Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻmondonining
Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-sentabrdagi OʻRQ-957-son “Maʼmuriy islohotlar doirasida taʼlim sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi
Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondonining 2019-yil 8-dekabrdagi 248-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3210, 2020-yil 13-yanvar) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2020-y., 10/20/3210/0049-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boʻlinmalariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 5-bandi
beshinchi xatboshisidagi “oliy taʼlim muassasalari” degan soʻzlar “oliy taʼlim tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.