Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari boʻyicha tarmoq, shtatlar va kontingentga doir rejaning bajarilishi toʻgʻrisidagi choraklik va yillik hisobot shakllarini tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-sentabrdagi OʻRQ-957-son “Maʼmuriy islohotlar doirasida taʼlim sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi
Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 12-iyundagi 26-son “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari boʻyicha tarmoq, shtatlar va kontingentga doir rejaning bajarilishi toʻgʻrisidagi choraklik va yillik hisobot shakllarini tasdiqlash haqida”gi
buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3255, 2020-yil 30-iyun) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/3255/1031-son)
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari boʻyicha tarmoq, shtatlar va kontingentga doir rejaning bajarilishi toʻgʻrisidagi choraklik va yillik hisobot shakllarini tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlar
beshinchi xatboshidagi “taʼlim muassasalari” degan soʻzlar “davlat taʼlim tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshidagi “oliy taʼlim muassasalari” degan soʻzlar “davlat oliy taʼlim tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 4-ilovaning
nomidagi “taʼlim muassasalari” degan soʻzlar “davlat taʼlim tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3.
6-ilovadagi “taʼlim muassasalaridan” va “taʼlim muassasalariga” tegishli ravishda “taʼlim tashkilotlaridan” hamda “taʼlim tashkilotlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 7-ilovaning
nomidagi “Oliy taʼlim muassasalari” degan soʻzlar “Davlat oliy taʼlim tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“taʼlim muassasalaridan” degan soʻzlar “taʼlim tashkilotlaridan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“taʼlim muassasalariga” degan soʻzlar “taʼlim tashkilotlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“Oliy taʼlim muassasalarida” degan soʻzlar “Davlat oliy taʼlim tashkilotlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“Oliy taʼlim va muassasalarida” degan soʻzlar “Davlat oliy taʼlim tashkilotlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6.
23-ilovadagi “taʼlim muassasalari” va “Oliy taʼlim muassasalari” degan soʻzlar tegishli ravishda “davlat taʼlim tashkilotlari” hamda “Davlat oliy taʼlim tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.