, kuzatish, parvarishlash va kasalliklar diagnostikasi amalga oshiriladigan xona;
operatsiya bloki — jarrohlik operatsiyalarini oʻtkazish uchun moʻljallangan xonalar majmui;
statsionarlar — tibbiyot tashkilotida bemorning sutka davomida yoki kunduzi boʻlishini taʼminlaydigan va unga tibbiy yordam koʻrsatish uchun moʻljallangan tarkibiy boʻlinma;
bokslar — yuqumli kasalliklarga chalingan bemorni toʻliq izolyatsiya qilishga moʻljallangan palataning tarkibiy boʻlinmasi (unda 1-2 ta koykalar koʻzda tutiladi);
tambur — tibbiyot tashkilotiga kirishda eshiklar orasidagi oʻtish joyi (tambur sovuq havo, chang, tutun va hidlarning kirib kelishini oldini olishga xizmat qiladi).
3-bob. Tibbiyot tashkilotlarini joylashtirish va rejalashtirish
3. Tibbiyot tashkilotlarini joylashtirish va rejalashtirish SHNQ 2.07.01-23 va SanQvaN 0020-22 ga asosan amalga oshirilishi kerak.
4. Tibbiyot tashkilotlari hududida u bilan funksional bogʻliq boʻlmagan bino va inshootlarni joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
5. Ruhiy, yuqumli kasalliklarni, shu jumladan sil kasalligini davolashga moʻljallangan tibbiyot tashkilotlarini turar joylardan kamida 100 m masofada joylashtirish lozim.
6. 1000 va undan ortiq koykali tibbiyot tashkilotlarini turar joylardan kamida 500 m masofada hamda koʻkalamzorlashtirilgan zonalarda joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
7. Tibbiyot tashkilotlarining hududlarida maishiy chiqindilarni vaqtincha saqlash joylari tashkil etilishi lozim.
8. Turar joylarda yuqumli kasallikka chalingan, alkogolizm va giyohvandlikka ruju qoʻygan bemorlarga yordam koʻrsatishga moʻljallangan tibbiyot tashkilotlarini (davolash-profilaktika muassasasi, mikrobiologiya laboratoriyalari, rentgen boʻlinmalarini) joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan 60 kV kuchlanishli dental rentgenlar mustasno.
9. Turar joy binolari ichiga, yoniga taqab quriladigan tibbiyot tashkilotlarini loyihalashtirishda ushbu SHNQ va SHNQ 2.08.01-24 ni inobatga olish zarur.
10. Tibbiyot tashkilotlari hududida quyidagi zonalar ajratilishi lozim:
yuqumli va yuqumli boʻlmagan kasalliklarga chalingan bemorlar uchun davolash korpuslari (pediatriya, psixosomatika, teri-tanosil, radiologik korpuslar, tugʻuruq majmualari va akusherlik boʻlimlari);
patologoanatomiya korpuslari;
bogʻ-park;
xoʻjalik hududi va muhandislik inshootlari.
Bunda, yuqumli kasalliklar korpusi boshqa korpuslardan yashil maydon bilan ajratiladi.
11. Yuqumli kasalliklar korpusi hududida yashil maydon chizigʻi bilan izolyatsiya qilingan “toza” va “iflos” zonalar ajratilishi kerak.
“Iflos” zonadan chiqishda transport vositalarini dezinfeksiya qilish uchun yopiq maydoncha koʻzda tutilishi kerak.
12. Koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalar tarkibiga kiruvchi yuqumli kasalliklar, teri-tanosil, akusherlik, bolalar, psixosomatik va radiologiya boʻlimlari alohida binolarda joylashtirilishi kerak.
Yuqumli kasalliklar korpusi uchun alohida kirish yoʻli va avtotransportlarni dezinfeksiya qilish uchun yopiq maydon koʻzda tutilishi lozim.
13. Tibbiyot tashkilotlari bino va inshootlarini loyihalashtirishda SHNQ 2.01.01-22 ga asosan tabiiy-iqlim sharoitlar hisobga olinishi kerak.
Tibbiyot tashkilotlari xonalarining qulay mikroiqlimini taʼminlash uchun turli qurilish-iqlimiy zonalarga moʻljallangan SHNQ 2.08.01-24 ga rioya qilish lozim.
14. Tibbiyot tashkilotlari bino va inshootlarining kompozitsion-rejali yechimi, qavatliligi, uzunligi, bloklari joylashtirilishi boʻyicha talablar, jumladan ularni xavfli geologik jarayonlardan, zilzila va yongʻin xavflaridan himoya qilish QMQ 2.01.03-19, SHNQ 2.01.02-04 ga muvofiq amalga oshiriladi.
15. Xonalarning gabaritlari, muhandislik uskunasini joylashtirish SHNQ 2.08.02-23 ga muvofiq koʻzda tutilishi lozim.
16. Binolarning yertoʻla va sokol qavatlarida bemorlar uchun palata boʻlimlari, tugʻuruq, operatsiya, muolaja va shifokor xonalari, shuningdek zaharli, kuchli taʼsir koʻrsatuvchi, tez yonuvchan va yoqilgʻi suyuqliklarini saqlash omborlarini joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
17. Rentgen va kompyuter tomografiyasi xonalarini, nurdiagnostika va terapiya, nuklear diagnostika boʻlimlari, shuningdek radioaktiv moddalarni ishlatish bilan bogʻliq xonalarni joylashtirish, rentgen apparatlarni oʻrnatish SanPiN 0194-06 ga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
18. Rentgen va kompyuter tomografiyasi xonalari, ionlashtiruvchi nurlanish manbalari boʻlgan nur terapiyasi boʻlimlari xonalari, 1 va 2 xavflilik sinflarida ishlar olib boriladigan radioizotop diagnostika laboratoriyalari xonalarini palatalar ostida, ustida va tutash qilib joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
19. Tibbiyot xodimlari doimo faoliyat koʻrsatadigan xonalardagi oynalarda panjarali toʻsiqlar oʻrnatilishiga (barcha qavatlarda) yoʻl qoʻyilmaydi, bundan tovar-moddiy boyliklarni saqlashga moʻljallangan xonalar mustasno.
20. Xonalardagi shovqin darajasi va ularning shovqindan himoyasini taʼminlash QMQ 2.01.08-19 ga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
21. Tibbiyot tashkilotlarining tomiga oʻrnatilgan va taqab qurilgan qozonxonalarni loyihalashga yoʻl qoʻyilmaydi.
22. Shamollatish kameralari, nasos joylashtirilgan xonalar (yongʻinga qarshi nasosxonalar va avtomatik yongʻinoʻchirgichlar uchun nasosxonalardan tashqari), issiqlik punktlari, mashina boʻlimlari hamda boshqa shovqin va vibratsiya manbai boʻlgan uskuna bilan jihozlangan xonalar odamlar doimiy ravishda boʻladigan xonalar, shifokor xonasi, operatsiya xonalarining yoniga, usti yoki ostiga joylashtirilmasligi lozim.
23. Tibbiyot tashkilotlari bino va inshootlarining tom qoplamalari SHNQ 2.03.10-19 ga muvofiq loyihalashtirilishi kerak.
1-§. Tibbiy diagnostika markazlariga qoʻyiladigan talablar
26. Aholiga oʻz vaqtida tibbiy yordam koʻrsatish maqsadida tibbiy diagnostika markazlarini turar joy hududida joylashtirilishi kerak.
27. Binoga kirish joylari panduslar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Panduslar yoki zinapoya marshlari kamida 0,9 m balandlikda toʻsilishi va tutqichlar bilan tugashi hamda pandus yoki zinapoya marshi uzunligidan kamida 0,3 m ga ortiq boʻlishi kerak. Tutqichlar diametri 0,05 m dan oshmasligi kerak.
28. Tibbiy diagnostika markazlari binolari 5 qavatdan oshmasligi, bunda ikki va undan ortiq qavatlarga ega binolarda lift yoki mexanik koʻtargichlarni koʻzda tutish lozim.
29. Tibbiy diagnostika markazlari binolari va xonalarining arxitektura-rejaviy va konstruktiv yechimlari optimal sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi rejimlarni, tibbiyot xodimlari uchun maqbul mehnat sharoitlarini yaratishni taʼminlashi kerak.
30. Tibbiy diagnostika markazlari binosiga kirishda sanitariya moslamasi va koridor orasida shlyuzga ega boʻlgan filtr-boks koʻzda tutilishi lozim.
31. Asosiy va yordamchi xonalarning tarkibi va maydoni ushbu SHNQning 1-jadvalida keltirilgan.
1-jadval
Tibbiy diagnostika markazlari xonalarining tarkibi va maydoni
32. Kompyuter tomografiyasi, rentgen xonalari, bakteriologik tadqiqotlar laboratoriyasining derazalari 45° kenglikda Sh, SHSHq, SHGʻ va janubroqqa, diagnostika xonalari (ultratovush diagnostikasi, elektrokardiografiya, elektroensefalografiya va boshqalar) derazalari — Sh, SHSHq, J, JSHq va Shq tomonga yoʻnaltirilishi lozim.
33. Davolash-profilaktika muassasasi bino va inshootlarining qavatliligi koʻpi bilan uch qavat qilib qabul qilinadi.
Uch qavatgacha boʻlgan davolash-profilaktika muassasasi bino va inshootlarining bitta zinapoyasi nogironligi boʻlgan shaxslar uchun maxsus koʻtaruvchi moslama bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
34. Davolash-profilaktika muassasasi xonalari balandligini pol sathidan shiftgacha kamida 3 m qabul qilinishi lozim.
Binoga kiraverishdagi xonalarning pol sathi kirish eshigi oldidagi trotuar sathidan kamida 0,15 m balandroq boʻlishi kerak.
Oʻrindiqli aravachadagi nogironligi boʻlgan shaxslar uchun qulaylik yaratish maqsadida binoga kirishda panduslar koʻzda tutilishi lozim.
35. Yertoʻla va sokol qavatlarda joylashtirilgan davolash-profilaktika muassasasi xonalarining roʻyxati mazkur SHNQning 1-ilovasida keltirilgan.
36. Davolash-profilaktika muassasasining oshxonasida ovqatlanish zalining (tarqatish xonasisiz) maydoni — ushbu zaldagi bir oʻrindiq uchun 1,8 m2, oʻrindiqli aravachadagi nogironligi boʻlgan shaxslar tashrif buyuradigan zallardagi bir oʻrindiq uchun 2,2 — 2,5 m2 ni tashkil qilishi kerak.
37. Davolash-profilaktika muassasalarini loyihalashtirish SanQvaN 0020-22 hamda ushbu SHNQ ga muvofiq amalga oshirish lozim.
38. Davolash-profilaktika muassasalari tarkibiga quyidagilar kiradi:
qabulxona boʻlinmasi;
palata boʻlimlari;
operatsiya bloki (gibrid operatsiya xonasi);
statsionarlar;
bokslar, yarimbokslar va yuqumli kasalliklar boʻlinmasi palatalari;
reabilitatsiya boʻlinmasi;
klinik-diagnostika laboratoriyasi;
funksional diagnostika boʻlinmasi;
gemodializ boʻlinmasi;
markazlashgan sterilizatsiya boʻlinmasi;
yordamchi, xizmat koʻrsatish va maishiy xonalar.
39. Statsionarlar, palata boʻlimlari asosiy xonalarining maydonlari ushbu SHNQning 2-jadvalida keltirilgan.
Palata seksiyalarining tiplari, maydoni va koykalar soni SanQvaN 0020-22 ga muvofiq aniqlanadi.
Palatalar sanitariya uzellari bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Bemorlarning kunduzi boʻlishlari va yaqin qarindoshlari bilan uchrashishlari uchun bir koykaga 0,3-0,35 m2 maydon hisobidan, umumiy maydoni 15-20 m2 (va undan koʻp) xoll-mehmonxonalar koʻzda tutilishi lozim.
2-jadval
Statsionar, palata boʻlimlari asosiy xonalarining maydoni
40. Izolyatorda dushli sanitariya uzeli, hamshira posti koʻzda tutilgan boʻlishi lozim.
Izolyator xonalari blokidan tashqariga chiqish joyi boʻlishi kerak.
41. Rentgen xonalarining muolaja xonalari va nur terapiyasi xonalari, I va II tasnif ishlari olib borilayotgan radioizotop diagnostika xonalarini bolalar va homilador ayollar palatalari bilan tutash (gorizontal va vertikal boʻyicha) joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Flyuorografiya xonasi kamida 20 m2 boʻlishi kerak.
Bitta protsedura stoli uchun rentgenodiagnostika xonasi 30 — 35 m2, ikkita stol uchun — 45 — 48 m2 maydonga ega boʻlishi kerak.
