Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasining “Elektr energetikasi toʻgʻrisida”gi
Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 2020-yil 15-iyundagi 01-02/12-19, 01-05-4-3202-son qarori (roʻyxat raqami 3265, 2020-yil 30-iyun) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/3265/1109-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan elektr uzatish tarmoqlari orqali oʻtkazilayotgan elektr energiyasini bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandi
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“elektr energiyasi — tovarning bir vaqtning oʻzida ishlab chiqarilishi (saqlanishi) va isteʼmol qilinishi bilan tavsiflanadigan alohida turi;”.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.