Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Qonun chiqarish va normativ hujjatlarni tayyorlash ishlarini yanada yaxshilash, iqtisodiy islohotlarni huquqiy jihatdan taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qonunchilik boʻyicha boshqarma, uning tarkibiga Iqtisodiy islohot boʻyicha qonunchilik va meʼyoriy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va huquqiy ekspertiza qilish boshqarmasi hamda Axborot-yuridik markazi kiritilgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Qonunchilik bosh boshqarmasiga aylantirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining oʻrinbosari — Qonunchilik bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimi joriy etilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tuzilmasida xalqaro-huquqiy boshqarma tashkil etilsin va uning uchun qoʻshimcha ravishda besh nafar xodim ajratilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yangidan ajratilgan xodimlarni taʼminlash uchun zarur mablagʻlar hamda bitta yengil avtomashinaga limit ajratsin.