42. Fizioterapiya boʻlimlari, protsedura xonalari muolajalar uchun oʻrinlar soni (bitta kushetka uchun 6 — 9 m2) boʻyicha hisoblanadi. Massaj, elektrdavolash uchun xona maydoni kamida 14 m2 boʻlishi kerak.
Davolash dushi, vannalar va balchiq muolajalarini qabul qilish uchun protsedura xonalari hamda texnologik oʻtish yoʻlaklariga ega boʻlgan zallar koʻzda tutilishi lozim.
Davolash-profilaktika muassasalarida bitta vanna yoki bitta kushetkaga yechinadigan joy, balchiq bilan davolovchi dushxona nazarda tutilishi kerak.
43. Klinik-diagnostika laboratoriyalari SanQvaN 0020-22 hamda QMQ 2.08.06-97 ni hisobga olgan holda loyihalashtirilishi kerak.
44. Operatsiya bloklarining asosiy va yordamchi xonalari tarkibi va maydonlari ushbu SHNQning 3-jadvalida keltirilgan.
3-jadval
Operatsiya bloklarining asosiy va yordamchi xonalari tarkibi va maydonlari
45. Bolalar, akusherlik, ginekologiya, yuqumli kasalliklar, teri-tanosil kasalliklari, sil, ruhiy kasalliklar boʻyicha tibbiyot tashkilotlarida qabulxona boʻlimlari va bemorlarni chiqarish xonalari alohida boʻlishi kerak. SanQvaN 0020-22 ga muvofiq boshqa boʻlimlarning qabulxonalari umumiy boʻlishi hamda oʻrinlar soni eng koʻp boʻlgan asosiy binoda joylashishi kerak.
Tibbiyot tashkilotlari qabul boʻlimi xonalarining tarkibi va maydoni mazkur SHNQning 4-jadvalida keltirilgan.
4-jadval
Tibbiyot tashkilotlari qabul boʻlimi xonalarining tarkibi va maydoni
46. Ovqatlanish bloki xonalarining tarkibi va maydonlari bemorlar soni va ishlab chiqarish hajmlarini hisobga olgan holda texnologik hisob-kitoblar bilan belgilanadi.
Bunda, umumiy maydon 1 koykaga 0,35 — 0,5 m2 hisobidan qabul qilinishi lozim.
Ovqatlanish blokini yuqumli boʻlmagan bemorlar uchun alohida kirishni taʼminlab, davolash korpuslarining orasiga joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
47. Patologoanatomiya boʻlimlarini palata va davolash-diagnostika korpuslarida va ovqat tayyorlash xizmati bloklarida joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Patologoanatomik binolar palata binolaridan alohida loyihalashtirilishi va davolash hamda tugʻuruq majmuasi binolaridan, shuningdek davolash-profilaktika muassasalari hududiga yaqin joylashgan turar-joy va jamoat binolari derazalaridan yaqqol koʻrinib turmasligi kerak.
Boʻlim tarkibida maydoni 9-10m2 boʻlgan vestibyul, maydoni 22 m2 boʻlgan shifokor xonasi, yordamchi xonalar, dushxona hamda sanitariya uzeli joylashtirilishi lozim.
48. Yuqumli kasalliklar hamda bolalar davolash-profilaktika muassasalari quyidagi hisobdan kelib chiqib, xodimlar uchun sanitar oʻtkazgichni oʻz ichiga olishi kerak: bitta dush 10 — 12 nafar xodimga alohida yechinish va kiyinish xonalari bilan.
49. Asosiy xonalarning kengligini kamida quyidagicha qabul qilish lozim (m):
davolash xonalari — 3,2;
palatalar — 2,4;
palatalar koridorlari — 2,2;
kutish joylarisiz koridorlar — 2,0, kutish joylari boʻlgan koridorlar — 2,4÷2,8;
tez yordam koʻrsatish bloklari, operatsiya va reanimatsiya bloklari koridorlari — 2,4÷2,8 (va ortiq);
bogʻlash va kichik operatsiya xonalari, ginekologiya, urologiya, ortopediya, onkologiya, oftalmologiya va otolaringologiya xonalari — 3,2 — 3,6 (jihozlar tipiga qarab);
jarrohlik operatsiya xonalari — 5,0;
hojatxona qoʻl yuvish jihozi bilan (kasallar uchun) — 1,65, yuvinish joyi bilan qoʻshilgan sanuzel — 2,2, sanuzel shlyuzi — 1,4.
50. Palatalar, izolyatorlar, bokslarning tamburi va shlyuzlari, muolaja, bogʻlash, operatsiya xonalari hamda vannaxonalar eshiklarining kengligi kamida 1.1 m boʻlishi kerak.
51. Xonalar chuqurligi quyidagini tashkil qilishi kerak:
6 m dan koʻp emas — bir tomondan yoritishda davolash-diagnostika xonalari va palatalarda;
kamida 4 m — bogʻlash xonalari, shifokor-mutaxassislar xonalari (terapevtlar uchun 3 m ga yoʻl qoʻyiladi);
4,6 — 5,0 m (yoki ortiqroq) xirurgiya operatsiya xonalarida (texnologik talablar boʻyicha aniqlash kerak).
52. Yuqumli kasalliklar boʻlimi asosiy xonalari balandligi kamida 3,3 m, rentgen boʻlimi, suv-balchiq bilan davolash zallari va ovqatlanish blokining issiqlik sexlarida esa, kamida 3,6 m boʻlishi kerak.
53. Bolalar uchun oshxonalarning ovqat tarqatish punktlari oʻz ichiga quyidagilarni olishi kerak:
vestibyul-kutish zali 10 m2;
muzlatkich va idish-tovoq yuvish uskunasi bilan jihozlangan yordamchi xonasi bilan ovqat tarqatish xonasi 15 m2;
sanuzel, xodimlar kiyim-kechak almashtirish xonasi, ombor.
54. Asosiy tibbiyot xonalari devorlari, pardevorlari va shiftlarining yuzasi silliq, suvli tozalash va xonalarni dezinfeksiya qilishga yoʻl qoʻyadigan boʻlishi kerak.
Operatsiya, narkoz berish, operatsiya oldi va boshqa maxsus xonalarning poli suv oʻtkazmaydigan, oson tozalanadigan va dezinfeksiya eritmalari bilan tez-tez yuvib turishga yoʻl qoʻyadigan boʻlishi kerak.
Operatsiya va narkoz berish xonalarining poli statik elektr toʻplanib qolishini istisno qilishi kerak.
Rentgen xonalari va elektr yorugʻlik bilan davolash xonalarining devor, pardevorlari va pollarini keramik plitkalar bilan pardozlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
55. Tugʻuruq majmualarida akusherlik boʻlimi 60 foiz, homiladorlar patologiyasi boʻlimi 30 foiz va ginekologiya boʻlimi 10 foizni tashkil qilishi kerak.
56. Akusherlik boʻlimlarida tugʻuruq zallari 16 foizni tashkil qilishi kerak.
57. Tugʻuruq majmualarida bitta dush 10 — 12 nafar xodimga alohida yechinish va kiyinish xonalarini oʻz ichiga olishi kerak.
58. Chaqaloqlar reanimatsiyasi va intensiv terapiya boʻlimi hamda chaqaloqlar va chala tugʻilgan chaqaloqlar patologiyasi boʻlimi tugʻuruq majmuasidan alohida loyihalashtirilishi va alohida kirish-chiqish bilan koʻzda tutilgan mustaqil blokda joylashtirilishi kerak.
59. Perinatal markazning chaqaloqlar reanimatsiya va intensiv terapiya boʻlimi hamda chaqaloqlar va erta tugʻilgan chaqaloqlar patologiyasi boʻlimiga boshqa akusherlik statsionarlaridan chaqaloqlar qabul qilinganda qabul boʻlimi xonalari tashkil etilishi kerak.
60. Chaqaloqlar va erta tugʻilgan chaqaloqlar patologiyasi boʻlimi ona va bola birgalikda boʻlishiga asoslangan holda tashkil etilishi lozim.
Chaqaloqlar reanimatsiya va intensiv terapiya boʻlimida oʻpkasi sunʼiy ventilyatsiyada boʻlgan bolalar yotqiziladi. Bunda, bolani koʻrish uchun ushbu boʻlimga onalarning kirishiga yoʻl qoʻyiladi.
Chaqaloqlar reanimatsiya va intensiv terapiya boʻlimida onalar uchun alohida palatalar koʻzda tutilishi kerak.
61. Chaqaloqlar patologiyasi boʻlimi tugʻuruq majmuasining alohida izolyatsiyalangan boʻlinmasida joylashtirilishi kerak.
62. Tugʻruq majmuasining qabul boʻlimida tugʻadigan ayollar va homiladorlarni qabul qilish uchun issiq va sovuq suv bilan taʼminlangan xona (8 m2) tashkil etilgan boʻlishi kerak.
Markazlashtirilgan issiq suv taʼminotiga ega boʻlmagan joylarda suv isitish uchun qurilmalar oʻrnatilishi koʻzda tutiladi.
63. Tuqqan ayollar uchun barcha palatalar issiq va sovuq suv bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
64. Tuqqan ayollar uchun hojatxonalar tugʻuruq zallari yonida joylashtirilishi, lekin ushbu hojatxonalarga kirish koridor orqali boʻlishi kerak.
65. Yarimbokslardagi tugʻruq oldi, muolaja, bogʻlash va vanna xonalari eshiklarining kengligi kamida 1,1 m boʻlishi kerak.
66. Tugʻuruq majmualarining xonalar tarkibi va maydoni ushbu SHNQning 5-jadvalida keltirilgan.
5-jadval
Tugʻuruq majmualarining xonalar tarkibi va maydoni
67. Ambulatoriya-poliklinika muassasalarining xonalar tarkibi va maydonlari ushbu SHNQning 6-jadvalida keltirilgan.
6-jadval
Ambulatoriya-poliklinika muassasalarining xonalari tarkibi va maydoni
68. 3 tadan ortiq shifokor xonalari boʻlgan ambulatoriya-poliklinika muassasalarida umumiy vestibyuldan tashqari bolalar, tez va shoshilinch yordam boʻlimlari, ayollarga maslahatlar uchun alohida kirish joylari koʻzda tutiladi.
5-§. Oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarga qoʻyiladigan talablar
69. Oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalar tarkibi va maydoni mazkur SHNQning 7-jadvalida belgilangan.
7-jadval
Oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalar xonalariningtarkibi va maydoni
6-§. Respublika tez tibbiy yordam markazi filiallari va stansiyalariga (podstansiyalariga) qoʻyiladigan talablar
70. SanQvaN 0020-22 ga asosan tez tibbiy yordam stansiyasi aholisining soni 50 ming kishidan ortiq aholi punktida tashkil etiladi.
71. Aholisi 50 ming kishigacha boʻlgan aholi punktlarida tibbiyot tashkilotlari tarkibida boʻlgan tez tibbiy yordam boʻlimlari tashkil etilishiga yoʻl qoʻyiladi.
72. Tez tibbiy yordam stansiyasi tarkibida quyidagilar koʻzda tutilishi lozim:
operativ boʻlim (chaqiriqlarni qabul qilish uchun dispetcher xonasi);
davolash boʻlimi;
aloqa boʻlimi (stansiya va tezkor tibbiy yordam brigadalari oʻrtasida oʻzaro aloqani amalga oshirish uchun);
arxiv bilan tibbiy statistika boʻlinmasi;
dorixona;
podstansiyalar;
maʼmuriy-xoʻjalik boʻlimi.
73. Respublika tez tibbiy yordam markazi filiallari va stansiyalari (podstansiyalari) xonalarining tarkibi va maydoni mazkur SHNQning 8-jadvaliga muvofiq boʻlishi kerak.
8-jadval
Respublika tez tibbiy yordam markazi filiallari va stansiyalari (podstansiyalari) xonalarining tarkibi va maydoni
7-§. Qon quyish stansiyalari
74. Qon quyish stansiyasi alohida tarkibiy tuzilma boʻlib, qon va qon preparatlarini yigʻish, qayta ishlash va saqlashni taʼminlaydi.
75. Donorlar boʻlimi donorlarni qabul qilish va tanlash hududi, qon olish va tekshirilmagan qonlarni vaqtinchalik saqlash hududiga boʻlinadi.
Donorlarni qabul qilish va tanlash hududi qon olish hududidan alohida boʻlishi kerak.
76. Klinik-diagnostik laboratoriya klinik-bioximik, immunoferment analizatorlardan (IFA) va PZR-laboratoriyalaridan tashkil topgan boʻlishi kerak.
