Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining
Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasining Budjet
kodeksiga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2014-yil 14-noyabrdagi 74-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2634, 2014-yil 15-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 51-son, 612-modda) bilan tasdiqlangan Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 9-bandning
toʻrtinchi xatboshisidagi “mazkur Nizomning 3-ilovasiga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan shakllarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2.
23-banddagi “mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan shakllarga muvofiq” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 46-bandning
toʻrtinchi xatboshisidagi “mazkur Nizomning 10-ilovasiga muvofiq shaklda” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan shakllar asosida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 47-bandning
ikkinchi xatboshisidagi “mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.