Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-sentabrdagi OʻRQ-957-son “Maʼmuriy islohotlar doirasida taʼlim sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi
Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2021-yil 3-noyabrdagi 415-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3342, 2021-yil 14-dekabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2021-y., 10/21/3342/1158-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetiga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. 10-bandning
ikkinchi xatboshisidagi “oliy taʼlim muassasalari” degan soʻzlar “oliy taʼlim tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 5-ilovaning
3-bandidagi “Umumtaʼlim muassasalarida” degan soʻzlar “Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 6-ilovaning
7-bandidagi “umumiy, oʻrta maxsus, boshlangʻich professional, oʻrta professional va oʻrta maxsus professional hamda oliy taʼlim” degan soʻzlar “umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional hamda oliy taʼlim” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.