77. Qonni qayta ishlash boʻlimi qon preparatlari va komponentlariga boʻlinadi.
78. Qon quyish stansiyasi xonalarining tarkibi va maydonlari ushbu SHNQning 9-jadvalida belgilangan.
9-jadval
Qon quyish stansiyasi xonalarining tarkibi va maydonlari
5-bob. Sanitariya-epidemiologiya xizmati muassasalariga qoʻyiladigan talablar
79. Sanitariya-epidemiologiya xizmati muassasalarining binolari alohida ajratilgan hududlarda joylashtirilishi lozim.
80. Sanitariya-epidemiologiya xizmati muassasalari uchun yer uchastkalarining maydonini quyidagicha qabul qilish lozim, ha:
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati va uning hududiy boshqarmalari uchun — 0,8;
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining tuman (shahar) boʻlimlari uchun — 0,5;
tuman (shahar) dezinfeksiya stansiyalari uchun — 1.
81. Tuman (shahar) dezinfeksiya stansiyalarining sanitar oʻtkazgichlari, dezinfeksiya kameralari xonalari va sanitar transportini dezinfeksiya qilish xonalariga odam va mashina kirish joylari ushbu xonalarning chiqish joylaridan ajratib qoʻyilishi kerak.
82. Vivariy laboratoriyasi boʻlgan binodan turar joy va jamoat binolarigacha boʻlgan oraliq masofa 50 m dan kam boʻlmasligi lozim.
83. Sanitariya-epidemiologiya xizmati muassasalarining hududlari toʻsiq bilan chegaralangan va toʻsiqlar boʻylab 5 m kenglikda koʻkalamzorlashtirilgan boʻlishi kerak. Bunda, toʻsiq balandligi 1,6 m boʻlishi kerak.
84. Yertoʻla qavatida kir, choyshablarni saqlash uchun xonalar, sovitish kameralari va kiyinish xonalari, omborxonalarni joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi, bundan yonuvchan materiallar, yengil alanglanuvchi va yonuvchan suyuqliklar omborxonalari mustasno.
Poli trotuar yoki otmostkaning rejaviy sathidan kamida 1,2 m pastroqda joylashgan sokol qavatda tibbiy arxivlar, vestibyullar, kir yuvish xonalari, aholi uchun sanitar oʻtkazgichlar, dezinfeksiya kamera boʻlimlari, xodimlar uchun bufetlar, taʼmirlash ustaxonalarini joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
Poli trotuar yoki otmostkaning rejaviy sathidan kamida 0,5 m pastroqda joylashgan sokol qavatda laboratoriyalardan boshqa hamma xonalarni joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
85. Sanitariya-epidemiologiya xizmati muassasalarining binolari yuk koʻtargichlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
86. Bakteriologik tadqiqotlar, infeksion materiallarni qabul qilish va ajratish laboratoriya xonalari derazalarining yoʻnalishi qutb tomonlari boʻyicha qabul qilinishi lozim: Sh, SHGʻ, SHSHq, JSHq, Shq.
87. Hojatxonalar, fotoxonalar, dushxonalar, xodimlar uchun sanitar oʻtkazgichlar, shaxsiy gigiyena xonalari va omborxonalarda tabiiy yoritish boʻlmasligiga yoʻl qoʻyiladi.
Termal xonalar, sovitish kameralari, embrionlarni yuqtirish uchun bokslar, sterillikni tekshirish uchun bokslarda derazalar boʻlmasligi kerak.
88. Sanitariya-epidemiologiya xizmati muassasalarida 1 oʻringa 4 m2, lekin kamida 30 m2 hisobidan oʻquv-uslubiy xonalar koʻzda tutilishi lozim.
Mashgʻulotlar uchun xonalar laboratoriyalarda joylashtirilishi kerak.
89. Kiyimlarni saqlash uchun shkaflarning kengligi 25 sm boʻlishi lozim.
Kiyimlarni saqlash uchun shkaflar kengligi quyidagicha belgilanishi kerak:
tuman (shahar) dezinfeksiya stansiyalarida ishlovchilar uchun — 33 sm
ushbu SHNQda koʻrsatilgan boshqa boʻlinmalar uchun — 25 sm.
90. Xodimlar uchun hojatxonalar va dushxonalar kabinalarining oʻlchamlari SHNQ 2.08.02-23 ga muvofiq belgiladnishi lozim.
Sanitar jihozlar soni erkaklar hojatxonalarida 50 kishi uchun 1 jihoz va ayollar hojatxonasida 30 kishi uchun 1 jihoz hisobidan qabul qilinishi lozim.
91. Sanitariya-epidemiologiya xizmati muassasalarida bufet-oshxonalar koʻzda tutilishi kerak.
Bufetlardagi oʻrindiqlar soni 6 ishlovchiga bir oʻrin hisobidan qabul qilinishi lozim.
Bufetlar xonalarining tarkibi va maydoni SHNQ 2.08.02-23 ga muvofiq qabul qilinishi lozim.
92. Bokslarning deraza tabaqalari zichlovchi qistirmalar bilan fortochkasiz va framugasiz bajarilishi kerak.
93. Xonalar kengligi quyidagidan kam boʻlmagan holda belgilanishi kerak, m:
laboratoriyalar — 2,8
bokslar — 1,4
laboratoriya boʻlimlaridagi koridorlar — 2
94. Kimyoviy stol va tortma shkaflar bilan jihozlangan laboratoriyalar xonalarining chuqurligi 4,5 m dan kam boʻlmasligi kerak.
95. Laboratoriyalardagi pollar SHNQ 2.03.13-24 ga muvofiq kislotalar va ishqorlarning kam intensivlikda taʼsir qilishini hisobga olib loyihalanishi kerak.
Polyarografiya xonalarining pollari simob oʻtkazmaydigan boʻlishi va SanQvaN 0247-08 ga muvofiq loyihalash kerak.
96. Eshiklar oʻtish joylarining kengligi sterilizatsiya xonalarida kamida 1,2 m, laboratoriya xonalari, xonalarda 0,9 m boʻlishi kerak.
97. Tashkiliy boʻlim xonalarini xizmat koʻrsatish va maishiy xonalar guruhi yaqinida joylashtirish lozim.
Xonalar maydoni mazkur SHNQning 10-jadvali boʻyicha qabul qilinishi lozim.
10-jadval
Tashkiliy boʻlim xonalarining maydoni
98. Boʻlim mudirlari xonalari va kommunal gigiyena, mehnat gigiyenasi, ovqatlanish gigiyenasi, bolalar va oʻsmirlar gigiyenasi boʻlinmalari xonalarining maydoni 12 m2 qilib qabul qilinishi lozim.
99. Sanitar shifokorlar va ular yordamchilarining xonalarini shifokor brigadalari: sanitar shifokorlar va ularning yordamchilari uchun koʻzda tutish lozim.
Laboratoriyalarda tadqiqotlar uchun xonalar maydoni bitta uskunaga 1 ta brigada hisobidan qabul qilinishi lozim.
100. Kommunal gigiyena, mehnat gigiyenasi, zaharli ximikatlar qoldiqlarini aniqlash boʻyicha ovqatlanish gigiyenasi, laboratoriya tarkibida koʻzda tutilgan fizikaviy-kimyoviy tadqiqotlar boʻlinmalari bitta qavatda joylashtirilishi kerak.
Bunda, ushbu boʻlinmalarni ikki qavatda joylashtirilsa, unda yuvish va tarozida tortish xonalarini har bir qavatda koʻzda tutish lozim.
101. Kommunal gigiyena laboratoriyasi boʻlinmalarida ishlovchilar soni uchta shifokor-laborantlardan oshganda, mehnat gigiyenasi va ovqatlanish gigiyenasi laboratoriyasi boʻlinmalarida ishlovchi shifokor-laborantlar soni besh kishi va undan ortiq boʻlganda, ushbu boʻlinmalarda vodorod sulfidi xonalari koʻzda tutilishi kerak.
102. Ovqatlanish gigiyenasi laboratoriyasi boʻlinmalarida ishlovchilar soni toʻrtta shifokor-laborant va undan ortiq boʻlganda yuvish xonalari koʻzda tutiladi.
103. Sanitariya-gigiyena boʻlimi xodimlarining xonasi va laboratoriya xodimlarining maxsus kiyimlar uchun garderob xonasi bitta xonada birlashtirilishiga yoʻl qoʻyiladi.
104. Sanitariya-gigiyena boʻlimi laboratoriyalari boʻlinmalari xonalarining maydoni ushbu SHNQning11-jadvali boʻyicha qabul qilinishi lozim.
11-jadval
Sanitariya-gigiyena boʻlimi laboratoriyalari boʻlinmalarixonalarining maydoni
105. Bakteriologiya laboratoriyalarining bakteriologiya boʻlinmalari binoning ikkinchi qavatidan yuqorida joylashtirilmasligi, ikkita chiqishga ega boʻlishi kerak.
106. Bakteriologiya boʻlinmasining kirish joyida sanitar oʻtkazgich koʻzda tutilishi kerak.
107. Analizlarni qabul qilish xonalarida tashqaridan alohida kirish joyi boʻlishi kerak.
108. Bakteriologiya boʻlinmalarida “toza” va “yuqumli” zonalarni koʻzda tutish lozim.
“Yuqumli” zonada analizlarni qabul qilish, ichak infeksiyalarni aniqlash uchun tekshirish, avtoklav, ekish, termal xonalarni joylashtirish lozim.
109. Epidemiologiya boʻlimi va parazitologiya boʻlinmalari mudirlari xonalarining maydoni 12 m2, shifokor-epidemiologlar va epidemiologlar yordamchilari xonalari, tibbiy statistiklar xonalari, shifokor-parazitolog va parazitolog yordamchilari xonalari, entomolog va entomolog yordamchilari xonalarining maydoni — 1 ishchi oʻrin joyiga 7 m2 hisobidan, lekin 12 m2 dan kam emas deb qabul qilinishi lozim.
110. Laboratoriyalardagi tekshiruv xonalari maydonini 1 brigada yoki uskuna hisobidan qabul qilish va 4 ishchi oʻringa moʻljallash lozim.
111. Ichak infeksiyasini tekshirish xonalaridagi ishchi oʻrinlar soni har bir shifokor bakteriolog uchun toʻgʻri keladigan shifokor bakteriologlar va bitta laborant soni boʻyicha belgilanadi.
Sanitar bakteriologiya va tomchili infeksiyalar boʻyicha tekshiruvlar xonalaridagi ishchi oʻrinlar soni shifokor-bakteriologlar va laborantlarning toʻliq tarkibi uchun belgilanadi.
112. Bakteriologiya boʻlinmasida ishlovchi 8 va undan ortiq shifokor-bakteriologlar boʻlganda steril idish uchun omborxonalar koʻzda tutilishi lozim.
113. Boksoldi xonalarda sanitariya bakteriologiya va tomchili infeksiyalar boʻyicha tekshiruvlar uchun laborantlar xonalari, bakteriologiya boʻlinmalari va virusologiya boʻlinmalari shifokor va laborantlar xonalaridan kirish joylari koʻzda tutilishi kerak.
114. Virusologiya boʻlinmalari ikkita kirish joyiga ega boʻlishi kerak. Kirish joylarining birida sanitar oʻtkazgich koʻzda tutilishi lozim.
115. Virusologiya boʻlinmalarida “toza” va “yuqumli” zonalarni koʻzda tutish lozim.
116. “Yuqumli” zonada quyidagi xonalarni joylashtirish lozim:
termal xonalar;
sovitkich uchun xonalar;
avtoklav xonalari, analizlarni roʻyxatga olish, qabul qilish, saralash va natijalarni berish xonasi;
mashgʻulotlar uchun xonalar.
Bakteriologiya laboratoriyasi xonalarining maydoni ushbu SHNQning 12-jadvali boʻyicha qabul qilinishi lozim.
12-jadval
Bakteriologiya laboratoriyasi xonalarining maydoni
4-§. Oʻta xavfli infeksiyalar laboratoriyalari
117. Oʻta xavfli infeksiyalar laboratoriyalarini alohida turgan binoda yoki sanitariya-epidemiologiya muassasasi asosiy binosiga taqab qurilgan binoda joylashtirish lozim.
118. Laboratoriyada “toza” va “yuqumli” zonani koʻzda tutish lozim.
Laboratoriyalar ikkita kirish joyiga ega boʻlishi kerak:
biri (operativ guruh xonalariga kirish joyi bilan umumiy boʻlgan) sanitar oʻtkazgich orqali laboratoriyalarning “toza” zonasiga;
ikkinchisi laboratoriyalarning “yuqumli” zonasiga.
Bundan tashqari, yuqtirilgan materialni qabul qilish va ajratish xonasi alohida kirish joyiga ega boʻlishi kerak.
119. IV toifali oʻta xavfli infeksiyalar laboratoriyalari sanitariya-epidemiologiya muassasalarining epidemiologiya boʻlimlari tarkibiga kiritiladi.
