Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-son “Nikoh, oila va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 31-dekabrdagi 400-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2547, 2013-yil 31-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 1-son, 10-modda) bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ish yuritish tartibi toʻgʻrisidagi
yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
81-band “nikoh qayd qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlari” degan soʻzlardan keyin “(davlat tiliga tarjimasi bilan birga)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2.
98-band “nikohdan ajralganligini tasdiqlovchi hujjatlari” degan soʻzlardan keyin “(davlat tiliga tarjimasi bilan birga)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
3.
103-band “vafot etganligini tasdiqlovchi hujjatlari” degan soʻzlardan keyin “(davlat tiliga tarjimasi bilan birga)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
4.
147-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“147. Tugʻilganlik haqidagi maʼlumotnomalar va takroriy guvohnomalar shaxsning oʻziga, uning ota-onalariga yoki qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlangan ishonch qogʻozlari asosida boshqa shaxslarga ularning mazkur Yoʻriqnomaning 69-ilovasiga muvofiq shakldagi arizasi asosida beriladi.”.