Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-sentabrdagi OʻRQ-957-son “Maʼmuriy islohotlar doirasida taʼlim sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi
Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2023-yil 2-noyabrdagi 601-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3481, 2023-yil 6-dekabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2023-y., 10/23/3481/0923-son) bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarida xizmatga nomzodlarni tanlab olish tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. 3-bandning “d” kichik bandi
uchinchi xatboshisidagi “taʼlim muassasalarini” degan soʻzlar “taʼlim tashkilotlarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 15-bandning
uchinchi xatboshisidagi “taʼlim muassasalariga” va “taʼlim muassasalari” degan soʻzlar tegishli ravishda “taʼlim tashkilotlariga” hamda “taʼlim tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
birinchi xatboshidagi “Taʼlim muassasalari” degan soʻzlar “Taʼlim tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “taʼlim muassasasi” degan soʻzlar “taʼlim tashkiloti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 12-ilovaning
matnidagi “Taʼlim muassasasi” va “taʼlim muassasasini” degan soʻzlar tegishli ravishda “Taʼlim tashkiloti” hamda “taʼlim tashkilotini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.