120. Laboratoriyada bir-biridan ajratilgan “toza” va “yuqumli” zonalar koʻzda tutilgan boʻlishi kerak.
“Yuqumli” zonada “yuqumli” blok koʻzda tutilgan boʻlishi lozim. Ushbu blok qolgan xonalar bilan maxsus kiyim kiyish kabinasi orqali bogʻlangan boʻlishi kerak.
121. Preparator va yuvish xonalarini sterilizatsiya xonasi va avtoklav xonasi oʻrtasida joylashtirish kerak. Koʻrsatilgan xonalar oʻzaro bevosita bogʻlangan boʻlishi kerak.
122. Operativ boʻlinma va laboratoriya xodimlari uchun hojatxonalar ushbu SHNQ boʻyicha alohida qilib koʻzda tutilishi kerak.
123. Boʻlim mudiri kabinetining maydoni 12 m2 boʻlishi lozim. Shifokor-epidemiologlar va epidemiologlar yordamchilarining kabinetlari har biri 1 ishchi oʻringa 4 m2 hisobidan olinishi lozim. Bunda, 12 m2 dan kam boʻlmasligi lozim.
124. Oʻta xavfli infeksiyalar laboratoriyalari xonalarining maydoni ushbu SHNQning 13-jadvali boʻyicha qabul qilinishi lozim.
13-jadval
Oʻta xavfli infeksiyalar laboratoriyalari xonalarining maydoni
5-§. Dezinfeksiya boʻlimi yoki boʻlinmasi
125. Dezinfeksiya boʻlimi yoki boʻlinmalarini alohida turgan yoki biriktirilgan binolarda joylashtirish lozim.
126. Dezinfeksiya boʻlimi yoki boʻlinmalarida “toza” va “yuqumli” zonalarni koʻzda tutish lozim.
“Yuqumli” zonada infeksiyalangan buyum va choyshablarni qabul qilish xonalari, dezinfeksiya kameralarining yuklash xonalari, dezinfeksiyalovchi va yuvish vositalari omborxonalari, kutish xonalari, koʻrik xonalari, yechinish xonalari, dush xonalar, kir yuvish sexlarini joylashtirish lozim.
127. Infeksiyalangan buyum va choyshablarni qabul qilish, choyshab va buyumlarni berish xonalari, kutish xonalari, kiyinish xonalari, deratizatsiya yemlarini tayyorlash xonalari tashqaridan alohida kirish joylariga ega boʻlishi kerak.
128. Dezinfeksiya kameralarining yuklash xonalari 1 setkali dushxonaga ega maxsus kiyim almashtirish kabinetlari orqali kameralarning yuk tushirish xonalari bilan tutashgan boʻlishi kerak.
129. Boʻlim mudiri kabinetining maydoni 12 m2, shifokor dezinfeksionistlar, epidemiologlar yordamchilari, instruktor-dezinfektorlar xonalarining maydoni 1 ishchi oʻringa 4 m2 hisobidan, lekin kamida 12 m2 boʻlishi lozim.
130. Evakuatsiya va oʻchoqli dezinfeksiya boʻlinmasi xodimlari uchun hamda profilaktik dezinfeksiya boʻlinmasi xodimlari uchun hojatxonalar umumiy boʻlishi lozim.
131. Dezinfeksiya kameralari boʻlinmalari sanitar oʻtkazgichlaridagi dush setkalarining soni quyidagicha boʻlishi lozim:
shahar sanitariya-epidemiologiya muassasalarida — 5;
tuman qishloq tumanlari sanitariya-epidemiologiya muassasalarida — 6.
132. Dezinfeksiya boʻlimlari yoki boʻlinmalari xonalarining maydonlarini ushbu SHNQning 14-jadvali boʻyicha qabul qilish lozim.
14-jadval
Dezinfeksiya boʻlimlari xonalarining maydoni
6-§. Xizmat koʻrsatish va maishiy xonalar
133. Xizmat koʻrsatish va maishiy xonalar maydonini mazkur SHNQning 15-jadvali boʻyicha qabul qilish lozim.
15-jadval
Xizmat koʻrsatish va maishiy xonalar maydoni
7-§. Ombor xonalari
134. Sanitariya-epidemiologiya muassasalarining asosiy binolarida dezinfeksiya vositalari omborlarini joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
135. Dezinfeksiya vositalarini saqlash uchun xonalar tashqaridan kengligi 2,1 m boʻlgan kirish joylariga ega boʻlishi kerak.
136. Biologik, davolash-profilaktika va diagnostika preparatlarini saqlash uchun belgilangan harorat rejimiga ega xonalarni umumiy tamburli boʻlmalarga boʻlish lozim.
137. Omborlar xonalarining maydonlarini ushbu SHNQning16-jadvali boʻyicha qabul qilish lozim.
16-jadval
Ombor xonalarining maydoni
8-§. Vivariy
138. Vivariy xonalari quyidagi bir-biridan ajratilgan xonalar guruhidan iborat:
hayvonlar turadigan xonalar;
karantin xonalar;
izolyator xonalar;
hayvonlarga yuqtirish uchun muolaja xonalar;
oshxona;
vivariyning boshqa xonalari.
139. Izolyator, karantin, hayvonlarga yuqtirish, oshxona, yemga ishlov berish va tuzoqlarni tayyorlash, shuningdek, mayda hayvonlar va chiqindilarni yoqish xonalari tashqaridan alohida kirish joylariga ega boʻlishi kerak.
140. Qozonxona mavjudligida mayda hayvonlar murdalari va chiqindilarni yoqish xonalari ushbu qozonxonada koʻzda tutiladi.
141. Vivariy xonalarining maydonlarini ushbu SHNQning 17-jadvali boʻyicha qabul qilish lozim.
17-jadval
Vivariy xonalarining maydoni
6-bob. Tibbiyot muassasalariga moslashtirilayotgan bino va inshootlar
142. Mazkur bob talablari yil boʻyi faoliyat yuritadigan mavjud va yangi kurilayotgan, umumiy maydoni 2000 m2 dan kam boʻlmagan jamoat binolarini (taʼlim tashkilotlari, dam olish uyi va pansionati, turistik baza va kemping, mehmonxona va bolalar dam olish lageri, dam olish bazalari, maʼmuriy binolar, madaniyat saroyi va klublarni) jarrohlik profilidagi 100 va undan ortiq koykali shifoxonalarni joylashtirish (favqulodda vaziyatlarda tashkil etish) uchun moslashtirish loyihalariga tatbiq etilishi lozim.
143. Tashkil etilayotgan shifoxonalarning xonalarini yerusti qavatlarda joylashtirish lozim.
Yertoʻla, sokol qavatlarda hamda yerosti oʻtish joylarida xonalarni SHNQ 2.08.02-23, SanQvaN 0020-22 hamda SanQvaN 0194-06 ga muvofiq joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
144. Yer usti qavatlarining balandligi 2 va undan ortiq boʻlgan, liftsiz jamoat binolarini shifoxonani joylashtirish uchun moslashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Tibbiyot muassasalariga moslashtirilayotgan bino va inshootlar olovbardoshlilikning ikkinchi darajasidan past va uch qavatdan yuqori boʻlmasligi kerak.
145. Ventilyatsiya kameralari, mashina boʻlimiga ega sovitish kameralari, nasos qurilmali boylerlar, taʼmirlash ustaxonalari va murdalarni vaqtinchalik saqlash uchun xonalarni palatalar, operatsiya xonalari va shifokorlar kabinetlari yonida, shuningdek ustida yoki tagida joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
146. Xonalarning poldan shiftgacha balandligi 2,8 m, yertoʻla xonalarining balandligi 2,2 m dan kam boʻlmasligi kerak. Operatsiya xonalarining balandligi kamida 3,0 m. Ushbu talab bajarilmagan holda alohida turgan operatsiya blokini koʻzda tutish lozim.
147. Xonalar kengligi quyidagidan kam boʻlmasligi kerak, m:
palata boʻlimlarining operatsiya va reanimatsiya bloklarining koridorlari uchun — 1,8;
palatalar, shifokorlar kabinetlari, kichik jarrohlik xonalari, bogʻlash xonalari, urologik kresloli muolaja xonalari, urologiya, ortopediya kabinetlari, muolaja xonalari uchun — 2,4;
operatsiya va reanimatsiya xonalari uchun — 5.
148. Palatalar, izolyatorlar, kabinetlar, muolaja xonalarining vannaxonalari, bogʻlash va operatsiya xonalaridagi eshiklar kengligi 0,8 m dan kam boʻlmasligi kerak.
149. Evakuatsiya zinapoya kataklari marshlari va maydonchalarining kengligi quyidagidan kam boʻlmasligi kerak, m:
zinapoya marshlari uchun — 1,15;
maydonchalari uchun — 1,45.
Zinapoya marshlari va maydonchalarining kengligi mos ravishda 1,05 va 1,15 m boʻlgan binolarni moslashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
150. Operatsiya, operatsiya oldi, sterilizatsiya, reanimatsiya, bogʻlash xonalarining devorlari, pardevorlari, shift va pollarining sirtlari tekis boʻlishi, xonalarni nam tozalash va dizenfeksiya qilish imkonini beradigan sirlangan keramik plitkalar yoki lateks boʻyoqlari bilan qoplangan boʻlishi kerak.
151. Operatsiya xonalaridagi pollarning qoplamalari statik elektr toʻplanishini istisno qilishi kerak.
152. Shifoxonalarni joylashtirish uchun moslashtirishga moʻljallangan binolarni loyihalashtirish va rekonstruksiya qilishda yorugʻlikni niqoblash boʻyicha chora-tadbirlarni koʻzda tutish lozim.
1-§. Qabul boʻlimi va bemorlarni chiqarish xonasi
153. Bemorlarni chiqarish xonasi qabul boʻlimi tarkibiga kirishi kerak.
154. Qabul boʻlimi xonalarining maydoni ushbu SHNQning18-jadvali boʻyicha qabul qilinishi lozim.
18-jadval
Qabul boʻlimi xonalarining maydoni
2-§. Palata boʻlimi
155. Palata boʻlimi boshqa boʻlim bemorlari va tashrif buyuruvchilar uchun oʻtib boʻlmaydigan boʻlishi kerak.
156. Palata boʻlimi xonalarining maydoni mazkur SHNQning 19-jadvali boʻyicha qabul qilinishi lozim.
19-jadval
Palata boʻlimi xonalarining maydoni
3-§. Operatsiya bloklari
157. Operatsiya bloklari liftlar mavjud emasligida, ikkinchi yer usti qavatidan yuqori boʻlmagan qavatda joylashtirilishi kerak.
158. Operatsiya blokidagi operatsiya stollari sonini 100 ta koykaga bir stol hisobidan qabul qilish lozim. Operatsiya xonasini 1 stol uchun loyihalashtirish lozim.
159. Operatsiyadan keyingi va reanimatsion palatalardagi koykalar sonini bir operatsiya xonasiga ikkita koyka hisobidan qabul qilish lozim.
160. Operatsiya bloki ikkita oʻtib boʻlmaydigan boʻlimga ega boʻlishi kerak:
septik;
antiseptik.
161. Operatsiya bloki xonalarining maydonini mazkur SHNQning 20-jadvali boʻyicha qabul qilish lozim.
20-jadval
Operatsiya bloki xonalarining maydoni
4-§. Rentgen diagnostika kabinetlari
162. 800 koykali shifoxonada 1 rentgen diagnostika kabineti koʻzda tutilishi kerak. 800 oʻrindan ortiq, keyingi har 600 koykaga qoʻshimcha ravishda bir rentgen diagnostika kabineti koʻzda tutiladi.
163. Rentgen diagnostika kabineti xonalarining maydoni ushbu SHNQning 21-jadvali boʻyicha qabul qilinishi lozim.
21-jadval
Rentgen diagnostika kabineti xonalarining maydoni
5-§. Laboratoriyalar
164. Laboratoriya xonalarining maydoni mazkur SHNQning 22-jadvali boʻyicha qabul qilinishi lozim.
22-jadval
Laboratoriya xonalarining maydoni
6-§. Aptekalar
165. Shifoxona uchun apteka xonalarining maydoni ushbu SHNQning 23-jadvaliga muvofiq qabul qilinishi lozim.
23-jadval
Apteka xonalarining maydoni
7-§. Xizmat koʻrsatish va maishiy xonalar
166. Tashkil etilayotgan shifoxonalarda xizmat koʻrsatish va maishiy xonalarning maydoni ushbu SHNQning 24-jadvali boʻyicha qabul qilinishi lozim.
24-jadval
Xizmat koʻrsatish va maishiy xonalar maydoni
167. Mazkur SHNQning 16 — 22-jadvallarida keltirilgan tibbiyot muassasalari xonalarining maydoni minimal boʻlib hisoblanadi.
