Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining
1. SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari
1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ayrim shaharsozlik normalari va qoidalari
2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi bilan kelishilgan.
4. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisining 1996-yil 11-sentabrdagi 87-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan QMQ 2.04.05-97* “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” qurilish
meʼyorlari va qoidalari.
2. Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisining 2004-yil 30-dekabrdagi 84-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan QMQ 2.04.05-97* “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” qurilish meʼyorlari va
qoidalariga kiritilgan 1-son oʻzgartirishlar.
3. Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisining 2011-yil 12-iyuldagi 46-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan QMQ 2.04.05-97* “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” qurilish meʼyorlari va qoidalariga kiritilgan 2-son oʻzgartirishlar.
4. Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vazirining 2020-yil 25 sentabrdagi 258-son buyrugʻi 1-bandining 2-xatboshisi bilan tasdiqlangan QMQ 2.04.05-97* “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” qurilish meʼyorlari va qoidalariga kiritilgan 3-son oʻzgartirishlar.