Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Respublikamizda “yashil transport” ulushini oshirish maqsadida ekologik toza transport turlariga bosqichma-bosqich oʻtish, tramvay hamda trolleybus transportida yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish sifatini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 319-son qarori bilan tasdiqlangan Elektr energiyasidan foydalanish
qoidalari kuyidagi mazmundagi 104
1-bandi bilan toʻldirilsin:
“1041. Tramvay hamda trolleybus transportlari tomonidan foydalaniladigan elektr energiyasi uchun HETK bilan hisob-kitoblar isteʼmolchilarning II tarif guruhi uchun belgilangan tarifning 50 foizi miqdorida amalga oshiriladi”.
2. Ushbu qaror 2024-yil 1-dekabrdan eʼtiboran kuchga kiradi.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov hamda energetika vaziri J.T. Mirzamahmudov zimmasiga yuklansin.