168. Ovqat tayyorlash xizmatini moslashtirilayotgan bino oshxonasining ishlab chiqarish, omborxona hamda maishiy xonalarida joylashtirish lozim. Ushbu xonalarni rekonstruksiya qilish va qayta jihozlash talab qilinmaydi.
169. Oshxonasi boʻlmagan binolarda davolash muassasalari ovqat yetkazib berish yoki koʻchma oshxonalardan foydalanish sharti bilan joylashtirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
7-bob. Yongʻin xavfsizligi
170. Tibbiyot muassasalarini yongʻindan himoya qilish hamda odamlarning xavfsizligi bino va inshootlarning fuksional yongʻin xavfi boʻyicha tasniflanishini hisobga olgan holda SHNQ 2.01.02-04, yongʻin havfsizligi talablari boʻyicha asosiy texnik yechimlar va tadbirlar SHNQ 2.08.02-23 talablariga muvofiq taʼminlanishi kerak.
Avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmalari va yongʻin signalizatsiyasi bilan jihozlash SHNQ 2.04.09-07 muvofiq amalga oshirilishi zarur.
Avtomat yongʻin signalizatsiyasi yoki yongʻin oʻchirish tizimi ishga tushganda yaqin yongʻin-qutqaruv boʻlinmasining dispetcherlik xizmatiga (101) avto-xabar berishni nazarda tutish lozim.
171. Davolash-profilaktika muassasasi binolari va inshootlari va ulardagi insonlarning yongʻindan xavfsizligini SHNQ 2.01.02-04 talablariga muvofiq, bino va inshootlarning mazkur SHNQning 25-jadvalida keltirilgan funksional yongʻin xavfi klassifikatsiyasini hisobga olgan holda taʼminlash lozim.
25-jadval
Jamoat binolari va inshootlarining asosiy funksional-tipologik guruhlari roʻyxati
Yongʻinga qarshi boʻlmaning maydoni SHNQ 2.08.02-23 ga muvofiq qabul qilinishi lozim.
Avtomatik yongʻin signalizatsiyasi va avtomatik oʻt oʻchirish qurilmalari bilan himoyalanadigan davolash-profilaktika muassasasi xonalari, inshootlari, binolari roʻyxati SHNQ 2.08.02-23 ga muvofiq qabul qilinishi lozim.
172. Binolar (korpuslar) orasidagi oʻtish joylari toʻsuvchi konstruksiyalari davolash-profilaktika muassasasining asosiy bino (korpus)siga mos keladigan olovbardoshlik chegaralariga ega boʻlishi kerak.
173. Barcha tipdagi davolash va ambulatoriya-poliklinika muassasalari, dispanserlar, shifoxona-statsionarlar binolarini kamida II daraja olovbardoshlilik va SO konstruktiv yongʻin xavfi sinfi bilan loyihalashtirish lozim.
Qishloq aholi punktlari uchun III daraja olovbardoshlilikka ega ambulatoriya-poliklinika binolarini loyihalashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
174. Ambulatoriya-poliklinika muassasalarining xonalari, ular boshqa maqsadlarga moʻljallangan binolarda joylashganida, qolgan xonalardan 1-tipli REI 150 yongʻinga qarshi devorlar bilan ajratilishi va muassasadan tashqariga mustaqil chiqish joylari koʻzda tutilgan boʻlishi lozim.
175. Balandligi 28 m dan ortiq boʻlgan binolarda evakuatsiya yoʻllarini ajratib turadigan ichki devorlar va pardevorlar (shu jumladan, shaffof materiallardan bajarilgan) EI 45 tipdagi yongʻinga qarshi boʻlishi hamda YONM guruhli yonmaydigan materiallardan bajarilgan boʻlishi kerak.
176. Davolash statsionarlaridagi elektroshchit, ventilyatsiya kameralari, yonuvchan materiallar saqlanadigan omborlar, boshqa yongʻin xavfi boʻlgan xonalarning, shuningdek choyshab saqlash uchun omborxona va dazmolxonalarning eshiklari kamida EI 30 olovbardoshlik chegarasiga ega boʻlishi hamda oʻzini-oʻzi yopuvchi qurilma bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
177. Yuqori yongʻin yuklamasiga ega xonalarni davolash-sogʻlomlashtirish uchun moʻljallangan xonalar, davolash muassasalari statsionarlarining tepasiga va ostiga joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
178. Bir vaqtning oʻzida 50 dan ortiq kishi boʻlishi uchun moʻljallangan xonalar ostida “V” toifali ishlab chiqarish va omborxonalarni, shu jumladan omborlarni, ustaxonalarni, laboratoriyalarni (oʻquv mashgʻulotlaridan tashqari), moy bilan toʻldirilgan uskunalarga ega boʻlgan transformator podstansiyalarini va boshqalarni joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
179. Evakuatsiya qilish yoʻllaridagi koridorlar, foye, xollar, lift xollari, zinapoya kataklari va boshqa xonalarda shiftlar, devorlar va pollarning pardozi SHNQ 2.01.02-04 boʻyicha parametr(koʻrsatkich)larga muvofiq boʻlishi kerak.
180. Yuqori tutun hosil qilish qobiliyatiga ega tez yonuvchan pol qoplamalari va zaharliligi boʻyicha xavfli yonish materiallaridan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi. A3, T3, Z3 va Z4 guruh materiallaridan tayyorlangan gilam qoplamalaridan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
8-bob. Evakuatsiya yoʻllari
181. Evakuatsiya yoʻllarini taʼminlash boʻyicha asosiy yechimlar SHNQ 2.08.02-23 talablariga muvofiq amalga oshirish kerak.
182. Evakuatsiya yoʻllari — gorizontal va vertikal (koridorlar, galereyalar, zinapoyalar), tashqariga chiqish joylari, shu jumladan avariya vaziyatida chiqiladigan joylar soni SHNQ 2.01.02-04 hamda SHNQ 2.08.02-23 ga javob berishi kerak.
183. Evakuatsiya yoʻllari QMQ 2.01.05-19 ga muvofiq yoritilishi va asosiy elektr taʼminoti oʻchirilganda koʻrsatkichlarning 1 h davomida faoliyat yuritishini taʼminlab yoritish koʻrsatkichlari bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Yoritish koʻrsatkichlarining rezerv elektr taʼminoti sifatida koʻrsatkichlarga oʻrnatilgan akkumulyatorlar koʻzda tutilishi kerak.
184. Yongʻin vaqtida evakuatsiya yoʻnalishini belgilab beruvchi statik koʻrsatkichlari bilan jihozlash kerak.
185. Zinapoya marshi kengligi eng koʻp odami bor qavatdan zinapoyaga chiqish joyi kengligidan kam boʻlmasligi va quyidagi miqdorlardan kam boʻlmasligi kerak:
sigʻimidan qatʼiy nazar davolash muassasalari binolarida — 1,35 m;
davolash muassasalarida tashrif buyuruvchilar (jumladan, tomoshabinlar va bemorlar) boʻlishiga moʻljallanmagan xonalarga olib boruvchi zinapoyalar uchun — 1,2 m;
bir vaqtda tashrif buyuruvchilar soni 5 nafardan oshmagan xonalarga olib boruvchi zinapoyalar uchun (bir kishili ish joylariga olib boruvchi zinapoyalar uchun — 0,7 m) — 0,9 m.
Shifoxona (statsionar)lar zinapoya marshlarining kengligi 1.5m dan kam boʻlmasligi kerak.
Zinapoya maydonchasi kengligi zinapoya marshi kengligidan kam boʻlmasligi, oraliq maydonchasining zinapoya marshi yoʻnalishidagi kengligi 1 m dan kam boʻlmasligi kerak.
186. Olovbardoshlik darajasi I va II boʻlgan binolarning bitta ichki zinapoyasi binoning hamma balandligi boʻyicha ochiq boʻlishi mumkin. Bunda, u joylashgan xona ichki yoʻlaklardan va boshqa xonalardan yongʻinga qarshi EI 45 tipli pardevorlar bilan ajratilgan boʻlishi mumkin.
Bino boʻylab avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmalari oʻrnatilganda, ochiq zinapoyaga ega xonalarni koridorlardan va boshqa xonalardan ajratilmaslikka yoʻl qoʻyiladi.
Davolash muassasalarining statsionarlarida ochiq zinapoyalar yongʻin sodir boʻlganda odamlarni evakuatsiya qilish hisobiga kiritilmaydi.
Olovbardoshlik darajasi I — III boʻlgan binolarda, agar vestibyul koridorlardan va boshqa xonalardan EI 45 yongʻinga qarshi oddiy eshikli pardevorlarlar bilan va REI 45 yongʻinga qarshi orayopmalar bilan ajratilgan boʻlsa, vestibyuldan ikkinchi qavatgacha ichki zinapoya ochiq boʻlishi yoʻl qoʻyiladi.
187. Koridorlar (rekreatsion kordiorlar boʻlmagan) kengligi SHNQ 2.07.02-22 talablarini hisobga olgan holda 1,8 m dan kam boʻlmasligi kerak.
Koridorlarning kengligi quyidagilardan kam boʻlmasligi kerak:
tez tibbiy yordam qabulxonalari koridorlari, operatsiya va reanimatsiya bloklari koridorlari — 2,4÷2,8 m (va ortiq).
Koridorining uzunligi 30 m gacha boʻlgan xizmat koʻrsatish xonalari bloklarida (tashrifchilar kirishisiz) koridor kengligi 1,6 m boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi.
188. Xonalardan chiqish eshiklarining kengligi 1,1 m dan kam boʻlmasligi kerak.
189. Evakuatsiya yoʻllari boʻylab eng chekkada joylashgan xonalar (hojatxonalar, yuvinish xonalari, chekish xonalari, dushxonalar va boshqa odamlar doimo boʻlmaydigan xizmat koʻrsatish xonalaridan tashqari) eshiklaridan masofa quyidagidan koʻp boʻlmasligi kerak:
binoning I — III olovbardoshlik darajasida zinapoya kataklari yoki tashqi chiqish joylari orasida joylashgan xonalardan — 35 m, binoning IV olovbardoshlik darajasida — 25 m;
binoning I — III olovbardoshlik darajasida boshi berk (tupikoviy) koridor yoki xollga chiqadigan xonalardan — 15 m, binoning IV olovbardoshlik darajasida — 10 m.
190. Tibbiy muassasalarning palata korpuslarida koridorlarni orasidagi masofa 42 m dan oshmaydigan 2-tipdagi EI 45 yongʻinga qarshi pardevorlar bilan ajratish lozim.
191. Davolash-profilaktika muassasalarining statsionarlari binolarida nogironligi boʻlgan shaxslar evakuatsiya qilinishi mumkin boʻlgan yongʻindan xavfsiz zonalar koʻzda tutilishi lozim.
Yongʻindan xavfsiz zonalarning oʻlchamlari transport vositalari (katalkali krovatlar, oʻrindiqli aravachalar)dagi bemor insonlarning va kuzatib boruvchi kishilarning hisobiy sonini xavfsiz joylashtirishdan kelib chiqib, loyiha boʻyicha aniqlanadi (hisob birligiga zaruriy maydonni hisobga olib, m2).
Yongʻindan xavfsiz zonalar boshqa xonalardan va yondosh koridorlardan yongʻinga qarshi toʻsiqlar bilan ajratilishi kerak. Yongʻindan xavfsiz zonalar eshiklari yongʻinga qarshi tabaqalarida zichlanish bilan oʻz-oʻzidan yopiladigan boʻlishi kerak.
Yongʻin vaqtida yongʻindan xavfsiz zonalariga ortiqcha xavo bosimi (20dan 40 Pa gacha) berilishi lozim. Yongʻindan xavfsiz zonalarni tik kommunikatsiyalar yaqinida tashkil etilishi kerak. Yongʻindan xavfsiz zonalarining tarkibiga yondosh lodjiya yoki balkon maydonlarini (kenligi 1,5 m dan kam boʻlmaganda) kiritish mumkin.
Yongʻindan xavfsiz zonalarga chiqishi bor lift shaxtalariga QMQ 2.04.05-97 talablarini hisobga olgan holda toza xavo berilishi tashkil qilinishi kerak.
Odamlarning doimiy boʻlishi uchun moʻljallangan xonalarni tabiiy yoritish va shamollatish tabaqalari va framugalari ochiladigan derazalar orqali taʼminlanishi lozim. Koridor-rekreatsiyalar hamda 50 ta va undan ortiq kishini evakuatsiya qilish uchun moʻljallangan koridorlar derazalarning tabaqalari ochiladigan tabiiy yoritishga ega boʻlishi kerak.
Davolash-profilaktika muassasalarining talab qilingan sunʼiy yoritilishi mazkur SHNQning 2-ilovasida keltirilgan.
SES xonalarining yoritilganligini ushbu SHNQning 3-ilovasi boʻyicha qabul qilish lozim.
Yertoʻla qavatlarda joylashtirilgan xonalarni hamda quyidagilar tabiiy yoritishsiz loyihalashtirishga yoʻl qoʻyiladi:
sanitar oʻtkazgich xonasi, hojatxonalar;
xodimlar xonalari, bufet va idishlarni yuvish xonasi, narkoz xonasi, operatsiya xonasi, seksiyalar va seksiya oldi xonalari, apparatxona, mikrobiologik bokslar, funsional va rentgenodiagnostika va terapiya muolajalari oʻtkaziladigan xonalar hamda tibbiy muassasalardagi shu kabi boshqa xonalar va kabinetlar.
Tabiiy yoritish boʻlmagan xonalarda mustaqil taʼminot manbaidan olinadigan avariyali yoritish va tegishli ventilyatsiya taʼminlanishi kerak.
Yuqorida sanab oʻtilgan xonalarda (tabiiy yoritish boʻlmasligi mumkin boʻlganlarida), shuningdek yechinish, kutish xonalarida, bokslar va izolyatorlarning qabulxonalarida, bemorlar muolajalardan soʻng vaqtincha dam oladigan xonalarda faqat ikkinchi chiroq bilan yoritishga yoʻl qoʻyiladi.
Davolash muassasalarida xonalar derazalarining yorugʻlik tushadigan tomonlar boʻyicha yoʻnalganligini ushbu SHNQning 26-jadvali boʻyicha qabul qilish tavsiya etiladi.
193. Quyosh radiatsiyasi, ortiqcha insolyatsiya va qoʻshni binolar yuzasidan aks etadigan shoʻlalardan himoya xonalarni optimal yoʻnaltirish va joylashtirish, tutash hududning koʻkalamzorlashtirilishi, quyoshdan himoya qurilma (QHQ)lari, shu jumladan himoya qatlamli deraza oynalarining qoʻllanishi hisobiga taʼminlanadi. Quyosh nuridan himoya tadbirlari mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Quyosh nuridan himoya qurilmalarini QMQ 2.01.04-18 ga muvofiq loyihalash lozim.
Quyosh nuridan himoya qurilmalari yilning issiq davrida quyosh radiatsiyasidan tushadigan issiqlikning kamayishini taʼminlashi va yilning sovuq davrida xona tomonidan quyosh energiyasini tutishga qarshilik qilmasligi kerak.
Bir va ikki qavatli binolarning quyosh nuridan himoyasini koʻkalamzorlashtirish vositalari bilan taʼminlashga yoʻl qoʻyiladi.
Balandligi 5 va undan ortiq qavatli binolarda quyoshdan tashqi himoya yonmaydigan materiallardan bajarilishi kerak.
Bunda, istalgan qavatdagi quyoshdan himoyalovchi koʻchmas konstruksiyalar oʻt oʻchiruvchilarning (ularning asbob-uskunalari bilan birga) yorugʻlik oraliqlaridan xonalarga yetib borishlari va ulardan odamlarni evakuatsiya qilishlari uchun toʻsqinlik qilmasligi kerak.
194. Yoritish darajasini koʻrsatuvchi datchiklar nazarda tutilishi, ularning koʻrsatkichlari boʻyicha sunʼiy yoritish yoqilishi va oʻchirilishi tavsiya qilinadi.
Energiya sarfini kamaytirish maqsadida, sunʼiy yoritishning bir necha darajasi, jumladan “navbatchi rejim” darajasi qoʻllanishi lozim. Yoritishning toʻliq quvvati ish joylarida zaruratga koʻra qoʻllanilishi kerak.
10-bob. Liftlar
195. Passajir liftlari binolarda SHNQ 2.08.02-23 ga muvofiq koʻzda tutilishi kerak.
Kasalxona liftlari 2 va undan yuqori qavatli davolash-profilaktika binolarida, statsionarlarda, ijtimoiy va reabilitatsiya binolarida koʻzda tutilishi kerak.
Bino va inshootlarda yoʻlovchilar va kasalxona uchun liftlar boʻlmagan taqdirda, oʻrindiqli aravachadagi nogironligi boʻlgan shaxslarning bino qavatlaridagi kutish xonalariga yetib borishlari uchun maxsus koʻtarib-tushiruvchi qurilmalar nazarda tutilishi kerak.
Lift kabinasining oʻlchamlari SHNQ 2.07.02-22 talablariga muvofiq boʻlishi kerak (oʻrindiqli aravachadagi nogironligi boʻlgan shaxsning sigʻishini hisobga olgan holda).
196. Yoʻlovchi liftlarning sonini hisob-kitob asosida qabul qilish lozim, biroq ikkitadan kam boʻlmasligi kerak. Binodagi liftlardan birining (passajir yoki yuk tashuvchi) kabinasi, odamni nosilkada tashish imkoniyati boʻlishi uchun, boʻyiga 2100 mm dan kam boʻlmasligi kerak.
Agar vertikal transport hisobi boʻyicha binoda bitta passajir liftini oʻrnatish kifoya qilsa, ikkinchi liftni odamlarni tashish uchun ruxsat etilgan yuk tashuvchi liftga almashtirishga yoʻl qoʻyiladi. Yuk tashuvchi liftlar texnologik talablardan kelib chiqqan holda koʻzda tutiladi.
197. Eng uzoq joylashgan xona eshigi oldidan eng yaqin joylashgan passajir lifti eshigigacha boʻlgan masofa 60 m dan oshib ketmasligi kerak.
198. Lift xollari va tambur-shlyuzlarning eshiklari yongʻinga qarshi, tabaqalari zichlanib oʻz-oʻzidan yopiladigan boʻlishi kerak. Lift shaxtalari tomonidagi eshiklar yonuvchan materiallardan boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi (oynalanmagan).
199. Liftlarning shaxtalari va mashina xonalari odamlar doimiy hozir boʻladigan xonalarga yondosh boʻlmasligi kerak.
Davolash va ambulatoriya-poliklinika muassasalarida shaxtalar hamda liftlar va yukkoʻtargichlarning mashina boʻlimlarini asosiy vazifani bajaradigan xonalardan 6 m dan kam boʻlmagan masofada joylashtirish lozim.
11-bob. Muhandislik uskunalari
200. Muhandislik uskunalar tizimlari SHNQ 2.08.02-23 talablariga javob berishi kerak.
201. Ish paytida shovqin va vibratsiyani keltirib chiqaradigan muhandislik uskunalarini joylashtirish va oʻrnatish QMQ 2.01.08-19 talablariga muvofiq binoning xizmat koʻrsatilayotgan xonalari va unga tutash hududlarga vibroakustika taʼsirni taʼminlashni hisobga olgan holda koʻzda tutilishi lozim.
1-§. Davolash-profilaktika muassasasining issiqlik taʼminoti, isitish, ventilyatsiya i konditsiyalashtirish
202. Davolash-profilaktika muassasasi xonalarida isitish va ventilyatsiyalash yoki konditsiyalashtirishni QMQ 2.04.05-97 talablarini hisobga olgan holda loyihalashtirish lozim.
Chegaraviy yoki optimal mikroiqlim parametrlarini ventilyatsiyalash yoʻli bilan taʼminlab boʻlmasa, ularni yaratish uchun konditsiyalashtirishni qabul qilish lozim.
203. Toʻliq havo retsirkulyatsiyasida ishlaydigan avtonom konditsionerlarni xonaga tashqi havoning sanitar normadan kam boʻlmagan oqimini taʼminlaydigan ventilyatsiya mavjud boʻlganda qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
204. Davolash-profilaktika muassasasi xonalari uchun hisobiy havo harorati, havo almashinuvining vaqt birligidagi intensivligi va tozalik boʻyicha kategoriyasi ushbu SHNQning 4-ilovasi boʻyicha, maʼlumot boʻlmaganda — SHNK 2.08.02-23 talablariga muvofiq qabul qilinishi lozim.
205. Sanitariya-epidemiologiya muassasalari xonalaridagi hisobiy havo harorati va havo almashinuvining vaqt birligidagi intensivligini mazkur SHNQning 5-ilovasiga muvofiq qabul qilish lozim.
206. Ventilyatsiyalashning har xil turlarini qoʻllash SHNQ 2.08.02-23 talablariga muvofiq koʻzda tutilishi lozim.
207. Davolash-profilaktika muassasasida markazlashtirilgan havo retsirkulyatsiyasiga yoʻl qoʻyilmaydi.
208. Shifoxonalar, bemorlar doimiy boʻlgan korpuslar, tugʻruqxonalar, dispanserlar, va statsionarga ega ijtimoiy muassasalar issiqlik taʼminoti ishonchliligi boʻyicha 1 toifaga, qolgan muassasalar — 2 toifaga kiritilishi lozim.
209. 1 toifali issiqlik isteʼmolchilari uchun mustaqil manbalardan yoki 1-kategoriyali issiqlik manbaidan quvvatlanuvchi halqalangan issiqlik magistrallaridan ikkita kirishni koʻzda tutish kerak. Bitta issiqlik kirishi boʻlganda kimyotozalagich va akkumulyator baklarisiz suv isitish qozoniga ega rezerv qozonxonani koʻzda tutishga yoki elektr energiyasidan foydalanib rezerv isitish va issiq suv taʼminotini koʻzda tutishga yoʻl qoʻyiladi.
210. Davolash muassasalari asosiy xonalaridagi hisobiy havo harorati va havo almashinuvining vaqt birligidagi intensivligi ushbu SHNQning 4-ilovasi boʻyicha qabul qilinishi lozim.
211. Davolash muassasalari isitish tizimi uchun isitish asboblari silliq yuzaga ega boʻlishi va nishasiz oynalar ostida joylashtirilishi kerak. Asoslangan holatlarda ularni ichki toʻsiqlarda joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
Yuqori sanitariya — gigiyena talablari qoʻyilgan xonalarning tashqarisida vestibyullar, zinapoya kataklari va koridorlarda poʻlat konvektorlar qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
Isitish shkaflari bilan zinapoya kataklarini va vestibyullarni isitishga yoʻl qoʻyilmaydi.
212. Qurilish konstruksiyalarining ichiga oʻrnatilgan isitish asboblari shifoxonalarning elektr nur bilan davolash xonalarida va psixiatriya boʻlinmalarida qoʻllanilishi lozim.
Aseptik sharoitlarni taʼminlash boʻyicha talablar qoʻyiladigan xonalarda quvurlar va armaturalarni yashirin yotqizish koʻzda tutiladi.
213. Shifoxonalar binolarida ventilyatsiya havo massasining “iflos I” zonalardan (xonalardan) “toza T” va “juda toza” zonalarga oqib oʻtishini istisno qilishi kerak. Tegishli zonalar boʻyicha boʻlinmalar (xonalar) kategoriyalari ushbu SHNQning 4-ilovasida koʻrsatilgan.
Oʻrtasida havo oqib oʻtishiga yoʻl qoʻyilmaydigan boʻlinmalar yoki xonalar guruhi shlyuzlar bilan ajratiladi. Shlyuzlarga yetkazib beriladigan yoki ulardan chiqariladigan ventilyatsiya havosining sarfi hisoblash bilan aniqlanishi kerak.
214. Tibbiyot muassasalarining asosiy binolarida mexanik yoki aralash ventilyatsiyani koʻzda tutish lozim.
215. Konditsiyalashtirish tizimlarini quyidagi xonalarda koʻzda tutish lozim:
operatsiya, operatsiya-dializatsiya, narkoz, tugʻruq bloklari, operatsiyadan keyingi palatalar, reanimatsiya zallari, intensiv terapiya palatalari, kuygan bemorlar uchun palatalar, erta tugʻilgan va yangi tugʻilgan chaqaloqlar va jarohatangan bolalar uchun palatalar.
216. Balandligi 3 qavatdan ortiq boʻlgan alohida turgan binolar uchun tabiiy ventilyatsiyaga yoʻl qoʻyiladi. Bunda, ushbu SHNQning 4-ilovasining 5 — 7-bandlarida sanab oʻtilgan xonalar bundan mustasno.
Koridorlari ikki yoqlama qurilgan palata boʻlinmalarida ikki yoqlama oʻtadigan (skvoznoy) shamollatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Radiologiya boʻlinmalari ventilyatsiyasi radioaktiv moddalar va boshqa ionlashtiruvchi nurlanish manbalari bilan ishlashga, shuningdek radiatsion xavfsizlikka muvofiq loyihalashtirilishi lozim.
217. Aralash tuzilmali va har bir xonalar guruhiga turli xil sanitar-gigiyenik talablar qoʻyilgan, shuningdek har xil davomli ish vaqtiga ega boʻlgan binolar uchun har bir guruh xonalar uchun alohida ventilyatsiya tizimini nazarda tutish lozim.
Mustaqil havo kiritish va chiqarish ventilyatsiya tizimlarini quyidagilar uchun koʻzda tutish lozim:
operatsiya bloklari (aseptik va septik boʻlinmalar uchun alohida); reanimatsiya zallari va intensiv terapiya palatalari (koʻchadan va kasalxona boʻlimlaridan tushgan bemorlar uchun alohida); tugʻuruqxona, shifoxonalar va tugʻruqxonalarning akusherlik boʻlimlari palatalari, yangi tugʻilgan, erta tugʻilgan chaqaloqlar va shikastlangan goʻdaklar palatalarida — fiziologik va observatoriya boʻlimlari uchun alohida.
218. Mikrobiologik, bioximik laboratoriyalar va aptekalar, nopatogen materiallari bor steril bokslarning ventilyatsiyasini oʻrnatishda havo bosimini oshirishni; patogen materiallari bor bokslar uchun havoni siyraklashtirishni koʻzda tutish lozim.
219. Yuqumli kasalliklar shifoxonalarida (boʻlinmalarida) bokslashgan palatalarga havo, palataga zich yopilmaydigan eshik tabaqalari orqali toza havo kirishini taʼminlaydigan oshirilgan havo bosimi(podpor) ni hosil qilgan holda, shlyuzlar orqali berilishi lozim.
220. Laboratoriya xonalarida mahalliy soʻrgichlar (otsosi) va umum almashuv havo tortish moslamasini bitta ventilyatsiya tizimiga birlashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
Rodonli laboratoriyada tortish shkafi mexanik tortish moslamasidan tashqari, tortish ventilyatori toʻxtatilganda ishga tushiriladigan tabiiy ventilyatsiyaga ega boʻlishi kerak.
2-§. Sanitariya-epidemiologiya muassasalari xonalarini isitish va ventilyatsiya
221. Sanitariya-epidemiologiya muassasalarida dezinfeksiya kameralari uchun bugʻ taʼminotini koʻzda tutish lozim.
222. Bakteriologiya, virusologiya laboratoriyalarida va oʻta xavfli infeksiyalar boʻlimi laboratoriyasi xonalarida markaziy isitish tizimida isitish asboblari sifatida oson tozalash imkonini beruvchi silliq yuzaga ega asboblarni koʻzda tutish lozim.
223. Sanitariya-epidemiologiya muassasalari xonalarida hisobiy havo harorati va havo almashinuvining vaqt birligidagi intensivligi ushbu SHNQning 5-ilovasi boʻyicha qabul qilinishi lozim.
224. Vivariylarda ventilyatsiyani eksperimental-biologik klinika (vivariy)larni qurish, jihozlash va ulardan foydalanish boʻyicha sanitar qoidalar talablariga muvofiq koʻzda tutish lozim.
225. Bakteriologiya, virusologiya boʻlinmalari, radiatsion gigiyena boʻlinmasi, oʻta xavfli infeksiyalar boʻlimi, yuqtirish kameralarida alohida havoni kiritish va chiqarish tizimlarini koʻzda tutish lozim.
226. Havoni kiritish ventilyatsiyasi tizimlari orqali bokslarga berilayotgan tashqi havo bakteriologik filtrlarda tozalanishi lozim.
227. Patogen oʻsmalar bilan ish olib borilayotgan xonalardan chiqarilayotgan havo atmosferaga chiqarishdan oldin bakteriologik filtrlarda tozalanishi lozim.
Bir hayvonga havo sarfi — 1,2 — 1,5 l/min boʻlishi kerak.
229. Immunoflyuoressent diagnostika laboratoriyasida ML yoki “Lyumash” tipidagi mikroskoplar tepasida mahalliy havo soʻrgichini koʻzda tutish lozim.
230. Oqib kiruvchi ventilyatsiya tizimi havo quvurlarini bakteriologik filtrlardan keyin soʻrilmaydigan materiallardan koʻzda tutish lozim.
231. Oʻta xavfli infeksiyalar boʻlimida tortish ventilyatsiyasi toʻxtab qolganda oqib kiruvchi ventilyatsiyaninig avtomatik ravishda oʻchirilishi koʻzda tutilgan boʻlishi kerak.
232. Davolash-profilaktika muassasasi va sanitariya-epidemiologiya muassasalari binolarida xoʻjalik-ichimlik, yongʻinga qarshi va issiq suv taʼminoti, kanalizatsiya va suv quvurlarini koʻzda tutish lozim boʻlib, ularni SHNQ 2.08.02-23 hamda QMQ 2.04.01-98 talablariga muvofiq loyihalashtirish lozim.
Aholi yashash punktlarining kanalizatsiya oʻtkazilgan hududlarda qurilayotgan barcha tipdagi binolarda ichki suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini koʻzda tutish lozim.
233. Barcha tipdagi jamoat binolarida ichki vodoprovod tizimini oʻrnatishda tozalash inventarlarini saqlash xonalari, shaxsiy gigiyena xonalari, dushxona, hojatxonalar, tib punktlari, oshxona, bufet, kafeteriylardagi yuvish jihozlari, rakovina yoki umivalniklarga va boshqa loyihalashtirish topshirigʻiga asosan xonalardagi jihozlarga sovuq va issiq suv berilishini koʻzda tutish lozim.
234. Issiq va sovuq suv operatsiya bloklari, bogʻlash xonalari, laboratoriyalar, muolaja xonalari, tuvaklar, idish yuvish, sterilizatsiya xonalariga berilishi kerak. Issiq suv taʼminotining avariya holatidagi manba sifatida elektr suv isitgichlari koʻzda tutilishi lozim.
235. Suv olish joylaridagi issiq suv haroratini issiq suv taʼminoti tizimidan qati nazar, 50 °S dan past emas va 75 °S dan yuqori boʻlmagan deb qabul qilish lozim.
236. Ichki yongʻinga qarshi vodoprovod QMQ 2.04.01-98 ga muvofiq koʻzda tutilishi lozim.
237. Sanuzellar, dushlar, balchiq bilan davolash xonalari, kir yuvish xonalarini tozalash uchun issiq va sovuq suv keltirilgan sugʻorish joʻmraklarini oʻrnatish lozim.
Operatsiya oldi, tugʻruq oldi tayyorgarlik, vanna xonalari, ikkita va undan koʻp unitazlar bilan jihozlangan hojatxonalar, klizmaxonalar, infeksiya boʻlinmalarining bokslari va yarimbokslari, kleyonkalarni yuvish va quritish xonalarida traplar hamda sovuq va issiq suv sugʻorish joʻmraklari oʻrnatishni koʻzda tutish lozim.
238. Kanalizatsiya oʻtkazilmagan tumanlarda ichki suv taʼminotini tashkil etishda mahalliy tozalash inshootlariga ega ichki kanalizatsiya tizimlarini koʻzda tutish lozim.
Ichki kanalizatsiya tizimlari mavjud emasligida binoda ichki suv taʼminoti tizimini oʻrnatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
239. Davolash-profilaktika muassasasi binolarida SHNQ 2.08.02-23, QMQ 2.04.17-19 hamda SHNQ 2.04.20-22 talablarini inobatga olgan holda elektr jihozlari, avtomatik yongʻin signalizatsiyasi qurilmalari (AYOS), avtomatik yongʻin oʻchirgich qurilmalari (AYOOʻQ), elektr yoritish, shahar telefon aloqasi, simli eshittirish va televideniye qurilmalarini koʻzda tutish lozim.
Loyihalashtirishga topshiriqqa muvofiq alohida binolar yoki xonalar mahalliy (ichki) telefon aloqa qurilmalari, mahalliy simli eshittirish va televideniye qurilmalari, signalizatsiya qurilmalari, yongʻindan ogohlantirish tizimlari bilan jihozlanishi kerak.
240. Davolash-profilaktika muassasasi va sanitariya-epidemiologiya muassasalari binolarining operatsiya (rentgen operatsiya xonalari, gibrid operatsiya xonalari) va tugʻruq bloklari, anesteziologiya, reanimatsiya va intensiv terapiya boʻlinmalari, laparoskopiya, bronxoskopiya va angiografiya kabinetlari, tibbiy vizualizatsiya, teletibbiyot boʻlinmalarining elektr qabul qilish qurilmalari hamda yongʻinga qarshi qurilmalar, xavfsizlik signalizatsiyasi, liftlarning elektr qabul qilish qurilmalarini elektr taʼminoti ishonchliligini taʼminlash darajasi boʻyicha I toifaga; binoning qolgan elektr qabul qilish qurilmalarini — II ktoifaga kiritish lozim.
241. Yongʻinga qarshi qurilmalar, xavfsizlik signalizatsiyasi, shu jumladan yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarini tashish uchun moʻljallangan liftlarning elektr qabul qilish qurilmalari, ishonchlilik darajasi boʻyicha kategoriyalaridan qati nazar, turli kirishlardan, bitta kirish boʻlganda esa, ushbu kirishdan chiqqan ikkita tarmoq bilan quvvatlanishi lozim.
Bunda, qolgan isteʼmolchilarni elektr taʼminotidan oʻchirish yongʻinga qarshi vositalarning elektr qabul qilish qurilmalarini oʻchirish bilan bogʻliq boʻlmasligi kerak.
242. Binolar va xonalarni xavfsizlik signalizatsiyasi bilan jihozlash loyihalashtirish topshirigʻiga muvofiq koʻzda tutilishi lozim.
243. Mexanik umumiy ventilyatsiyasi boʻlgan binolarda avtomatik yongʻin signalizatsiyasi va avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmalari ishlab ketganda ventilyatsiyani avtomatik oʻchirishni yoki qayd etilgan qurilmalar mavjud emasligida uni kirish mumkin boʻlgan joylardan markazlashgan holda oʻchirishni koʻzda tutish lozim.
5-§. Gaz taʼminoti
244. Tabiiy gazdan foydalangan holda ovqat pishirish uskunasi alohida joylashgan oshhonalarning ovqat pishirish joylarida yoʻl qoʻyiladi.
Yertoʻla, yarimertoʻla va tomda joylashgan hamda binoga kiritib, taqab qurilgan qozonxonalarni gazlashtirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Texnologik maqsadlar uchun markazlashtirilgan gaz taʼminoti asosiy binoda yoki unga taqab qurilgan qismida joylashgan stomatologiya poliklinikalarida yoʻl qoʻyilmaydi.
Chiqindilarni yoqish uchun pechlar uchun markazlashtirilgan gaz taʼminotiga yoʻl qoʻyiladi.
Binolarni gaz bilan taʼminlash tizimlari SHNQ 2.04.08-22 ga loyihalashtirilishi lozim.
12-bob. Chiqindi chiqarish va chang tozalash
245. Chiqindilardan tozalash tizimi, chiqindini chiqarib tashlash usullari, mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda, loyihalashtirishga topshiriq (sutkada yigʻilib qoladigan chiqindi hajmini hisobga olgan holda) boʻyicha koʻzda tutilishi kerak.
246. Chiqindi chiqarish qurilmalari 5 qavatdan yuqori davolash-profilaktika muassasasi binolarida, 200 va undan koʻp koykali statsionari boʻlgan kamroq qavatli davolash-profilaktika muassasasi binolarida, balandligi 3 qavat va undan koʻp boʻlgan sanitariya-epidemiologiya muassasalarida, sanitariya-epidemiologiya muassasalari vivariysining yuvish xonalaridan koʻzda tutilishi kerak.
247. Chiqindilar yigʻish kamerasi (aniq balandligi kamida 1,95 m) bevosita chikindi qutisining stvoli ostida joylashtirilishi kerak. Binoga kirish joyidan hamma yogʻi berk devor bilan ajratilgan tashqariga ochiladigan mustaqil kirishga ega boʻlishi, shuningdek yongʻinga qarshi EI 45 pardevorlar va REI 45 orayopmalar bilan ajratilishi kerak.
248. Chiqindi chiqarish qurilmasining stvoli qurilish konstruksiyalaridan havo oʻtkazmaydigan va tovush izolyatsiyalangan boʻlishi kerak. Bunda, odamlar doimo boʻladigan xonalarga yondosh biriktirilgan boʻlmasligi kerak.
Chiqindi yigʻuvchi kamera polining ustki sathi trotuar yoki kelib tutashgan transport yoʻlagidan taxminan 0.1 m darajada joylashishi kerak; kameralarni boshqa darajada joylashtirish mexanizatsiyalangan chiqindi chiqarishni oʻrnatishda koʻzda tutiladi.
249. Markazlashtirilgan yoki kombinatsiyalangan vakuumli chang tozalash tizimi yuqori sanitariya-gigiyena talablariga ega boʻlgan binolarda loyihalashtirishga topshiriq boʻyicha koʻzda tutiladi.
Qolgan hollarda maishiy changyutgichlardan foydalanib xonalarni changdan tozalash koʻzda tutiladi.
13-bob. Tibbiyot chiqindilarini vaqtincha saqlash xonalar
250. Tibbiyot chiqindilarini vaqtincha saqlash xonasiga umumiy talablar:
begonlarning ruxsatsiz kirishining oldini olish maqsadida saqlash joyi qulflanadigan;
saqlash joyini tozalash uchun suv bilan taʼminlangan, yelektr yoritish moslamalari bilan jihozlangan, shamollatish imkoniyatiga yega, quyosh nurlarining toʻgʻridan toʻgʻri tushishidan hamda hayvonlar, hasharotlar va qushlar kirishidan himoyalangan;
tozalash uskunalari, himoya kiyimlari va chiqindi qoplari yoki konteynerlar saqlash joyiga yaqin joylashtirilgan;
saqlash joyi yeshigi chiqindilarni olib ketish uchun moʻljallangan transport vositalarining yerkin harakatlanishiga moslangan boʻlishi kerak.
14-bob. Energiya tejamkorlik
251. Davolash-profilaktika muassasasi binolari energetik jihatdan tejamkor qilib loyihalashtirilishi kerak. Isitish, ventilyatsiya, konditsiyalashtirishda energiya harajatlari QMQ 2.01.18-18 talablariga javob berishi kerak.
252. Energiya tejamkorlik, energiya samaradorlikni loyihalashtirishning barcha bosqichlarida (qurilish maydonlari va uchastkalarda bino(inshootlar)ni joylashtirish, optimal hajmiy-rejaviy yechimlarni tanlash va loyihani batafsil ishlab chiqish jarayonida muayyan loyihaviy yechimlarni aniqlashda) koʻzda tutish lozim.
253. Binoni qurilish maydoniga joylashtirishda, imkon qadar, binoning boʻylama fasadini janubiy yoki unga yaqin tomonlarga yoʻnaltirilishini taʼminlash lozim.
Binoning qurilish hajmi birligiga toʻgʻri keladigan tashqi toʻsuvchi konstruksiyalar maydonini mumkin qadar kam boʻlishiga erishgan holda binoni asosan kompakt qilib loyihalashtirish lozim.
Bino kompaktligi yoʻl qoʻyilgan chegaralarda korpus kengligi va qavatlar sonini oshirish hisobiga, tabiiy yoritish va tabiiy shamollatish talablarini hisobga olgan holda bino xonalarini ratsional blokirovkalash hisobiga taʼminlanadi.
254. Davolash-profilaktika muassasasi binolarini QMQ 2.01.04-18 ga muvofiq kamida ikkinchi issiqlik muhofazasi darajasi bilan loyihalashtirish lozim.
Qurilish konstruksiyalarining issiqlik himoyasi va termofizik parametrlari QMQ 2.01.04-18 talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
255. Issiqlik himoyasi, isitish, ventilyatsiya, konditsiyalashtirish tizimlarini loyihalashtirishda hisobiy ichki parametrlarni ushbu SHNQning 4 va 5-ilovaga koʻra qabul qilish lozim.
Ichki parametrlarning chegaraviy yoki optimal qiymatlarini ikkinchi yoki uchinchi darajali issiqlik himoyasiga ega binolar uchun qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi.
256. Tabiiy yoritishning normativ koʻrsatkichlarini taʼminlab, yoʻnaltirish va oynalash konstruksiyalari orqali yoʻl qoʻyiladigan issiqlik yoʻqotishlarini hisobga olgan holda binolarning optimal oynalash maydonini koʻzda tutish lozim.
Minimal yetarli oynalash maydoni binolarning shimolga qaragan fasadida taʼminlanishi kerak. Butun bino boʻyicha yorugʻlik oraliqlari maydoni tashqi devorlar maydoni yigʻindisining 25 % idan oshmasligi kerak.
Quyoshdan himoya vositalar qoʻllanganda binolarning “janubiy” fasadlarida asoslanganda shaffof toʻsiqlar maydonini oshirishga yoʻl qoʻyiladi. Gʻarbiy fasadlarning oynavadligi 40 % dan oshmasligi lozim.
257. Binoning yuqori shovqin fonli hududda joylashishida shovqin va issiqlikni himoyalash xususiyatlari boʻyicha samarali deraza konstruksiyalarini — ikkitali va uchtali oynapaketlarni, issiqlik oʻtkazishga meʼyordan yuqoriroq qarshilikka ega boʻlgan samarali shaffof fasad toʻsiqlarini (orasi gʻovakli, yorugʻlik qaytaruvchi qoplamali) qoʻllash tavsiya etiladi.
258. Sovuq havoning kirib kelishidan himoyalash uchun tashqi kirish eshiklarini prujinali yopish qurilmalari bilan jihozlash lozim.
Kirishlarni yengillashtirilgan, shu jumladan, shaffof konstruksiyali taqab qurilgan isitilmaydigan tamburlar bilan jihozlash tavsiya etiladi.
Xonalarda mikroiqlim parametrlarini avtomat tarzda yoki qoʻlda tartibga solishni koʻzda tutish lozim.
259. Davolash-profilaktika muassasalari binolarida energiya samaradorligini oshirish uchun iliq mavsumda issiq suvni taʼminotining 50 % mikdorini SHNQ 2.04.16-23 muvofiq quyosh generatorlaridan va elekt taʼminotining qismini taminlashda SHNQ 2.04.15-23 fotoelektr stansiyalardan foydalanish tavsiya etiladi.
SHNQ 2.08.05-23 “Tibbiyot tashkilotlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 1-ILOVA
Yertoʻla va sokol qavatlarda joylashtirishga yoʻl qoʻyilgan davolash-profilaktika muassasalari xonalarining roʻyxati
1-bob. Yertoʻla qavatlari
1. Boylerlar; vodoprovod va kanalizatsiya nasosxonalari; ventilyatsiya va havoni konditsiyalashtirish kameralari; boshqarish uzellari va bino muhandislik-texnologiya uskunalari uchun boshqa xonalar; liftlarning mashina boʻlinmalari.
2. Tashqariga chiqish joylari birinchi qavat orqali tashkil qilingan vestibyullar; garderobxonalar, yechinish xonalari, sanitar uzellar, gigiyena kabinalari, dushxonalar, chekish xonalari, inventar va kiyim omborlari, buyumlarni saqlash kameralari.
3. 100 oʻrindan ortiq boʻlmagan zallari bor umumiy ovqatlanish korxonalari (sanatoriylar, maktablar, oʻrta maxsus oʻquv muassasalari oshxonalari zallaridan tashqari).
4. Davolash muassasalarida: sanitar oʻtkazgichlar; dezinfeksiya xonalari; texnika xavfsizlik kabinetlari; choyshabxonalar; omborlar; yuk tushirish va qadoqlash xonalari; marmit aravachalarni saqlash va yuvish xonalari; radioaktiv moddalar, chiqindilar va radioaktiv moddalar bilan ifloslangan choyshablarni saqlash xonalari, kompressorxonalar, shuningdek, dezinfeksiya, sterilizatsiya, yuvish va quritish (choyshablar, xolstlar, brezentlar kleyonkalari, b.) xonalari, murdalarni vaqtinchalik saqlash, gips saqlash xonalari, davolash balchigʻini tayyorlash va uni regeneratsiyalash xonalari.
5. Kitob saqlash xonalari, arxiv, tibbiy arxivlar.
2-bob. Sokol qavat
6. Yertoʻlada joylashtirishga yoʻl qoʻyilgan barcha xonalar.
7. Sanitar oʻtkazgichlar; rentgendiagnostika xonalari; bemorlar buyumlarini saqlash uchun xonalar; bufetlar va oshxonalar; LFK xonalari; massaj xonalari; tish texnika laboratoriyalari va klinik laboratoriyalar; markazlashgan sterilizatsiya boʻlinmalari (MSB); kir yuvish avtomat mashinalardan foydalanib kir yuvish xonalari, markaziy choyshabxonalar, iflos choyshablarni yigʻish va ajratish xonalari; tuvaklar, kleyonkalarni dezinfeksion ishlov berish va krovatlarni dezinfeksiya qilish xonalari.
8. Maʼmuriy xizmat, registratura, jamgʻarma va boshqa kassalar xonalari; bank boʻlimlari, transport agentliklari; bemorlarni chiqarish xonalari; davolash-profilaktika muassasasi markaziy choyshabxonalari.
9. Suv bilan davolash shifoxonalarida rodonli va serovodorod suvlarini tayyorlash laboratoriyalari.
SHNQ 2.08.05-23 “Tibbiyot tashkilotlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 2-ILOVA
Davolash-profilaktika muassasasi xonalari va joylarining talab qilingan suniy yoritish turlari
SHNQ 2.08.05-23 “Tibbiyot tashkilotlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 3-ILOVA
Sanitariya-epidemiologiya muassasalari xonalarining yoritilishi boʻyicha talablar
Xonalarning nomlanishi
Ishchi yuzalar va obyektlar-ning yoritili-shi,
lx
Yorugʻlik normalashtirilayotgan yuza
Yoʻl qoʻyiladigan diskom-fort koʻrsatkichi
Yoʻl qoʻyiladi-gan yorugʻlik pulsatsi-yasi koeffi-siyenti
Muhit sharoitla-ri boʻyicha xonalar tavsifi
I. Umumiy xonalar
1. Bosh vrachlar, bosh vrachlar muovinlari, boʻlinma mudirlari kabinetlari; xoʻjalik mudirlari xonalari; sanitar shifokorlar, sanitar shifokorlar yordamchilari xonalari, kotib ish joyi bilan qabulxona; xodimlar bilan mashgʻulot oʻtkazish uchun auditoriyalar, tibbiy statistiklar uchun sanitar oʻquv kabinetlari; ekspeditsiya xonasi; tibbiy arxivlar; tibbiy adabiyot kutubxonalari; kanselyariyalar, hisobxonalar, qabul xonalar analizlarni roʻyxatga olish, ajratish va natijalarni berish xonalari
9. Radiometriya xonalari, radiokimyo xonalari, shovqin va vibratsiyalarni tekshirish uchun spektroskopiya va polyarografiya xonalari; apparaturani tayyorlash, taʼmirlash va sozlash uchun; elektromagnit maydonlarini oʻlchash uchun, mehnat fiziologiyasini tekshirish uchun, gʻov tayyorlash, kuydirish, ingalyatsiya, bokslar bilan muhit quyish, termal, avtoklav xonalar
15. Bionamunalar xonasi (kemiruvchilarga yuqtirish xonasi), ozuqaviy muhitlarni saqlash xonalari, boks oldi xonalar
200
polda
60
IV. Dezinfeksiya va sanitar ishlov berish xonalari
16. Dezkameralarning yuklash va yuk tushirish xonalari, kir yuvish sexlari
150
polda
60
20
Nam
17. Kataklarni yuvish, yem saqlash xonalari
polda
Nam
18. Yuklash xonalari (omborlarning)
polda
Meʼyorda
19. Mayda hayvonlar oʻliklari va chiqindilarni yoqish xonalari
polda
Meʼyorda
Izohlar.
1. Jalvalning 3 ustunida G-0,8 indeksi bilan pol stahidan 0,8 m balandlikdagi gorizontal yoritish ifodalangan.
* Mahalliy yoritish uchun qoʻshimcha rozetkalar
SHNQ 2.08.05-23 “Tibbiyot tashkilotlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 4-ILOVA
Davolash-profilaktika muassasasi xonalarida hisobiy harorat, havo almashinuvining vaqt birligidagi intensivligi, tozalik boʻyicha toifasi
Izohlar:
OCH — alohida toza;
Ch — toza;
G — iflos;
* havo berish va tortish karraligi;
** steril havo uzatishni koʻzda tutish.
SHNQ 2.08.05-23 “Tibbiyot tashkilotlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalariga 5-ILOVA
Sanitariya-epidemiologiya muassasalari xonalarida hisobiy havo harorati va havo almashinuvining vaqt birligidagi intensivligi
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2024-yil 22-oktabrdagi 01/2-79-son buyrugʻiga 2-ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan ayrim shaharsozlik normalari va qoidalarining
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisining 1997-yil 13-yanvardagi 3-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan QMQ 2.08.05-97 “Turar joy va jamoat binolari, inshootlari. Tibbiy muassasalarga moslashtirilayotgan bino va inshootlar” qurilish meʼyorlari va qoidalari.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisining 1997-yil 13-yanvardagi 3-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan QMQ 2.08.06-97 “Turar joy va jamoat binolari, inshootlari. Sanitariya-epidemiologiya stansiyalar” qurilish meʼyorlari va qoidalari.